Mavzu: shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament. Xarakter. Qobiliyat va iqtidor. Reja


Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi



Yüklə 136,92 Kb.
səhifə22/27
tarix10.01.2023
ölçüsü136,92 Kb.
#98405
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
12-mavzu

Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi
Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida tafovutlanadigan xislatlar fazilatlar yotadi. Shuning uchun har bir shaxsda bir xil natija bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o’z qobiliyatlari bo’yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin ular o’rtasidagi farqlar sifat va miqdor jiqatidan bo’lishi mumkin.
Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatlarining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo’yiladigan talablarni shaxs tomonidan qay yo’sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog’lik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.
O’quvchining qobiliyatlari nimaga namoyon bo’lishini va binobarin o’quvchi shaxsini qanday individual psixologik xususiyatlari faoliyatni qay darajada bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya'ni o’quvchining boshqalarga nisbatan malaka va bilimlarni qanchalik tez, yengil va mustahkam egallab olishini bilish pedagog uchun muhimdir.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga har turli yo’llar bilan borishga imkon beruvchi "o’zgaruvchan miqdor" to’plami sifatida, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi inson psixologik xususiyatlarining yig’indisi sifatida ko’riladi. Bir xususiyatlarni o’rnini ikkinchi bir xususiyatlar bilan bosishning keng imkoniyatlari mavjud, buni odam o’zida chindan qat'iylik bilan ishlash orqali rivojlantirishi mumkin. Pedagog va psixolog Skolovinskiy ko’r-kar
Olga Skoroxodovada faqat ilmiy xodimlik qobiliyatini emas, balki adabiy qobiliyat bilan, boshqarish yordami bilan to’ldirish xususiyati har bir odam oldida kasb tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi.
Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan "o’zini topa oladi" va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob berish imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o’lchash muammosi bilan ko’proq chet el psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va boshqalar shug’ullanganlar. Ular kattalarda kobiliyatni o’lchash usuli sifatida aqliy iste'dod
testlaridan foydalanganlar. Bolaning aqliy iste'dod koeffisenti
I Q aqliy yoshi
Bolaning haqiqiy yoshi
Bu usul odamning aqliy qobiliyatlar egasi ekanligini emas, balki odamda qobiliyatlar bilan aralashtirib bo’lmaydigan biror bir xildagi ma'lumotlar, ko’nikma va malakalar borligini namoyon qiladi.
L.S.Vigotskiy bu usulni tanqid qilib, o’zining kelajak taraqqiyot zonasini belgilash "metodi" deb ataladigan usulini taklif qildi. Qobiliyatlar odamning faoliyatidan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon bo’ladi.

Yüklə 136,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə