Mavzu: O`smirlik davri psixologiyasi


Yoshlarda o’smirlik deviant xulq shakllanishi uchun senzitiv davr sifatida



Yüklə 62,75 Kb.
səhifə6/7
tarix10.06.2023
ölçüsü62,75 Kb.
#116488
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu O`smirlik davri psixologiyasi

2.1.Yoshlarda o’smirlik deviant xulq shakllanishi uchun senzitiv davr sifatida
Hozirgi davrda o’smirlarni tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, o’smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to’la hisobga olgan holda ta`limiytarbiyaviy tadbirlarni qo’llash shaxslararo munosabatda anglashilmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o’rtasida iliq psixologik iqlimni yaratadi.
Turg’unlik yillaridagi so’z bilan ishning nomuvofiqligi, axloq tarbiyasidagi qo’pol xatolar o’smirlarning ruhiy dunyosiga salbiy ta`sir ko’rsatdi. Insonning ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, tarbiyani insonparvarlashtirish harakati boshlangan hozirgi kunda o’smirlar taqdiri masalasi ham g’oyat jiddiy tus oldi.
O’smirlar muammosiga e`tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

  1. fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san`at va adabiyot, ijtimoiyiqtisodiy shart-sharoitlarning o’zgarayotgani;

  2. ommaviy axborot ko’lamining kengayishi tufayli o’smirlar ongliligi

darajasining ko’tarilgani;

  1. o’g’il va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san`at va adabiyot, ijtimoiy-qonunlaridan, tarixdan yetarli darajada xabardorligi;

  2. ularning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani;

  3. o’smirlar bilan ishlashda g’oyaviy-siyosiy va vatanparvarlik va millatlararo totuvlik tarbiyasiga alohida yondashish zarurligi;

  4. oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani;

  5. o’quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o’zini o’zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani.

O’smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko’chish jarayoni sodir bo’ladi. O’smirda psixik jarayonlar keskin o’zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. SHuning uchun shaxslararo munosabatda, talaba bilan o’qituvchining muloqotida, kattalar bilan o’smirlar muomalasida qat`iy o’zgarishlar vujudga keladi.
Bu o’zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug’iladi. Bular avvalo ta`lim jarayonida ro’y beradi: yangi axborot, ma`lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o’smirni qoniqtirmay qo’yadi. Odobli, dilkash o’smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo’pol, serzarda bo’lib qoladi. Kattalarning yo’l-yo’riqlarga, talablariga muloyimlik bilan javob qaytarib yurgan o’smir ularga tanqidiy munosabatda bo’ladi. Uning fikricha, kattalarning talablari, ko’rsatmalari mantiqan ixcham, dalillarga asoslangan, yetarli ob`ektiv va sub`ektiv omillarga ega bo’lishi kerak. O’smirda shaxsiy nuqtai nazarning vujudga kelishi sababli u kattalarning, o’qituvchining qayg’urishi, kuyishiga qaramay, o’zining fikrini o’tkazishga harakat qiladi. Uning o’z qadr-qimmati haqidagi tasavvuri, narsa va hodisalarga munosabati oqilonalikdan uzoqlasha boshlaydi, u ayrim ma`lumotlarni tushuntirib berishni yoqtirmaydigan bo’lib qoladi. Serzardalik kundalik xatti-harakatning ajralmas qismiga aylanadi. O’smir xulqidagi bunday o’zgarishlar tajribasiz o’qituvchi yoki ota-onani qattiq tashvishga soladi, asabiylashtiradi va ularning o’quvchiga munosabatini o’zgartiradi. Natijada kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar kelib chiqadi.
Ayrim pedagoglar o’smirlik davri inqirozi to’g’risida kuyinib gapiradilar, ba`zi illatlarni tanqid qiladilar va ularning ijtimoiy-psixologik ildizini topishga intiladilar. Aslida esa o’smirlarga yondashishda metodologik kamchilikka yo’l qo’yadilar. Mazkur illatlarning oldini olish chora va tadbirlari tizimini ishlab chiqa olmaydilar. Bu masalaga to’g’ri yondashish ayrim ilmiy tadqiqotlarda asoslab berilgan va o’smirlik davri inqirozi haqida mulohaza yuritishdan ko’ra, kattalar bilan o’smirlar muomalasining inqirozi haqida gapirish to’g’riroq bo’ladi, deb xulosa chiqarilgan.[1] O’smirning psixik o’sishini xarakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlar o’rtasidagi qaramaqarshiliklar tizimining namoyon bo’lishidir. Mana shu dialektik qarama-qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy imkoniyatlar bilan barqarorlashgan, stereotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning shakllari o’rtasida sodir bo’ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni psixologik kamolotni ta`minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o’smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo’qotish mumkin. Bu davr insonning kamoloti yuqoriroq bosqichiga ko’tarilishi bilan yakunlanadi. Kamol topish o’smirdan umumlashtirish, hukm va xulosa chiqarish, mavhumlashtirish, ob`ektlar o’rtasidagi ichki munosabatlarni o’rnatish, muhim qonun, qonuniyat, xossa, xususiyat, mexanizm va tushunchalarni anglash, ixtiyoriy diqqat, barqaror qiziqish, ongli motiv va mantiqiy eslab qolishni talab qiladi. Bularning barchasi fanlarga doir bilimlar tizimini vujudga keltiradi, amaliy ko’nikmalarni shakllantiradi, o’zini o’zi nazorat qilish, baholash, anglash singari xususiyatlarni tarkib toptiradi.[2]
Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o’sish oldinroq namoyon bo’lmoqda. Shu sababli bizda o’g’il va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha o’smirlik yoshida deb hisoblanadi.
Venalik psixolog Z.Freyd va uning shogirdlari o’smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan o’z mavqeini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu intilish go’yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, paydo bo’lishga, atrof-muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari va mayllari shaxsning faolligini belgilar emish. Rus psixologlari Z. Freyd nazariyasini mutlaqo asossizligini ta`kidlab, o’smirda imkoniyat bilan talabchanlik o’rtasidagi kelishmovchilik, o’zini ko’rsatishga moyillik va o’z ichki dunyosiga qiziqishning namoyon bo’lishi bilan xarakterlanishini asoslab berdilar.
Ayrim psixologlar biogenetik o’sishning biologik omillariga, ya`ni jinsiy yetilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o’smirning psixik jihatdan inqirozga yetaklovchi, hayajonga soluvchi sub`ektiv ichki kechinmalari o’g’il va qizlarni tanholik psixologiyasiga tortar emish. O’smir uchun xarakterli norozilik, qo’pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar jinsiy yetilishning mahsuli yangi tuyg’ular, mayllar, kechinmalar o’smir xattiharakatida hukmron bo’lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirilmoqda. O’smirlikning psixologik qiyofasi, holati, imkoniyati yagona sof biologik omilga bog’liq emasligi hammaga ayondir.
Amerikalik psixolog R.Kulen o’smirlik davri haqidagi biogenetik nazariyani qattiq tanqid qilib, o’smirlik davri ijtimoiy-axloqiy kategoriyadir, degan g’oyani olg’a suradi. Uning fikricha, o’smirlik davrida uchta asosiy ijtimoiy axloqiy kategoriya mavjud bo’lib, ular;

  1. emansipatsiya (kattalar ta`siridan qutulish)

  2. mustaqillikka erishish

  3. hayot yo’li va kasb-hunar tanlashga jiddiy munosabatda bo’lish, zarur ijtimoiy-axloqiy normalarni o’zlashtirishdan iboratdir.

Uning fikricha, bola yuqoridagi muammolarga e`tibor bermas ekan, o’smirlik davri qancha bo’lishidan qat`i nazar, u bolaligicha qolaveradi. R.Kulen o’z nazariyasida biologik omillarni ham, o’smirlik davridagi o’sishning psixologik xususiyatlarini ham xisobga olmaydi, aksincha, ularni batamom inkor qiladi.
Psixologlarning fikricha, o’smirlik davrining muayyan hech o’zgarmas xususiyati va xarakteristikasi mavjud emas. O’smirlar o’rtasidagi o’ziga xos tipologik farqlarni ijtimoiy omillarning ta`siri bilan, ta`lim va tarbiya sharoitlarining xususiyatlari bilan izohlash mumkin.
Shu bilan birga, o’smirning jismoniy o’sishi xususiyatlari, jinsiy yetilishining iqlim va milliy-etnografik omillari ham bor.
O’smirlik insonning balog’atga etish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog’onalaridan keskin farqlanadi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog’at davriga 11 (12)-15 yoshli qizlar va o’g’il bolalar kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o’sish va jinsiy etilish amalga oshadi.
Bolaning bo’yi 11-12 yoshida 6-7 sm, hatto 10 sm gacha o’sishi mumkin. Biroq bu bosqichda qizlar o’g’il bolalarga qaraganda tezroq o’sadilar. O’smir 13-14 yoshga to’lganda har ikkala, jins o’rtasida bo’yning o’sishi qariyb baravarlashadi. O’n besh yoshga qadam qo’yganda esa o’g’il bolalar qizlarni ortda qoldirib ketadilar. Shundan keyin to umrning oxirigacha o’sishda o’g’il bolalar ustunlik qiladilar.
O’smirlik davrida bo’y bilan tana nomutanosib ravishda o’sadi, natijada bolalar oriq, nimjon va uzun bo’yli bo’lib ko’rinadilar.
O’smirlarda yurakning hajmi va tiriklik sig’imi har yili 25 foiz kattalashib boradi.
Bo’yning jadal o’sishi va tana og’irligining ortishi bilan qon hamda kislorodga ehtiyoj ham ortadi, bu ehtiyoj yurak xajmining kengayishi va funktsional faoliyati ko’rsatkichlarining boyishi evaziga ta`minlanadi. Mazkur davrda tananing umumiy hajmidan 7-8 foizini qon tashkil qiladi, qon bosimi birmuncha oshadi, simob ustunining 110-115 mm darajasida bo’ladi. Yurak qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi, masalan, 11 yoshda 1 daqiqada 85-90 marta urgan bo’lsa, 14-15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi
O’smirlik davri organizmning jo’shqin o’sishi va rivojlanishi davridir. Bu davrda tananing intensiv o’sishi (mana shu ikki yil mobaynida qiz bolalar maksimum o’sish 13 yoshga, o’g’il bolalarda esa taxminan 15 yoshga to’g’ri keladi) yuzaga keladi. Bu davrda bolaning muskul apparati takomillashadi va skeletining suyaklanish protsessi davom etadi.

Yüklə 62,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə