Mavzu: shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament. Xarakter. Qobiliyat va iqtidor. Reja



Yüklə 136,92 Kb.
səhifə25/27
tarix10.01.2023
ölçüsü136,92 Kb.
#98405
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
12-mavzu

Tayanch tushunchalar
Labillik (lot. labilis - beqaror, o’zgaruvchan) - nerv hujayralarining tezlik bilan qo’zg’alish holatidan tormozlanish va tormozlanishdan qo’zg’alish holatiga o’tish xususiyati.
Melanxolik (yunon. Melas - qora, chole - o’t, safro) - temperament turlaridan, psixik faollikning sust, tez ta'sirlanuvchanlik, hatto arzimagan narsalar uchun xam juda chuqur ta'sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Rigidlik (lot. regidus - qattiq ustahkam) - sub'ektiv tomonidan dasturlashtirilgan faoliyatda qayta qurishning talab qilinishi natijasida ro’y beradigan qiyinchiliklar.
Sangvinik (yunon. Sanguis qon) - temperament turlaridan. By tur chaqqon, harakatchan, taassurotlari tez-tez o’zgarib turadigan, boshqa kishilarga nisbatan dilkashlik va mexribonlik qilish xislatlari bilan tavsiflanadi.
Temperament (lot. temperamentum - qismlarning bir-biriga munosabati) - shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmui. By kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi.
Flegmatik (yunon. flegma balg’am, shilimshiq modda) - temperament turlaridan biri. Bu harakatlarning sekinligi, barqarorligi, emosional holatlarning tashqi ko’rinishlari kuchli emasligida namoyon bo’ladi.
Xolerik (yunon. chole - safro, sarik o’t) - temperament turi, u hissiyotning jo’shqinligi, kayfiyatning birdaniga tez o’zgarib qolishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ifodalanadi.
Genotip (yunon. Genos - kelib chiqish, typos - namuna) - ota - onadan farzandga o’tadigan genlar majmui, irsiy asosi.
Dinamik stereotip (yunon. dynamikos - kuchli, stereos - qattiq tipos - iz) - bosh miya katta yarim sharlarining faoliyatini yaxlitlab turish turi bo’lib, u shartli reflekslarning ketma-ketligini ta'minlab turadi.
Introversiya - shaxsning o’z fikrlari, sezgilari, kechinmalarining o’z-o’ziga tayanishi.
Milliy xarakter (yunon. charakter - xususiyat, belgi) - biror bir millatga xos xususiyatlar.
Milliy sterotip (yunon. Stereos - qattiq typos - iz shakl) - ma'lum illatning obrazi bo’lib, u o’zida o’sha millatga xos shaxs xususiyatlari, madaniyati, xulq - atvorini namoyon qiladi.
Fenomen (yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo’luvchi) - his-tuyg’ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha;
Fiziognomika (yunon. physis - tabiat, gnomon - biluvchi) - insonning tashqi ko’rinishi va uning biror shaxs turiga mansubligi o’rtasidagi qatiy bog’liqlik.
Xiromantiya (yunon, cher - qo’l, man - fol) - odamning kaftiga qarab uning xarakteri, taqdiri bo’yicha fol ochish.
Xarakter (yunon. charakter - xususiyat, belgi) - kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning individual birligi. U shaxsning mehnatga, atrofdagi narsa va hodisalarga, boshqa kishilarga va o’z -o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi.
Xarakter aksentuatsiyasi (yunon. charakter - xususiyat, belgi, lot. accentus – urg’u) - xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin namoyonlashuvi).
Ekstraversiya (lot. Extra - haddan tashqari, verso - o’zgarish) - shaxsning tevarak - atrofdagi odamlarga, tashqi hodisalarga yo’nalishi.

Yüklə 136,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə