Mаvzu: Qadimgi Rim Darsning turi


Qadimgi Rim haqida manbalar



Yüklə 22,88 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü22,88 Kb.
#147847
1   2
Madina Zafarovna

1. Qadimgi Rim haqida manbalar.
2. Rim ilk respublika davrida. Ilk respublika davrida davlat qurilishi.
3. Rim respublikasida ijtimoiy-siyosiy kurash. Sitsiliyada qullar qo'zg'oloni
4. Rim Respublikasini ijtimoiy-siyosiy tushkunligi va qulashi.
Xulosa:
Dars jarayonida mavzuni mustahkamlash uchun berilgan muammoli savollarga va masalaga integratsion yondoshish maqsadida sinfga berilgan savollarga oʼquvchilar tomonidan berilgan javoblar asosida ularning bilimlari baholanib boriladi.
Darsning blok chizmalari:
Oʼqituvchi oʼquv jarayonining har qanday tizimida ham 1-2 daqiqa vaqtni tashkiliy masalaga ajratishi tabiiy bir hol, ana shu tashkiliy daqiqalarda mavzuga oid koʼrgazmali qurollar, tarqatma didaktik materiallar va darsda qoʼllaniladigan taʼlimning texnika vositalarini foydalanish holatiga keltirib, yangi mavzu va uning rejasi yozilgan oq qalin qogʼozdagi “koʼchma doska”-guruh doskasi yoniga osib qoʼyiladi.
Darsning bayoni:
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o’rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu erga ilgariroq finikiyaliklar kelib Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o’stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada hosildor yerlar ko’proq. Ayniqsa Po vodiysi, Kampaniya, viloyati tsikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko’p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug’orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning moxir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metal juda kam bo’lgani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo’rg’oshin, El’ba orolida temir qazib olingan.
Metalga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar.
Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rim shahrini barpo qilinishi er. avv. 754 – 753-yillardan boshlanib, G’arbiy Rim imperiyasining qulashi 476-yil bilan tugallanadi. Rim tarixini o’rganishda turli xil manbalar: Rim va Yunon tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy adabiyot, huquqiy yodgorliklar, arxeologiya, epigrafika, numizmatika va papirologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi. Qadimgi Rim tarixi bo’yicha moddiy manbalar xilma-xil bo’lib, Italiyaning paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy va o’rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo’lgan sog’onalar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Rim shahrining o’zida palatin, eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko’p sonli qabrlar, ibodatxona poydevorlari, ona bo’rining jez haykali, Serviy tulliy davridagi shahar devori qoldiqlari qazib ochilgan. Italiyaning boshqa shaharlarida ko’p sonli arxeologik yodgorliklar mavjud. Jumladan eramizning 79-yilida vulqon otilishi natijasida kul ostiga qolib ketgan Pompeya va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to’la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko’chalar, uylar, ibodatxonalar to’laligicha saqlanib qolgan va eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdan eramizning II asrigacha mavjud bo’lgan shahar me’morchiligi to’g’risida boy ma’lumotlardir.
Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida yozuvlar ko’p bo’lgan. Qazib ochilgan inshootlardan etrusk, latin, yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino devorlari, sopol idishlarda va toshlarga bitilgan. Rim tarixi bo’yicha eng qimmatli manbalardan biri bu yozma adabiyotdir. Er. avv. III asrdan boshlanib Rim xalqaro siyosatda yetakchi rol o’ynashi bilan uning tarixi to’g’risida boy ma’lumotlar to’plana boshlandi. Er. avv. II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay Sallyustiy Krispning tarixiy monografiyalarida aks etdi. Rim respublikasini so’ngi davridagi yirik siyosiy arboblar Tsitseron va Tsezarning asarlari, ilk imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I asrida Velley Patirkulning ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti to’g’risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki jildli asarida Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan.
Er. avv. I asr so’ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik
Dionisiyning “Rim qadimiyatlari ” nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to’la saqlanib qolgan bo’lib, er. avv. 442-yilgacha bo’lgan voqealar bayon qilinadi.
Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
II – III asrlar tarixiga oid asarlar to’la saqlanmagan. Ularni ichida IV asrda tuzilgan “Avgustlar tarixi yozuvchilari”, “imperatorlar tarjimai hollari” kabi to’plamlarni ko’rsatish mumkin. So’nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin asarlarida tarixiy voqealar eramizning 378-yiligacha bayon qilingan.
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud.
Bundan tashqari tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlarni ko’rsatish mumkin.
Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy – joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo’lib xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha bu yodgorliklarni tarixiy-madaniy jihatdan to’la tadqiq qilib, Rim tarixini qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo’lgan 100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon qildilar. Rimning etrusklar davri, respublika imperiya davrlari, diniy hayoti bo’yicha qimmatli ma’lumotlar qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh yozuvlari, nasroniy dini kitoblari, nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilish olish mumkin.
Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari, va sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim imperiyasi qaramog’ida bo’lgan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko’p miqdorda memoriy inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko’priklar, portlar saqlanib qolgan.
Rivoyatlarga ko’ra Rim shahriga er. avv. 753-yil 21-aprelda asos solingan. “Qadimgi Rim" tushunchasi o’n ikki asrdan ortiqroq tarixni o’z ichiga olgan (er. avv. 753-yil 21-apreldan boshlanib, eramizning 476-yil 23-avgustida G’arbiy Rim imperiyasining halokati bilan tugallandi) davlat jamiyat va sivilizatsiyani o’z ichiga oladi. Boshida uncha katta polis bo’lmagan Rim er. avv. 265-yilga kelib, butun Italiyani o’ziga bo’ysundirdi, er. avv. II asr o’rtalarida eng qudratli o’rtayerdengizi davlatiga aylandi. Eramizning I-II asrlariga kelib, O’rta yer dengizi qadimgi sivilizatsiyalarini ulkan madaniy merosini o’zlashtirgan bepoyon imperiya bo’ldi. Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini qabul qilgan, o’zlashtirgan va keyingi avlodlarga yetkazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rimning muhim o’rni belgilanadi. Qadimgi Rim davlati va jamiyati tarixi uzluksiz taraqqiyot jarayonida bo’lgan iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy voqelikdir.

Mavzu mustahkamlanadi va yakunlanadi: Dars jarayoni nihoyasiga kelib, uyga vazifa beriladi. Oʼquvchilarga kelgusi mavzular boʼyicha topshiriqlar beriladi.
Yüklə 22,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə