Mavzu: O‘qituvchining pedagogik madaniyati va tashqi qiyofasi reja



Yüklə 233,97 Kb.
səhifə3/11
tarix08.05.2023
ölçüsü233,97 Kb.
#109121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu O‘qituvchining pedagogik madaniyati va tashqi qiyofasi re

Pedagog qobiliyati - bu bolalar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo„lgan muloqotdan mamnun bo„lish bilan ifoda bo„ladigan shaxs sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o„qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod layoqat va zexn, ya’ni inson asab tizimida anatomik - fiziologik xususiyat bo„lishi zarur.
Qobiliyat turlari
Qobiliyatning quyidagi turkumlari mavjud: 1. Tashkiliy -
o„qituvchining o„quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo„lib

berish, ishni rejalash, qilingan ishlarni jamlash, mahoratida namoyon bo„ladi. 2. Didaktikaga oid - o„ quv material, ko„rgazmali qurollar, vositalarni yig„ib tayyorlab qo„yish, o„quv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish, o„rganishga bo„lgan qiziqish va ma’naviy, hissiy istaklarni rag„batlantirish, o„quv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon bo„ladi. 3. Perseptiv - tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning emotsional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo„ladi. 4. Kommunikativ - o„qituvchining o„quvchilar, ularning ota-onalari, hamkasblari, ta’lim muassasalari rahbarlari bilan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq munosabatlar qurish mahoratida namoyon bo„ladi. 5. Suggestiv - o„quvchilarga emotsional ta’sir ko„rsatishda namoyon bo„ladi. 6. Tadqiqiy - pedagogik vaziyat va jarayonlarni o„rganish va ob’ektiv baholash mahoratida namoyon bo„ladi. 7. Ilmiy - o„rganish qobiliyatlari - tanlangan sohada ilmiy bilimlarni o„zlashtirish qobiliyatidan iborat.
Pedagogik faoliyatning samarali bo„lishi uchun o„qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo„lmog„i va tarbiyalab etishtirilmog„i lozim:
Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatlar. Bunday qobiliyatga ega bo„lgan o„qituvchi fanni o„quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O„z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi.

Yüklə 233,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə