Mavzu: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi



Yüklə 26,53 Kb.
səhifə2/6
tarix20.10.2023
ölçüsü26,53 Kb.
#128451
1   2   3   4   5   6
24 mavzu ishlab chiqarish

Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida birorbir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta'sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan:

  • mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;

  • vazirlik, qo’mita, hokimlarning ish uslubi;

  • sud, prokuraturaning ish uslubi;

  • korxona, tsexlarning ish uslubi;

  • ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir.

Shu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi.
Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.

2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi


Rahbarlik usulubi, belgisi va bo’ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin:

  • Avtokratik rahbar

  • Liberal rahbar  Demokratik rahbar

Ushbu rahbarlarning ijobiy va salbiy xislatlari, ularning ish uslublari to’g’risida 7- jadval ma'lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.
7- jadval. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi



Rahbarlik turlari

Izoh

1.

Avtokratik rahbar

Bunday turdagi rahbar:

  • Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;

  • O’zini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a'zolarni bevosita muloqotda bo’lishini chegaralab qo’yadi;

  • O’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;

  • O’ziga bo’ysunuvchilarning harakatlarini keskin

ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi;

  • Muttasil buyruq berishga hammani o’z istaklariga so’zsiz bo’ysundirishga intiladi;

  • Ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’ysinuvchilari bilan muomalada bo’lganda uning rahbarlik g’ururi

balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi;

  • O’ziga bo’ysinuvchilari oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo’ladi.

Xullas avtokratik rahbar, o’ziga bino qo’ygan, dimog’dor, o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o’tkazishga intiladigan kishilarda etishib chiqadi. Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi o’ta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo’lmaydi. Ba'zi bir hollarda bo’ysinuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.

2.

Liberal rahbar

Bunday turdagi rahbar:

  • Irodasiz, tashabbussiz bo’ladi;

  • O’z zimmasiga ma'suliyat olishni yoqtirmaydi;

  • Ishni o’z holiga tashlab qo’yadi;

  • Idoraga nisbatan qat'iy bo’lishdan hayiqadi;







3.

Demokratik rahbar

Bunday turdagi rahbar:

  • Boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;

  • Ishlab chiqarishni boshqarishga xodimdlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi;

  • Barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo’ladi, ustunligini bildirmaydi;

  • Buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish

uslubida ish tutadi;

  • Bo’ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.

Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. hayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo’ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida xar xil xodimga nisbatan rahbarlikining ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va bo’ysinuvchilarning o’ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib muomala qilishi kerak

Yüklə 26,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə