Мавзу: Комил Хоразмий


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi



Yüklə 7,05 Mb.
səhifə3/95
tarix31.01.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#99869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
portal.guldu.uz-MILLIY UYG’ONISH DAVRI O’ZBEK ADABIYOTI

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
“O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 1-6-semestrlarda o’qitiladi. Dasturda belgilangan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulot va seminar shaklida olib boriladi. Fanning ayrim muhim muammolari va adabiy-badiiy asarlar talabalarga mustaqil o’zlashtirish uchun tavsiya etiladi.
“O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti” fani o’rganiladigan muammolarning yaqinligi jihatidan falsafa, tarix, matnshunoslik va manbashunoslik, dinshunoslik fanlari bilan o’zaro bog’liqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Filolog mutaxassisning o’zbek adabiyoti tarixi, uning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha aniq va mukammal ma’lumotga ega bo’lishi talaba malakasini belgilovchi mantiqiy asos vazifasini o’taydi. Shuning uchun Oliy o’quv yurtlarida filologik ta’limni yo’lga qo’yishda ushbu fan muhim ahamiyat kasb etadi. “O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti” fanini to’liq o’zlashtirish nafaqat ta’lim tizimi, balki bakalavrlarning mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishi uchun zamin hozirlaydi.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalanish bilan bir qatorda nazariy va amaliy mashg’ulotlar davomida “Aqliy hujum”, “Klaster”, “BBB” kabi, shuningdek, mavzularning xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa interfaol usullarni qo’llash tavsiya etiladi. Internetdagi www.ziyo-net.uz, www.literature.uz, www.kutubxona.uz va www.alishernavoiy.uz saytlaridan foydalanish ham nazarda tutiladi.
Shuningdek, yangicha usullarning o’zigina yutuqni ta’minlaydigan yagona omil emasligidan kelib chiqib, asrlar sinovidan o’tib kelayotgan usullardan ham istifoda etiladi.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə