Mavzu: shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament. Xarakter. Qobiliyat va iqtidor. Reja



Yüklə 136,92 Kb.
səhifə20/27
tarix10.01.2023
ölçüsü136,92 Kb.
#98405
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
12-mavzu

Xarakterning shakllanishi
Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo’lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi (egizaklar). Egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o’xshasalar ham xarakter xislatlari bir-biridan farq qiladi. Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki jasur bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o’z-o’zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining rivojlanib borishi bilan mustahkam bog’liqdir.
Kishining butun hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta'sir ko’rsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota-onasiga, yaqin kishilariga va kattalarga o’xshashlikka harakat qiladi. Ular kattalarning yurish-turishlari, dasturxon atrofida o’zini tutishi va boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklar va jonivorlarga munosabatlarini kuzatadilar. Ota-onalar va o’qituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi o’zlariga ham e'tibor bilan qarashlari, o’zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim.
Bolalarda ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalab yetkazmoq uchun ota-onalar va tarbiyachilarning o’zlari bunday sifatlarga ega bo’lishlari lozim. Xarakterning o’sishida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning roli katta. o’sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri, avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta ma'suliyatli vazifa ota-onalar, o’qituvchilar va bolalar bog’chasi tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Xarakterni tarbiyalashda pedagog bolaning temperamenti ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilishi lozim. Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini o’stirishdan, uning salbiy tomonlarini yo’qotishdan va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning salbiy tomonlarini yo’qotish, ijobiy tomonlarini tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining o’z temperamentini o’zi idora qilishiga o’rgatishi lozim. o’z temperamentini idora qila bilish xarakterning ijobiy xislatidir.
Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda katta. Inson yakka, bir-biridan ajralgan tarzda hayot kechirmaydi, muayyan jamoada, ya'ni muayyan oilada, maktabda, sexda va hokazolarda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’indir. Har bir o’qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta'sir qilib, ijobiy natijalarga erishishi mumkin.
Xarakterning tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy
xislatlari bolalar bog’chasida o’yin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. To’g’ri uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o’quvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom-sarishtalik, o’z-o’zini tuta bilish, o’zini idora qilish, o’ziga nisbatan talabchan bo’lish kabi xarakter xislatlari tarbiyalanib yetishadi. Kishi jamoada bir-bir bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va o’zining xarakter xususiyatlarini bilib oladi. Xarakterni bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi. Bunday sharoit kishini o’z xarakterini o’zi tarbiyalash, jumladan, o’z xarakterini qaytadan tarbiyalashni yo’lga soladi.
Har bir kishi ma'lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning sifatlari uchun o’zi javobgardir. o’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko’zda tutmog’i lozim. o’z kamchiliklariga iqror bo’lish kamchiliklarini yo’qotishga boshlaydi.

Yüklə 136,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə