Мавзу: Комил Хоразмий



Yüklə 7,05 Mb.
səhifə93/95
tarix31.01.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#99869
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
portal.guldu.uz-MILLIY UYG’ONISH DAVRI O’ZBEK ADABIYOTI

Umumiy xulosalar

1. «Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti» fani talabalarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi va u millatni uyg’otgan, istiqlolga boshlagan adabiyot sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.


2. Ma’lumki, 19-asrning ikkinchi yarmi Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim o’zgarishlar ro’y beradi. Mazkur o’zgarishlar shu davr adabiy jarayoniga o’ziga xos sezilarli ta’sir ko’rsatganligi bilan ajralib turadi.
3. Mazkur davr adabiy jarayonida yangicha ma’rifatparvarlik va milliy uyg’onish g’oyalarining ta’siri sezilib turadi. Bu shu davr adabiyotining o’ziga xosligini ko’rsatuvchi belgilardan biri hisoblanadi.
4. 19-asrning ikkinchi yarmi Qo’qon, Buxoro va Xiva adabiy muhiti o’zaro mushtarak hamda farqli jihatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar ularni qiyosiy o’rganish natijasida ma’lum bo’ladi.
5. Mazkur davr adabiyotida inson va insonga aloqador ijtimoiy muammolar tasviri ham kuzatiladi. Bu shu davr adabiy jarayonining yangi bosqichga kirayotganligidan dalolat beradi.
6. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab adabiyotimiz an’anaviy she’riyatdan hayotni keng ko’lamda real boricha tasvir etuvchi yo’nalish kasb eta bordi. Bu borada Muqimiy va Furqat kabi shoirlar ijodi alohida ajralib turadi.
7. Furqatning adabiy merosi o’zbek mumtoz adabiyotining go’zal namunalaridan biri hisoblanadi. U ehtiros to’la g’azallari, erkka tashna musaddaslari, hijron iztiroblari barq urib turgan she’riy maktublari bilan adabiyotimizga toza va tiniq ohanglar olib kirdi.
8. Zavqiy qo’qon adabiy muhitining o’ziga xos takrorlanmas shoirlaridan biridir. U o’zining siyosiy lirikasi, o’tkir hajviyoti, ijtimoiy muammolar talqiniga bag’ishlangan dostonlari bilan adabiyotimiz tarixida munosib o’rin egallaydi.
9. Anbar otin 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asr boshlarida yashab o’tgan iste’dodli shoiradir. U ijtimoiy-siyosiy, ma’rifatparvarlik va kelajakka ishonch tuyg’ulari aks etgan lirikasi bilan adabiyotimiz tarixida munosib o’rin egallaydi.
10. 15-16 asrlarda gullab yashnagan o’zbek adabiyoti uch asrdan ortiqroq davom etgan ma’naviy tanazzullikdan keyin asta-sekinlik bilan yana jonlanishga yuz tutdi. Bu hodisa XX asrda tug’ilajak yangi adabiyot uchun zamin bo’ldi.
11. Turkiston xalqlari ijtimoiy tafakkuri, madaniyati va adabiyotida Mahmudxo’ja Behbudiy alohida o’rin tutadi. U bejiz «Turkiston jadidlarining otasi» degan nomga sazovor bo’lmagan. Dramaturgiyaning shakllanishi, yangicha publitsistika va teatr san’atining paydo bo’lishi bevosita Behbudiy nomi bilan bog’liqdir.
12. Jadid adabiyoti, matbuoti va maorifi taraqqiyotini Abdulla Avloniysiz tasavvur qilish qiyin. U ulkan o’zbek shoiri, dramaturgi hamda jamoat arbobisifatida madaniyatimiz tarixida o’z o’rniga ega bo’lgan shaxsdir.
13. Sidqiy Xondayliqiy adabiy merosining mavzu ko’lami keng va rang-barangdir. Yuksak axloq mezonlari va ilm-ma’rifatga da’vat Sidqiy she’riyati va prozasining o’zak g’oyalaridan biri hisoblanadi.
14. Avaz O’tar o’g’li Xorazm adabiy muhitida shakllangan ijodkorlardan biridir. U o’zining ma’rifatparvarlik va erkparvarlik yo’nalishidagi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy she’riyati va hajviyoti bilan ajralib turadi.
15. «Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti» fani ko’p asrlik adabiyotimizning qonuniy merosxo’ri hisoblanadi. Uning butun mohiyati va mazmunini milliy uyg’onish tashkil etadi. Ayni paytda u ko’p jihatlari bilan hozirgi o’zbek adabiyotining sarchashmasi sifatida qadrlidir.

Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” bo’yicha echimini kutayotgan muammolar:



  1. Rossiyaning Turkistonga bo’lgan siyosati tub mohiyatini zamon talablari darajasida o’rganish.

2. Har bir adabiy muhitning (Qo’qon, Buxoro, Xiva) o’ziga xos tomonlarini qiyosiy o’rganish va aniqlash.
3. Komil va chor hukumati masalalarini yangicha yo’nalishlarda tadqiq etish.
4. Muqimiyning tasavvuf ta’limotiga bo’lgan munosabatini she’riyati asosida aniqlashtirish va tahlil qilish.
5. Muqimiy va rus istilosi masalalarini yangicha qarashlar asosida o’rganish.
6. Furqat va jadidchilik harakati masalalarini etarli darajada o’rganish.

  1. Furqatning tasavvuf ta’limotiga oid qarashlarini ijodi misolida tadqiq etish.

  2. Zavqiyning siyosiy mavzuda yozilgan she’rlarini bugungi kun nuqtai nazaridan o’rganish va tahlil qilish.

  3. Zavqiy hajviyoti va Muqimiyning hajviy asarlarini qiyosiy tekshirish hamda ular satirik merosining bugungi kundagi ahamiyatini belgilash.

  4. Turkistondagi (Xiva, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qon...) «usuli jadid» maktablarining o’zaro o’xshash va farqli jihatlarini qiyosiy tekshirish va tahlil qilish.

  5. Har bir adabiy muhit (Qo’qon, Buxoro, Xiva) va jadidchilik masalalarini turli yo’nalishlarda tadqiq etish.


Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə