Мавзу: Комил Хоразмий



Yüklə 7,05 Mb.
səhifə1/95
tarix31.01.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#99869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
portal.guldu.uz-MILLIY UYG’ONISH DAVRI O’ZBEK ADABIYOTI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI




QOBIL KO`BAYEV,
OBIDA FAYZULLAYEVA


MILLIY UYG’ONISH DAVRI O’ZBEK ADABIYOTI


(o’quv-uslubiy majmua)


Guliston - 2017

QOBIL KO`BAYEV, OBIDA FAYZULLAYEVA.
«Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti» fanidan o’quv-uslubiy majmua.

Mazkur o’quv o’quv-uslubiy majmua 5220100 - o’zbek filologiyasi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun tayyorlangan bo’lib, unda XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning 20-yillarigacha bo’lgan o’zbek adabiyotining taraqqiyotiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, undan ishchi dastur, reyting ishlanmasi, auditoriyada o’tiladigan o’quv mashg’ulotlari (ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar), mustaqil ravishda o’rganishga tavsiya qilingan mavzular, ulardagi ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan savollar va bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar o’rin olgan bo’lib, tegishli adabiyotlar ro’yxatlari ham mavjud.


Guliston davlat universiteti O’quv-metodik kengashi (___________2017, __-bayonnoma) tomonidan nashrga tavsiya etilgan.


Mas’ul muharrir: Umurzoq O’ljaboyev,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent


Taqrizchilar: Anqaboy Quljonov,
filologiya fanlari doktori,professor





M U N D A R I J A


Kirish ....................................................................................4


Fanning o`quv dasturi …………………………………....5




Fanning ishchi dasturi …………………………………..20


Reyting ballar ......................................................................30


Baholash mezonlari .............................................................31
Fan bo’yicha ta’lim texnologiyalarini
ishlab chiqishning kontseptual asoslari...............................34
Kurs bo’yicha ma’ruzalar ...................................................35
Amaliy mashg’ulotlar .........................................................84
Seminar mashg’ulotlari ......................................................89
Talabalar mustaqil ishlari ...................................................94
Test savollari ......................................................................96
Umumiy xulosalar ..............................................................99
Echimini kutayotgan muammolar ....................................100
Adabiyotlar ko’rsatkichi ...................................................102
Qo’shimcha adabiyotlar ko’rsatkichi ................................103
Glossariy ...........................................................................104

KIRISH

«Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti» fani oliy o’quv yurtlari O’zbek filologiyasi mutaxassisligi bo’yicha bakalavr darajasini oluvchilar uchun mo’ljallangan.


Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti XIX-asrning ikkinchi yarmidan XX-asrning 30-yillari oxirigacha bo’lgan davrdagi badiiy ijod namunalarini o’rganadi.
Mustaqillikkacha O’zbek adabiyoti an’anaviy ikki qismga ajratib o’rganilgan. Istiqlol tufayli tariximizni haqqoniy baholash imkonini sabab o’zbek jadid adabiyotini yaxlit va izchil o’rganishga keng yo’l ochildi. Ko’p asrlik adabiyotimizning qonuniy merosxo’ri bo’lgan, mustamlakachilikning millat va vatan uchun halokatli oqibatini teran anglab etgan, mohiyatan yangi adabiyotning butun ruhi va mazmunini milliy uyg’onish tashkil qildi. Shu jihatdan jadidchilik Turkistondagi milliy uyg’onishning «qalbi» bo’lsa, jadid adabiyoti uning badiiy ko’zgusidir. Bu adabiyot birgina g’oyaviy-estetik jihatdan emas, badiiy-estetik jihatdan ham keyingi adabiyotimizning eng porloq sahifasi edi. Ayni paytda u juda ko’p jihatlari bilan hozirgi o’zbek adabiyotining sarchashmasi sifatida ham qadrlidir.
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining shakllanishi, taraqqiyot tarixi, mumtoz va qardosh qo’shni xalqlar adabiyotidan oziqa olishi, yangi mavzular, janrlar, qahramonlar, badiiy tasvir vositalari, poetik obrazlar va nihoyat yangi badiiy tafakkurning inkishofi bugungi milliy mafkura asnosida tahlil qilinadi.
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining ayrim buyuk vakillari hayoti va jadidchilik maqomi, mafkurasi va umuminsoniy g’oyalar bilan sug’orilgan asarlarini badiiy-estetik tahlil qilish nazarda tutiladi.
Dastur olti qismdan: kirish, ma’ruza mavzulari, amaliy mashg’ulotlar mazmuni, seminar mashg’ulotlari, talabalar mustaqil bajaradigan ish topshiriqlari va nihoyat informatsion-metodik ta’minotlardan iborat.
Ma’ruza zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga mos ravishda ishlanib, unda mavzuga oid muammolar, o’quv (darsning) maqsadlari, nazorat savollari, mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. Ma’ruza mavzularini tayyorlashda ta’limning ilmiyligi yoki taomilga kirgan ilm orqali bilim egallash tamoyili hamda internetdan olingan materiallardan keng istifoda etildi. Har bir ma’ruza mavzusidan so’ng adabiyotlar ro’yxati va nazorat savollari berilgan bo’lib, talabalar ko’rsatilgan adabiyotlardan o’zlarini qiziqtirtiradigan savollarga javob olishi mumkin. Nazorat savollari asosida u yoki bu masalada bahs yuritish, o’zining bilim saviyasini o’zi sinovdan o’tkazish imkoni yaratiladi.
Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish tartiblari, undan kutiladigan o’quv maqsadlari, kerakli jihozlar, materiallar, ishni bajarish uslubiyati keng berilgan.
Majmua so’ngida yakuniy xulosalar, fanda echimini kutayotgan asosiy ilmiy muammolar, informatsion-metodik ta’minotlar keltirilgan.
Muallif majmua haqida fikr-mulohazalarini bildirgan shaxslarga o’z minnatdorchiligini izhor etadi.

Manzilimiz: 707012. Guliston sh.


4-mavze, universitet,
O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi




Kirish
Ushbu dastur O’zbek filologiyasi fakultetining 1-, 2-, 3-bosqich bakalavr yo’nalishidagi talabalar uchun mo’ljallangan. Mazkur dastur “O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti” fanining dolzarb muammolari, adabiy-madaniy muhit haqidagi qarashlar va ularga munosabat, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari va ijtimoiy muhit bilan bog’liqligi, jadidchilik harakatining adabiyotdagi ifodasi o’laroq dunyoga kelgan milliy uyg’onish adabiyotining xos xususiyatlari kabi masalalar to’g’risida ma’lumot beradi.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə