Mavzu: Optik atmosfera hodisalari



Yüklə 19,39 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü19,39 Kb.
#166125
1   2   3   4   5
(5)
Nurlanish oqimi vatt (Vt) larda o’lchanadi.
Birlik yuzadan vaqt birligida o’tuvchi yorug’lik energiyasiga yorug’lik oqimi zichligi deyiladi.
(6)
(6)
Nurlanish oqimini ko’rish xususiyatini hisobga olgan holda quyidagicha ifodalash mumkin.
(7)
Bunda
– ko’rinuvchanlik koeffitsiyenti.
(8)
dagi nurlanish quvvati Wm odam ko’zi shu to’lqin uzunlikdagi nurlanishga (spektrning yashil qismi) eng sezgirdir.
Nuqtaviy yorug’lik manbai deb, o’lchamlari yorug’lik yetib borgan masofaga nisbatan juda kichik bo’lgan manbaga aytiladi. Yorug’lik kuchi deb, nuqtaviy yorug’lik manbaining birlik fazoviy burchak hosil qiluvchi yorug’lik oqimiga aytiladi.
(9)
Bunda
- fazoviy burchak. Yorug’lik kuchining birligi Vt/sterradian
Fazoning konus sirti bilan chegaralangan qismi fazoviy burchak deyiladi
(10)
fazoviy burchak o’lchov birligi sterradian.
Butun fazoviy burchak
(11)
Yorug’likning turli to’lqin uzunliklarda ko’zga ta’siri har xil bo’lgani uchun faqat yorug’lik uchun maxsus birliklar kiritiladi. SI birliklar tizimida yorug’lik kuchining birligi – kandela asosiy birlikdir.
(12)
Bundan yorug’lik oqimi ta’rifi kelib chiqadi.
Yorug’lik oqimi fazoviy burchak bir sterradian bo’lganda 1 kd yorug’lik nurlayotgan nuqtaviy manbaning hosil qilgan oqimi deb qarash mumkin. U holda uning o’lchov birligi 1 lyumen bo’ladi.
Sirtlarni yoritishni miqdoriy baholash uchun yoritilganlik tushunchasi kiritilgan.
Yoritilganlik deb shu sirtga tushayotgan yorug’lik oqimining shu sirt yuziga nisbatiga teng bo’lgan kattalikka aytiladi.
(13)
Agar sirtning o’lchamlari manbagacha bo’lgan masofaga nisbatan kichik bo’lsa, u holda
(14)
Yoritilganlik o’lchov birligi lyuks.
Yoritilganlik haqida yaxshiroq tasavvurga ega bo’lish uchun quyidagi kattaliklarga e’tibor beramiz.
Quyosh yorug’ligi tikka tushsa Ye ~105 lk, o’qish uchun zarur bo’lgan yoritilganlik 40 lk, to’lin oy hosil qilgan yoritilganlik 0,2 lk, o’qish uchun minimal yoritilganlik 10 lk, auditoriya, laboratoriya uchun 150 lk, buzoqxona, cho’chqaxona uchun 10 lk, tovuqxona uchun 20 lk.
Manba nuqtaviy bo’lmasa, u holda yorug’lik kuchi tushunchasi yetarli xarakteristika bo’la olmaydi. Chunki, kuchi bir xil bo’lgan manbalardan sirti kichigi ravshanroq ko’rinadi. Shuning uchun yoyilgan yorug’lik manbalari uchun qo’shimcha xarakteristika ravshanlik tushunchasi kiritiladi.
  • Ravshanlik yoyilgan manbaning sirtidan chiqayotgan yorug’lik kuchiga teng kattalikdir.

Ravshanlik o’lchov birligi nit (nt) dir.
Tush vaqtida quyosh sirtining ravshanligi 109 nt, cho’g’lanish elektr lampa tolasi 106 nt, kerosin lampa alangasi 104 nt, oydinsiz tungi osmon ravshanligi 10-4 nt. Ko’zning farq qiladigan eng kichik ravshanligi 10-6 nt. Geliy – argon lazeri energetik ravshanligi 4x1015 nt, ya’ni quyosh ravshanligidan taxminan 2,5 million marta katta.
Bir manba yorug’lik kuchini bilgan holda noma’lum kuchli manba yorug’lik kuchini aniqlovchi asboblarga fotometrlar deyiladi.
Xulosa
Bu mavzuda biz yorug’lik tabiati bilan bog’liq bo’lgan ba’zi bir hodisalar bilan tanishdik. Moddalarning sindirish ko’rsatkichi refraktometriya to’la ichki qaytish hodisalari nafaqat ilmiy balki amaliy ishlarida ham muhim ahamiyatga ega. Tola optikasida hozirgi vaqtda amalda kengm qo’llanilmoqda. Hayvonlar ichki organlarini tekshirishda va jarrohlik ishlarida svetovodlardan foydalanilmoqda. Fotometriya qonunlari esa kundalik hayot uchun ilmiy va amaliy ishlar uchun ham muhimdir.

Yüklə 19,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə