Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 23,49 Kb.
səhifə3/3
tarix14.08.2023
ölçüsü23,49 Kb.
#120576
1   2   3
autizim

Xulosa va takliflar. Autizmning kelib chiqish sabablari ayni vaqtga qadar oxirigacha o‘rganilmagan. Ko‘pgina mualliflar buni homila vaqtidagi rivojlanish va tug‘ilgandan so‘nggi ilk bolalik davridagi og‘ir kasalliklarning kechirilishi bilan bog‘lab tushuntiradilar. Autik bolalarda odatdagidan ko‘ra ko‘proq miya disfunksiyasi kuzatiladi, organizmda moddalarning biokimyoviy almashinuvida buzilishlar mavjud bo‘ladi. Autizm ko‘pincha boshqa psixik buzilishlar bilan chambarchas birikma, kompleks muammo tarzida namoyon bo‘ladi. Autik bolalarga ruhan toliquvchanlik xos bo‘lib, ular tezgina jismonan ham toliqib qoladi. Shuning uchun ularga ishning individual tarzi zarur bo‘lib, uning diqqatini bir faoliyat turidan ikkinchi faoliyat turiga ko‘chirish sharoitlarining yaratilishi muhimdir. Autik bola bilan uyda ishlab, ta’lim berayotgan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kuzatishicha, bunday bola bir faoliyat turini chalg‘imasdan 10 daqiqa davomidagina bajara olgan. Zero, u bola bilan individual tartibda ishlagan. Maktabgacha ta’lim muassasasida bu muammoni osonlikcha hal etish mumkin: bolaga qurbi yetmaydigan topshiriqlarni berish kerak emas. Maktabda esa o‘qituvchi bolada toliqish alomatlari kuzatilganda yoki unda norozilik alomatlari paydo bo‘layotganda, unga berish ko‘zda tutiladigan kartochkalarni oldindan o‘ylab topib, individual topshiriqlarni yozib qo‘yishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, autik bolalarga maqsadsiz monoton (bir xil) tartibdagi harakatlar, tebranishlar xosdir. Ularni stereotip ritmlardan chalg‘itish uchun hissiyotlarga boy ritmik o‘yinlar va raqsga oid harakatlardan foydalanish mumkin.
Doimiy tartibdagi mashg‘ulotlar harakatlardagi buzilishlarning kamayishiga imkon beradi. Agarda bola siz unga taklif qilayotgan talab va yo‘riqnomalarni qabul qilmasa, bolani ularni bajarishga mutlaqo majburlamang. Yaxshisi, o‘zi nimani qanday qilib bajargisi kelayotganiga yaxshilab e’tibor qarating, u uchun nima qiziq bo‘lsa, shuni bajarishiga ko‘maklashing. Bu bola bilan aloqa o‘rnatib olishingizga yordam beradi. Psixologlar autik bolalarga chet tillari bilan shug‘ullanishni tavsiya etadi. Ehtimol, muallimlarning katta miqdordagi sxema va gaplarni tuzishda algoritmlardan foydalangan bo‘lganligi uchun ham bunday bolalar o‘quv materialini osonroq o‘zlashtiradi.
Yüklə 23,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə