Mavzu: Optik atmosfera hodisalari



Yüklə 19,39 Kb.
səhifə5/5
tarix30.12.2023
ölçüsü19,39 Kb.
#166125
1   2   3   4   5
Mikroto‘lqinlar:
Mikroto‘lqinlar hamda, o‘ta yuqori chastotali radioto‘lqinlar 300 mm dan 1 mm gacha bo‘lgan uzunlikka ega bo‘ladi. Huddi detsimetrli va metrli uzunlikdagi to‘lqinlar singari, santimetrli uzunlikdagi to‘lqinlar ham atmosferada deyarli qarshiliksiz tarqaladi (ya'ni, ularni atmosfera deyarli yutmaydi). Ayni omilga ko‘ra ular ham sun'iy yo‘dosh aloqasini ta'minlashda, hamda boshqa muhim telekommunikatsion tizimlarda keng qo‘llanadi. Biz uylarimiz tomlarida ko‘rib ko‘nikib qolgan odatiy sun'iy yo‘ldosh likopchasi (parabola antennasi tarelkasi)ning o‘lchamlari, aynan shunday turdagi elektromagnit to‘lqinlardan bir nechtasining uzunligiga tengdir. Ushbu ko‘rinishdagi elektromagnit to‘lqinlarning nisbatan qisqaroqlari sanoatda, hamda, maishiy turmushda o‘zining mustahkam o‘rniga egadir. Uzoqqa bormay, har birimizning oshxonalarimizda mavjud bo‘lgan mikroto‘lqinli pechlarni eslash kifoya. Mikroto‘lqinli pechning ishlash mohiyatiklistron deb ataluvchi qurilmadagi elektronalrning o‘ta tezkorlik bilan aylanishi tamoyiliga bog‘liqdir. Ushbu aylanish natijasida elektronlar muayyan chastotadagi o‘ta yuqori chastotali elektromagnit nurlanishlarni tarata boshlaydi va ushbu nurlanishlarni suv molekulalari osonlik bilan o‘ziga singdiradi (yutadi). Mikroto‘lqinli pechga taom qo‘yilganida, taom tarkibidagi suv molekulalari o‘ziga kelib tushayotgan mikroto‘lqinlarning energiyasini yutib oladi hamda natijada tezkorlik bilan harakatlana boshlaydi. Molekulalarning ushbu jadal harakati natijasida tarkibida ushbu molekulalar bo‘lgan taomning qizishi (isishi yuzaga keladi). Boshqacha aytganda, taomni tashqaridanturib qizdirish-isitishni amalga oshiruvchi oddiy pech yoki, duxovkalardan farqli o‘laroq, mikroto‘lqinli pech mahsulotni ichidan isitadi.
Infraqizil to‘lqinlar:
Elektromagnit spektrining ushbu qismidagi to‘lqinlar, uzunligiga ko‘ra 1 mm dan boshalb, 8000 atom diametri (taxminan 800 nm) gacha bo‘lgan uzunlikdagi elektromagnit nurlanishlarini o‘z ichiga oaldi. Ushbu diapazonga oid nurlarni inson bevosita o‘z tanasi - terisi orqali his qila oladi. Ya'ni, ushbu diapazonni biz issiqlik tarzida sezamiz. Agar siz qo‘lingizni olovga, yoki, qizib turgan biror buyumga yo‘naltirsangiz, uning haroratining taftini his qilasiz. o‘sha buyumdan, yoki olovdan taralayotgan mazkur taft, issiqlik aynan biz ta'kidlayotgan infraqizil nurlanishning o‘zginasidir. Ayrim jonivorlarda, masalan ilonlarning ba'zi turlarida, o‘ljasining tanasidan taralayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishlariga qarab, uning qayerda va qanday vaziyatda turganini aniqlash imkonini beruvchi tana a'zosi ham mavjud.
Yer yuzasidagi deyarli barcha-barcha unsurlar infraqizil nurlanishlar diapazonida elektromagnit to‘lqinlar taratishi boisidan, infraqizil nurlanishlar detektorlari, zamonaviy qidiruv tizimlari hamda navigatsion asboblar ishlab chiqarish sohalaridan katta ahamiyat kasb etadi. Tungi kuzatish asboblarining aksariyati infraqizil nurlanishlarni qayd etuvchi datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, ular bizga «qorong‘uda ko‘rish» imkonini beradi. Bunday asboblar orqali nafaqat odamlarni yoki jonivorlarni, balki, texnika, hamda, boshqa inshootlarning joylashbuvini ham aniqlash imkoni mavjud. Kunduzgi issiqlikdan qizib olgan texnika va inshootlar, termodinamika qonunlariga ko‘ra, tunda atrof sovigach, o‘ziga singdirib olgan issiqlikni tashqi muhitgan tarata boshlaydi. Infraqizil detektorlar esa aynan shu narsani «ilg‘ab» oladi. Bunday asboblar va detektorlar harbiy maqsadlarda va qutqaruv ishlarini tashkillashda juda katta asqotadi.
Yüklə 19,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə