Mavzu: O’zbek folklorshunoslik: “xalq qo’shiqlaridagi timsollar” reja



Yüklə 42,29 Kb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü42,29 Kb.
#143511
1   2   3   4   5   6
O’ZBEK FOLKLORSHUNOSLIK “XALQ QO’SHIQLARIDAGI TIMSOLLAR”

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yashovchi mahalliy aholi ≪Sust xotin≫ marosimiga asosan ayollar tayyorgarlik ko‘rishini va marosim ishtirokchilari ayollardan iborat bo‘lishini alohida ta’kidlaydilar. Albatta, bu marosimga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda mahalla ayollarining o‘zaro yanada yaqinlashuvini, bir-birlari bilan iliq munosabatda bo‘lishlarini ham e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi.

Filologiya va sanʼatshunoslik fanlari bilan uzviy bogʻliqdir. F.ning asoslari qad. dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Kad. dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urfodat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning folklor toʻgʻrisidagi dastlabki fikrlari F. uchun muhimdir. Shu bilan birga, yozuvchi va shoirlar tomonidan ertaklar, miflar, afsona va rivoyatlarni qayta ishlash jarayoni ham boshlandi. Xalq ogʻzaki ijodi materiallarini toʻplash va nashr etish jadal rivojlanishi bilan bogʻliq holda uni chinakamiga oʻrganish boshlandi. Natijada Yevropa va Rossiya folklorshunosligida turli yoʻnalishlar, maktablar yuzaga keldi. 

19-asr oʻrtalaridan boshlab folklorni ilmiy prinsiplar asosida toʻplash va nashr etishning yanada kuchayishi F.da yangi yoʻnalish — "sayyor syujetlar" nazariyasini yuzaga keltirdi. Bu nazariya tarafdorlari oʻxshash syujet, motiv va obrazlardagi murakkab jarayonlarni hisobga olmay, ularni bir xalqdan ikkinchi xalqning shunchaki oʻzlashtirishi, deb talqin qildilar. Antropologik maktab tarafdorlari esa, xalq ijodidagi oʻxshash hodisalarni turli millat va irklarning umumiyligi bilan izohlamoqchi boʻldilar.

Folklorni xalq tarixi bilan bogʻliq holda oʻrganishda tarixiy maktab vakillari katta ishlar qildilar. Folklor asarlari syujetlarining tarixiygeografik tarkalish arealini belgilash, ularni tasniflash, sistemaga solish va kataloglashtirishda fin maktabi vakillari ham birmuncha yutuklarga erishdilar. Hozirgi paytda dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridagi tegishli intlarda folklor sektorlari mavjud. Shuningdek, turli mamlakatlarda xalqaro yoki muayyan mintaqa boʻyicha har xil jamiyatlar ham bor. Mas, YUNESKO quzuridagi Etnologiya va folklor xalkaro jamiyati, Xalq musiqasi xalqaro kengashi, Folklor oʻrtoklik jamiyati kabilar shunday ilmiy tashkilotlardir.


Yüklə 42,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə