Mavzu: O`smirlik davri psixologiyasi


O‘smirlik davrida shaxsning shakllanishi



Yüklə 62,75 Kb.
səhifə4/7
tarix10.06.2023
ölçüsü62,75 Kb.
#116488
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu O`smirlik davri psixologiyasi

O‘smirlik davrida shaxsning shakllanishi

O‘smirlik Yoshi dunyokarash, e’tikod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir ulg‘aygan sari unda “Ideal Men”, “ Axloqiy Men” va “Haqiqiy Men” singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.
O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai -nazari asosida tashkil kila boshlaydi.
O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, ahloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axlokiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.

Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan qizikishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.

O‘smir Yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga xaqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi “katta bo‘lib qoldim” deb o‘ylaydi. Shuning uchun xam psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi”ni shaxsning o‘smirlik Yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.
O‘smirlik Yoshida psixologik jihatdan eng muhim hislat - voyaga etish yoki kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-ahloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko‘ngil olish jarayonida, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. O‘smirlik Yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy etilish o‘smirning bu Yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o‘tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik o‘smir psixologik "mexanizmi" sxematik ravishda quyidagicha baholanadi. Endokrin garmonlarini paydo bo‘lishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy etilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini mustaqil bo‘lish tuyg‘ularini tuyushlari uchun qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to‘la tayyor bo‘lmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik maktab Yoshidan o‘rta maktabga o‘tish, ya’ni yakka o‘qituvchi rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga o‘tish va muloqotdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga nisbatan kichik o‘smirlarda paydo bo‘ladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy etilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan bog‘lash zarur.

Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. O‘smir o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal kilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo‘l ko‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki atayin kilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor bermaydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini namoyish kilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlaydilar. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar o‘qituvchi va ota-onalarni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. Bu Yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish uni "katta bo‘lib qolganlik” tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur.


O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti –harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchilar kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar - salbiy alomatlar, urushqoqlik, o‘jarliklarining ildizlari qaerdan kelib chiqqani va nima bilan bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib, noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o‘smirning o‘z mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashidir. O‘z imkoniyatlarini ortiqcha baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi. Kattalarning irodasiga bo‘ysinmaslik, maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik- bu mazkur sharoitga etarli darajada baho bera olmaslikning yagona reaksiyasi bo‘libgina qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning shaxsi nuqtai nazaridan o‘zini boshqalarga tanitish yo‘li sifatida ham xizmat qiladi. Bu yo‘l orqali bola o‘z shaxsining ahamiyatini, uning ta’sirchanligini hamda tevarak -atrofdagi kishilarga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko‘rsatishga erishmoqchi bo‘ladi.

Demak, bu o‘smirni to‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy bir hislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik aksincha ularning bunday hatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak.

O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq kiziktiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga tarbiyalashga harakat kiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat kilish quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi.
O‘z-o‘zini anglash hissini tarkib topishi, o‘ziga nisbatan go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan tepmerament tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. O‘smir o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bular esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi.
O‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bo‘lishi to‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan tasavvurlar o‘smir Yoshidagi shaxsning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. O‘smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi.
O‘smirlar ustanovkalari muhim funksional axamiyatga ega bo‘lib, uning ma’lum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy vazifalari - 1) faoliyat amalga oshirilishining qatiy xarakterini belgilab beradi. 2) o‘smir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin xolda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi.
O‘smirlik davri xususiyatlarini talqin kilgan olimlarning ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu Yoshda o‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan o‘zlariga ko‘proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.

Aslida o‘smir Yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanish psixik muammolarini erkin va to‘g‘ri echishlari uchun yordam berish, ularga psixologik yondashish zarur. Kichik o‘smir Yoshdagilar bilan ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiyasi ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish muhimdir. Bu "madaniyatsiz", "zararli", "tushunib bo‘lmaydigan” deb nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishining maxsus bosqichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yo‘llari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini o‘tkazish, o‘zini hurmatli, obro‘li katta Yoshli kishini obraziga o‘xshatib rivojlantirish kuchli bo‘ladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qilsangiz, u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smirni psixologik imkoniyatlari etarli emas yoki rivojlanmagan bo‘lishi mumkin.O‘qituvchilar o‘smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazardan baholay olishlari, unga soxta, yuzaki yondashmay, aksincha, unga o‘z imkoniyatlarini o‘stirishga o‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini to‘g‘ri rivojlantirishga yo‘naltirishlari muhim xisoblanadi. O‘smirlar uchun o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg‘u bermagan holda o‘zi xohlagan kishisi bilan do‘st bo‘lish xuquqini talab etadi. O‘smirlar orasida sodiqlik va to‘g‘rilik kabi sotqinlik o‘z so‘ziga bevafolik, egoizm, qizg‘anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg‘izlatib qo‘yish shaklida bo‘lishi mumkin. O‘smirlar o‘zini hurmat qilishini, o‘z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar.

5-6 sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, Shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar.

7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlar paydo bo‘ladi.

Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlarda ko‘rinadi, mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o‘zidagi mustaqillikni shakllantirish uchun o‘zi mustaqil ishlarni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Lekin, ikkinchi tomondan bir marta mustaqil ish bajarish uchun mavjud shart-sharoitlardan holi bo‘lishga harakat qiladi. Bola boshqa mexanizmlarga ega emas. Bular o‘smirning o‘z kuchiga ichki bir ishonchni mavjud emasligini bildiradi. Bu belgilar mana shu Yoshda kishini mustaqil harakat qilishga qodir bo‘lishga, ayni hollarda tevarak atrofdagi kishilarga qarshi borib, o‘zini haq ekanligini qattiq turib himoya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyatni vazminlik bilan qabul qilishga dav’at etadi, Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglashni shakllantirishning bir qancha yo‘llari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o‘z hurmatini talab qilish, o‘z so‘zini o‘tkazish, o‘zini hurmatli, obro‘li katta Yoshli kishini obraziga o‘xshatib rivojlantirish kuchli bo‘ladi. Ularga biror so‘z yoki tanbeh bilan murojaat qilsangiz,u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smirni psixologik imkoniyatlari etarli emas yoki rivojlanmagan bo‘lishi mumkin. Kattalar, o‘qituvchilar o‘smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazaridan baholay olishlari, unga soxta pedagogik, yuzaki yondashmay, aksincha, unga o‘z imkoniyatlarini o‘stirishga o‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini to‘g‘ri rivojlantirishga yo‘naltirishlari muhim hisoblanadi. O‘smir Yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iborat. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi “katta bo‘lib qoldim” deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi” shaxsning o‘smirlik Yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. Bu Yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish uni "katta bo‘lib qolganlik”' tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. Demak, bu o‘smirni to‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak. O‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir.

U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg‘u bermagan holda o‘zi xohlagan kishisi bilan do‘st bo‘lish huquqini talab etadi. O‘smirlar orasida sodiqlik va to‘g‘rilik kabi xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik o‘z so‘ziga bevafolik, egoizm, qizg‘anchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan urishish, kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolg‘izlatib qo‘yish shaklida bo‘lishi mumkin. O‘smirlar o‘zini hurmat qilishini, o‘z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar.



Yüklə 62,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə