Mavzu: Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi


Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari



Yüklə 26,53 Kb.
səhifə3/6
tarix20.10.2023
ölçüsü26,53 Kb.
#128451
1   2   3   4   5   6
24 mavzu ishlab chiqarish

3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari


Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha "sangvinis", ya'ni "qon" degan so’zdan kelib chiqqan.
Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:

  • yangi kishilar bilan tez til topishadigan;

  • bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;

  • bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan;

  • yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;

  • xushchaqchaq;

  • harakatlari shiddatli;

  • nutqi tez;

  • kelajakka ishonch bilan qaraydigan;

  • so’zini aniq va ma'noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir. Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo’ladilar.

Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiqqo’l va talabchan bo’lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin.
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi.
Agar kishida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi shilliqni "flegma" deyishgan. Flegmatiklar:

  • ta'sirchanligi sust bo’ladi;

  • bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar;

  • faolliklari kam;

  • yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;

  • harakatlari va nutqlari sust;

  • ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;

  • sabr-toqatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar.

Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Gippokratning fikricha, agar kishida za'faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qat'iy, harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni "xoley" deyishgan.

Yüklə 26,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə