Mavzu: mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni reja: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati



Yüklə 37,52 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü37,52 Kb.
#135106
1   2   3   4
MULKCHILIK MUNOSABATLARINING MOHIYATI VA IQTISODIY MAZMUNI

4.Mulkchilik shakllari
Jamoa mulki-ne’matlarni muayyan maqsad yo’lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o’zlashtirilishi
Davlat mulki - ne’matlarni davlat tomonidan o’z vazifalarini bajarishi uchun o’zlashtirilishi
Xususiy mulk- ayrim kishilar va guruxlarga tegishli bo’lgan hamda daromad topishga qaratilgan mulk
Shaxsiy mulk- fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk
Aralash mulk-turli mulk shakllaridan tashkil topib, ne’matlarni shunga muvofiq tarzda o’zlashtirilishi
Yakka tartibdagi xususiy mulk-ne’matlarni alohida olingan mulkdorlar tomonidan o’zlashtirilishi
3.2-rasm. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
Davlat mulki-egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk ob’yektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish;
2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma’muriy-xududiy tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol- mulki bo‘ladi.
Jamoa mulki-muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.
Korporativ xususiy mulk- ne’matlarni ma’lum maqsad yo’lida o’zaro birlashgan mulkdorlar mulkiga asoslangan korxonalar tashkil etish orqali o’zlashtirilishi

Jamoa mulkiga ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlik jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.


Shaxsiy mulk-bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob’yektlari-bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’yektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan kelib chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk-ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, firmalar, xizmat ko‘rsatish va sotish shaxobchalari va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob’yektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.



Yüklə 37,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə