Мавзу: Комил Хоразмий



Yüklə 7,05 Mb.
səhifə14/95
tarix31.01.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#99869
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95
portal.guldu.uz-MILLIY UYG’ONISH DAVRI O’ZBEK ADABIYOTI

Fazlulloh Almaiy ijodiy merosi. Lirikasi. Tarjimalari (“Kalila va Dimna”). Hikoyalaridan namunalar. Almaiyning o’zbek tarjima adabiyotida tutgan o’rni.
Karimbek Kamiy. Shoir ijodiga munosabat masalasi. Tarjimai holi. Kamiy va Toshkent adabiy muhiti. Ma’rifat mavzuidagi she’rlari. Hajviyoti. Tarjimalari. Kamiy dunyoqarashi. Shoir ijodida tasavvufiy unsurlar. Diniy mavzu. Jadidcha va qadimcha qarashlari.
Milliy va ijtimoiy kurashlar davri adabiyoti. XX asr boshlari Turkistonda ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot. Jadidchilik. Turkistonda jadidchilikning rivojlanish bosqichlari. Davrlashtirish tamoyillari. Ma’rifiy islohotlar davri. Ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy kurashlar davri.
Madaniy-adabiy hayot (1905-1917). “Usuli jadid” maktablari. Milliy matbuot. Xayriya jamiyatlari va boshqa turli ma’rifiy tashkilotlar. Yangi milliy teatr. Badiiy adabiyot. Adabiy tanqid. Badiiy tarjimachilik.
Ijtimoiy-tarixiy voqealar. 1917 yil fevral inqilobi va uning Turkistondagi aks-sadosi. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash g’oyalari. “Turkiston muxtoriyati”. Mafkuraviy buhronlar. Adabiy-madaniy harakatchilik. 20-yillar matbuoti va adabiyoti. O’zbek romanchilik maktabi. Milliy dramaturgiya. Teatr va adabiy tanqidchilik. Sho’rolarning adabiyotni mafkuraviy kurashlar vositasiga aylantirish siyosati.
Ismoilbek Gasprinskiy hayoti va faoliyati. Jadid maktablarining ta’sischisi. Gasprinskiy va Turkiston. "Tarjimon" gazetasida Turkiston hayotining yoritilishi. Badiiy asarlarida Turkiston mavzusi. Adabiy-estetik qarashlari.
Mahmudxo’ja Behbudiy hayoti va faoliyatining o’rganilish tarixi. Tarjimai holi. Turkistonda jadid maktablarining targ’ibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Behbudiy va Turkiston milliy matbuoti. Ijodiy merosi. “Padarkush” pesasi. Publitsistikasi. Adabiy-estetik qarashlari. “Sayohat xotiralari”.
Abdulla Avloniy. Avloniyshunoslik. Hayoti sahifalari. “Shuhrat” gazetasini chiqarishi. Yangi maktablar tashkil etishi. Ijtimoiy faoliyati. Avloniy - aktyor, rejissyor, xormeystr, teatr badiiy rahbari, dramaturg, tarjimon. Ijodiy merosi. Pedagogik asarlari, she’riyati, dramalari, publitsistikasi. Til, adabiyot, san’at, matbuot, maorif muammolariga oid maqolalari. “Afg’on kundaliklari” - o’zbek publitsistikasi va memuar adabiyoti namunasi.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə