Mavzu: O`smirlik davri psixologiyasi



Yüklə 62,75 Kb.
səhifə3/7
tarix10.06.2023
ölçüsü62,75 Kb.
#116488
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu O`smirlik davri psixologiyasi

Do`stona munosabatlar
Avvalambor, do`stona munosabatlarni o`rnatib, ko`proq muloqotda bo`lish nihoyatda muhim. Ammo hammasini vaqtingiz yo`qligiga yo`yishingiz bilan vaziyatni chigallashtirishingiz mumkin, xolos. Shuning uchun o`z bolajoningiz uchun vaqt ajratib, ko`proq oilaviy yig`ilishlar uyushtiring. Ertalab maktabga kuzatayotganda, birgalikda nonushta qila turib, uning hayotiga qiziqishingizni bildirishingiz mumkin. Uning mashg`ulotlari, qiziqishlari, tanish-bilishlari, nizolari haqida so`rab-surishtirishingiz ayni muddaodir. Siz doimo hammasidan xabardor bo`lib turishingiz kerak. Axir, biz tanish-bilishlarimizning hayoti yoki yulduzlarning muammolari bilan ancha ma`lumotga ega bo`lamiz, nahotki, o`z farzandimiz dars jadvaliyu ko`ngil kechinmalari haqida bir og`iz qiziqmasak. Agarda farzandingiz siz uchun dunyodagi eng qadrli inson bo`lsa, sevimli serialingizdan ba`zida voz kechib, u bilan bir piyola choy ustida suhbat uchun hech bo`lmasa yarim soat vaqt ajratasiz.

Agar siz ushbu maqolani o'qiyotgan bo'lsangiz, ehtimol siz, ota-onangiz kabi, 11-12 yoshdagi o'smir farzandingiz to'satdan tushunarli va boshqariladigan bo'lishni to'xtatganda hissiyotingizni yaxshi bilasiz. Sizning so'zlaringiz yoki harakatlaringiz unga qanchalik mos kelishini va sizni xafa qilishini endi bilmasligingiz va siz o'zingiz tez-tez xafa bo'lishingiz mumkin. Ko'rinib turibdiki, bu juda og'riqli o'sishni boshlash jarayoni bo'lib, "o'tish davri" iborasi har kimga ma'lum. Bu ayni paytda sevimli bolaning boshida va qalbida sodir bo'lgan narsa va ota-onaga qanday munosabatda bo'lish ochiq savol.


Bolalar psixologiyasi va o'smirlarning psixologiyasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Bolada hali o'smirga «tushib» ketadigan bunday tezkor jismoniy o'zgarishlar yuz bermaydi.



    1. O‘smirlik Yoshidagi o‘quvchilarning xulq-atvor xususiyatlari

O‘smirlik 10-11 Yoshlardan 14-15 Yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy etilish, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmokda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik Yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu Yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga karab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi.
Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘prok darajada sodir bo‘ladi. O‘g‘il bolalarning tovushi vazminrok bo‘lib qoladi, do‘rillaydi.
Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o‘ssa ham, lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish sur’ati orqada qoladi. O‘smirlarda bu xususiyat ularning beso‘naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo‘pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bo‘ladi.
Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi jinsiy balog‘atga etish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘lishi) amalga oshadi. Ko‘krak qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o‘smirlarning elkasi, ko‘kragi tor bo‘lib qoladi, bu esa o‘z navbatida nafas qisishiga olib keladi. Kislorod etishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur etadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba’zi qon bosimining ortishi ro‘y beradi.

Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. O‘smirlik Yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy etilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy etilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir balki ko‘proq bilvositadir.

O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. CHunki, bu Yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik Yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi.



    1. Yüklə 62,75 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə