Mavzu: O’zbek folklorshunoslik: “xalq qo’shiqlaridagi timsollar” reja



Yüklə 42,29 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü42,29 Kb.
#143511
  1   2   3   4   5   6
O’ZBEK FOLKLORSHUNOSLIK “XALQ QO’SHIQLARIDAGI TIMSOLLAR”

MAVZU: O’ZBEK FOLKLORSHUNOSLIK: “XALQ QO’SHIQLARIDAGI TIMSOLLAR”


REJA:


1. Filologiya va sanʼatshunoslik

2. Oʻzbek folklori namunalarini toʻplash

3. Sanʼatshunos olimlar




Xalq qo’shiqlari va mifik timsollar.

Mavsum-marosim qo‘shiqlari xalq poeziyasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Bu qo‘shiqlar xalqi mifning qadimiy ommaviy bayramlari, oilaviy rasm-rusumlar bilan bog‘liqdir. Mahmud Koshg‘ariy ning ≪Devonu lug‘otit turk≫ asaridan ma’lum bo‘ladi-ki, mavsum va marosimlarga oid xalq qo‘shiqlarining tarixi qadim o‘tmish zamonlarga borib taqalar ekan. Shu paytlardan buyon mavsumlar almashdi, marosimlar muttasil o‘tkazildi. Bu maro simlarda qo‘shiqlar aytildi.

Dunyoda birorta xalq yo‘qki, turli munosabatlar bilan ommaviy bayramlarni nishonlamasin. Mavsumlar, diniy e’tiqodlar, tarixiy voqea-hodisalar, milliy udumlar xalq bayramlari mazmunini tashkil etadi. Binobarin, bayramlarning o‘tkazilishiga qarab, ulardagi so‘z bilan bog‘liq lavhalar mundarijasiga qarab o‘sha xalqning tarixi, milliy xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Chunki bunday xalq shodiyonalarida raqsga tushiladi, qo‘shiqlar aytiladi, milliy liboslar kiyiladi, turli o‘yinlar o‘ynaladi, taomlar pishiriladi, tomoshalar uyushtiriladi.

Olimlarning ma’lumot berishlaricha, mavsum-marosimga oid o‘zbek xalq bayramlarining tarixi minglab yillar bilan o‘lchanar ekan. Ularning ayrimlari yil fasllarining qulay yoki noqulay kelishi bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Masalan, yil quruq kelib, yomg‘ir yog‘masa ≪Yomg‘ir chaqirish≫ marosimi (≪Sust xotin≫); bug‘doy, sholi boshoqlari yetilgan paytda shamol ularni payhon qilsa, shamol to‘xtatish (≪Choy momo≫); don mahsulotlarini shopirish paytida shamol bo‘lmasa, shamol chaqirish (≪Yo, Haydar≫); yil sovuq kelsa, quyoshga topinish; umuman, omadsiz yilda qurbonlik keltirish marosimlari o‘tkazilgan. Al Beruniyning ≪Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar≫ kitobida ≪Navro‘z≫,


Yüklə 42,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə