Mamarahimova Gulshoda Esse Davrimizning umumbashariy muammolari



Yüklə 10,44 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü10,44 Kb.
#182940
davrimizning umumbashariy muammolari


Mamarahimova Gulshoda
Esse
Davrimizning umumbashariy muammolari
Xalqaro siyosat tushunchasi-ikki va undan ortiq davlatlar, partiyalar, tashkilotlar va ijtimoiy shaxslar o’rtasida olib borilgan har qanday siyosiy munosabatlar tushuniladi. Bugungi kunda xalqaro siyosat yoki munosabatlarda keskinlik mavjud, chunki har bir qit’ada turli xil kelishmovchiliklar mavjud. Bunga misol qilib olsak, Isroil va Falastinning hududiy urushi yoki Rossiya va Ukrainadagi voqealar yaqqol misol bo’ladi. [1]
Xalqaro munosabatlar yoki siyosat raqobat yoki o’zaro hamkorlik orqali yuksalishi mumkin. Lekin shunday bo’lsada hozirgi davrda umuminsoniy qadriyatlar asosiy rol o’ynamoqda. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, yadroviy yoki harbiy qurollarning mavjudligi ham xalqaro munosabatlarga ta’sir qiladi. Dunyoning umumbashariy muammolaridan eng yiriki bu zo’ravonlik, kuchga tayanish yoki xalqaro terrorizmlar kundan kunga o’sib bormoqda. O’tgan asrda xalqaro siyosatda asosiy ikkita qutb mavjud bo’lgan bo’lsa hozirgi davrga kelib, dunyo ko’pqutbli bo’lib bormoqda, bunga sabab ba’zi davlatlarning olib borgan siyosati tufayli, misol uchun AQSH va Rossiya yo’lini tanlamagan davlatlardan Xitoy, Hindiston, Yaponiya va shu kabi davlatlardir. Agar biz xalqaro munosabatlar tarixiga qaraydigan bo’lsak, dastlab u 1648-yil Vestfaliya tinchlik modeli orqali vujudga kelgan, keyinchalik xalqaro munosabatlar tarixida ko’plab qonunlar qabul qilindi, misol qilib, 1815-yil Avstriya poytaxtida qabul qilingan Vena shartnomasidir, Birinchi jahon urushidan so’ng qabul qilingan eng yirik shartnoma Versal-Vashington tizimidir, unda kollektiv va mintaqaviy xavfsizlik mexanizmlari Millatlar ligasi paydo bo’ldi. Unda xalqlarning suvirentetligi, hududlarning yaxlitligi va hech qaysi davlatning boshqa davlat hududiga kuch ishlatmasligi to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Xalqaro munosabatlarda keying yirik shrtnoma bu Yalta-Potsdam tizimi hisoblanadi. Unda urushdan keying Fransiya va Belgiya davlatlariga yordam kabi muhim masalalar ko’rib chiqilgan.
Xalqaro siyosatda «Siyosiy realizm», «siyosiy idealizm» va «modernizm» nazariyalari.
«Siyosiy realizm»-ga asosan nemis olimi Fon Ranke, T.Gobbs va N. Makiavelli kabi mutaffakirlar hissa qo’shgan. Ularning fikricha dunyodagi ahvolning takomillashmaganligi inson tabiatidan kelib chiqqadigan kuchlar harakati natijasi deb talqin qilishadi.
Siyosiy idealizm-tarafdorlari kuchlar muvonazati g’oyalarini inkor qilib, ular dunyo siyosatini “xuquq” va “axloqiy” kategoriyalar vositasida ifodalay boshladi va o‘z modellarini huquqiy asoslarda bo‘lishiga intildi. Uning natijalari Evropa va global voqeliklarni yaxshi ifodalay olmagan “ideal” mezonlar vositasida qurishdan iborat bo‘ldi.
Siyosiy realizmga qarshi modernizm nazariyasi vujudga keldi, ular realistlarning “an’anachiliklariga” qarshi turib, o’zlarining ilmiy-texnik vositalarini ham xalqaro siyosatga bog’lashdi. Ilk modernistlar XX asrning 60-yillarida  K.Rayt, K.Doych va M.kaplanlar bo’ldi.[2]
“Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va barchamiz uchun dolzarb muammolarni hal qilish tashabbusi bilan chiqmoqdalar”, dedi tashqi ishlar vaziri Abdullaziz Komilov 19-fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirning ochilish nutqida.[3].  Markaziy Osiyodagi mintaqaviy muammolar va ularni hal etishda davlatlararo hamkorlik. Markazi Osiyo mamlakatlari ham shiddat bilan rivojlanmoqda, shunday bo’lsa ham muammolar mavjud. Davrimizdagi eng katta muammolaridan biri bu- Orol dengizining qurishi dolzarb masaladir. Bu masalani Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlikda yechishga harakat qilmoqda, ya’ni 1993-yilning yanvar oyida O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston hamkorligida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining tashkil etilgani bu borada muhim voqea bo‘ldi.[4]. Hozirda ham olimlar va siyosatchilar tomonidan yechimlar topishga harakat qilinmoqda.

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:

  1. X. T. Odilqoriyev, D. X. Razzaqov “Siyosatshunoslik” kitobidan.

  2. http://www.genderi.org/mavzu-siyosatshunoslik-fani-predmeti-maqsad-va-vazifalari-v2.html?page=113

  3. https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/02/22/feature-01

  4. https://uza.uz/oz/posts/orol-muammosini-bartaraf-etish-yo-lida


Yüklə 10,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə