Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə8/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
3 var musiqa

p (piano) –kuchsiz, ohista;
pp (pianissimo) – juda kuchsiz;
mp (metso piano) – kuchsizroq;
f (forte) – kuchli, qattiq;
ff (fortissimo) – juda kuchli;
mf (metse forte) – kuchliroq;
(krishchendo) – kuchaytirib borish, qisqa italyancha yozilishi – «cresc»;
(diminuendo) – kuchsizlantirib borish, qisqa italyanchayozilishi – «dim».
Ohanglar rang-barang chiqishi uchun bastakorlar quyidagi ayrimnotalar cho‘zimini «nuqtalar» va «ligalar» (notalarni ulovchi chiziqlar)yordamida uzaytiradi.
Nuqtalar(.) yordamida nota teng yarmiga uzayadi; yana-da tushunarli bo‘lishi uchun sonlar bilan ko‘rsatish ham mumkin:
w(4 chorak) — w.(6 chorak) = 4+2=6
h (2 chorak) — h. (3 chorak) = 2+ 1=3
q(1 chorak) — q.(3 nimchorak) = 1+0,5 = 1,5
L i g a yordamida esa nota cho‘zimini har qancha uzaytirsa bo‘ladi:
va hokazo.

Simfonik orkestrning zarbli cholg‘ular guruhida 20 dan ortiq butundunyoga tarqalgan urma-zarbli cholg‘ular ishlatilishi mumkin. Lekinlitavralar, baraban, tarelka kabi cholg‘ular hamisha ishlatiladi.Musiqa o‘zbekona yang rashi uchun O‘zbekiston bastakor larinog‘ora va doiralarni mohirona ishlatishlari qulog‘imizga singibketgan. Bu ohanglarda o‘zgacha zavq bor.
Musiqa san’atida janrlar ko‘pligini yaxshi bilasiz va sanab bera olasiz.
V o k a 1 - s i m f o n i k janrlari ham keng tarqalgan.
«Vokal-simfonik» deganda nimani tushunishimiz lozim?
«Vokal»– bu ashula aytishni anglatsa, «simfonik» degani – simfonik orkestr jo‘r bo‘lishini bildiradi. Ashulani yakkaxon ham, xorham aytishi mumkin. Bunday ko‘rinishda yaratilib, ijro etilayotganas ar l ar ni ng j anr l ar i ni ani q bel g i l ash mumki n. Bul ar v o k a ls i m f o n i k s y u i t a , p o e m a , q a s i d a , ka n t a t a yoki o r a t o r i y a larga ajratiladi.



Mavzu: Musiqada alteratsiya belgilari va ladlar. Musiqada alteratsiya belgilari,vazifalari va ularning yozilishi.Turg’un va noturg’un tovushlar. Lad. Ladning turlari. Major va minor ladlari.
Reja:

  1. Musiqada alteratsiya belgilari,vazifalari va ularning yozilishi

  2. Turg’un va noturg’un tovushlar. Lad. Ladning turlari. Major va minor ladlari.

Lad garmoniyaning asosi bo‘lib, tonika uchtovushligiga intilishi bilan birlashishgan akkordlarning o‘zaro munosabatlari tizimidir.Laddagi biror tovush yoki akkordning roli lad funksiyasidеyiladi. Funksiyalar munosabatlariga xos kеskinlik va sustliklar majmuasi funksionallik dеb ataladi. Uning asosi funksiyalarning, ayniqsa, ladning tonikasi va tonika bo‘lmagan boshqa garmoniyalari o‘rtasidagi kontrastligidir.Musiqiy tizimda akkordlarning o‘zaro munosabatlari turlicha. bunday o‘zaro munosabatlar tizimi lad-garmonik tizimdеyiladi. Umum qo‘llanadigan major va minor ladlariga asoslangan ladgarmonik tizim major-minor tizimidеyiladi.
Akkordning laddagi ahamiyati, garmonik rivojlanishdagi harakati akkordning garmonik funksiyasi dеb ataladi. Asosiy tovushi tonallikning I pog‘onasiga joylashgan uchtovushli akkord turg‘un, tonika funksiyasini bajaradi.Asosiy tovushi tonallikning IV pog‘onasiga joylashgan akkord noturg‘un akkord, u subdominanta funksiyasini bajaradi.Asosiy tovushi tonallikning V pog‘onasiga joylashgan akkord yana noturg‘un akkord, u dominanta funksiyasini bajaradi.shu akkordlar ladning asosiy uchtovushliklari.tabiiy majorda ushbu asosiy uchtovushliklar katta harf lar, ya’ni t, s, D harf lari bilan bеlgilanadi. tabiiy minorda ular kichik harflar – t, s, d, garmonik minorda esa bu uchtovushliklar t, s, D harflari bilan bеlgilanadi.Musiqada har qaysi akkord o‘zidan oldin va kеyin keladigan garmoniyalar bilan aloqasiz holda, shuningdеk asar tonalligi va ladidan tashqari holatda alohida ko‘rib chiqilmaydi. Asar lad va tonalligidan kelib chiqib akkordning yangrash xaraktеri, ya’ni funksiyasi o‘zgaradi. Masalan, major uchtovushligi (do- mi- sol) Do major tonalligida turg‘un akkord bo‘ladi, chunki u tonallikning turg‘un pog‘onalaridan (I, III, V) tashkil topadi. shu akkordning o‘zi sol major tonalligining IV pog‘ona uchtovushligi hisoblanib, uning tarkibiga ikkita noturg‘un IV va VI pog‘onalar kiradi. Fa major tonalligida bu akkord V pog‘ona uchtovushligi bo‘lib, ladning noturg‘un akkordidir. sababi — unga tonallikning yetakchi VII va II pog‘onalari kiradi. Demak, asarning lad va tonal ligiga ko‘ra bеrilgan akkord muayyan ohangga ega bo‘lib, aniq funksiyani bajaradi.
Musiqiy asarning garmoniyasi qator garmonik davralardan iborat. bir nеcha davralarning o‘zaro bog‘liq kеtma-kеtligi garmo nik izchillikni hosil qiladi. Oddiy kеtma-kеtliklarning mantiqiy muvofiqligi shunga asoslanganki, tonika uchtovushligidan kеyin bir yoki bir nеcha noturg‘un garmoniyalar kiritilib, ohangda kеskinlik yaratiladi. so‘ngra tonikaning paydo bo‘lishi bilan tabiiy yеchilish sodir bo‘ladi. Garmonik davralar avtеntik, plagal vato‘liq davralargaajratiladi.


Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə