1 yanvar yangi yil bayrami yangi yilning birinchi kuni



Yüklə 82,5 Kb.
tarix11.07.2018
ölçüsü82,5 Kb.
#55344

powerpluswatermarkobject2012408


YANVAR

1 yanvar - YAngi yil bayrami. YAngi yilning birinchi kuni.

1 yanvar – Samarqand viloyati tashkil etilganligining 125 yilligi (1887).

1 yanvar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, aktyor, rejissyor Muzaffar Muhamedov (1902-1995) tavalludining 110 yilligi.

2 yanvar - O‘zbek musiqashunosi, san’atshunoslik doktori, sozanda (tanbur, dutor) Isoq Rizqievich Rajabov (1927-1982) tavalludining 85 yilligi.

2 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Jahon metrologiya tashkilotiga (JMT) a’zo bo‘lgan kun (1993).

3 yanvar – Jarroh, meditsina fanlari doktori, professor, fan arbobi, akademik O‘ktam Oripovich Oripov (1927-2001) tavalludining 85 yilligi.

5 yanvar – Akademik, o‘zbek bastakori, musiqa folklorshunosi, xonanda va sozanda (nay, dutor), O‘zbekiston xalq artisti YUnus Rajabiy (1897-1976) tavalludining 115 yilligi.

8 yanvar - O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg Anvar Obidjon (1947) tavalludining 65 yilligi.

9 yanvar - Jizzax viloyatidagi Mirzacho‘l tumani tashkil etilganligining 45 yilligi (1967).

10 yanvar - Ichki qo‘shinlar tashkil topganligining 20 yilligi (1992).

12 yanvar - O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa, rejissyor SHohida Ma’zumova (1907-1988) tavalludining 105 yilligi.

13 yanvar - O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligining 20 yilligi (1992).

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni (1993).

15 yanvar - Bolalar shoiri va yozuvchisi, dramaturg SHukur Sa’dulla (1912-1972) tavalludining 100 yilligi.

20 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, sozanda (dutor, tanbur, sato) Turg‘un Alimatov (1922-2008) tavalludining 90 yilligi.

20 yanvar - SHoir va publitsist, tarjimon, yozuvchi, noshir Xurshid Davron (1952) tavalludining 60 yilligi.

22 yanvar - Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti tashkil etilganligining 85 yilligi (1927).

23 yanvar - Milliy gvardiya tashkil etilgan kunning 20 yilligi (1992).

23 yanvar - Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1997).

24 yanvar - Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil topgan kun (1992).

25 yanvar – Harbiy arbob, birinchi o‘zbek general-mayori Sobir Rahimov (1902-1945) tavalludining 110 yilligi.

26 yanvar – Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983).

28 yanvar - “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun (1992).

30 yanvar – O‘zbekiston Evropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkilotiga qabul qilingan kun (1992).

30 yanvar - O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov (1938) tug‘ilgan kun.

YAnvar - “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali nashr etilayotganligining 20 yilligi (1992).

YAnvar - O‘smir va yoshlarning oylik adabiy-badiiy jurnali - “YOshlik” (1982) nashr etilayotganligining 30 yilligi.



FEVRAL

1 fevral - Koreys tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).

6 fevral - Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1991).

7 fevral - O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Oysha Mavlonova tavalludining (1922-1991) 90 yilligi.

9 fevral - Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludi kuni.

12 fevral - Aeroflot kuni (1979) (har yili fevral oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

13 fevral - O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan kun (2001).

14 fevral - O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Mirzo Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun.

16 fevral - O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik Tashkiloti (XIHT) ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

17 fevral - Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva).

21 fevral - Xalqaro ona tili kuni (YUNESKO).

23 fevral - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, geolog Vladimir Ivanovich Popov (1907-1991) tavalludining 105 yilligi.

23 fevral - “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun (1991).

24 fevral - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘lgan kun (1994).

25 fevral - Tashqi Ishlar vazirligi huzuridagi tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlarga oid xabarlarni tarqatuvchi “Jahon axborot agentligi” tashkil etilgan kun (1994).

26 fevral - O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).



MART

1 mart - Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni.

1 mart - Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.

1 mart - O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi - YUNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.

1 mart - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, tilshunos olim, lug‘atshunos Zokir Ma’rufovich Ma’rufov tavalludining (1912-1984) 100 yilligi.

2 mart - Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo bo‘lganligining 20 yilligi (1992).

4 mart - O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari kuni (1999).

4 mart - O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996).

4 mart - “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1993).

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

10 mart - O‘zbekiston NATO qoshidagi SHimoliy Atlantika hamkorligi kengashiga a’zo bo‘lib kirgan kun (1992).

12 mart - O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor, dirijyor va jamoat arbobi Tolibjon Sodiqov tavalludining (1907-1957) 105 yilligi.

12 mart - O‘zbekiston xalq artisti, xonanda, opera solisti (lirik dramatik bariton) Karim Zokirov (1912-1977) tavalludining 100 yilligi.

14 mart - O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzilgan kun (1987).

15 mart - Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.

15 mart - Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti (1936 yilda asos solingan Andijon Pedagogika instituti negizida) tashkil etilganligining 20 yilligi (1992).

17 mart - Butunjahon Dengiz kuni.

17 mart - “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004).

18 mart - O‘zbekiston futbol kuni.

21 mart - Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992).

21 mart - Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002).

21 mart - “Xabar” gazetasining ilk soni bosmadan chiqdi (1992).

22 mart - Butunjahon suv kuni (1992).

23 mart - Butunjahon metrologiya kuni (1950).

24 mart - Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni.

24 mart - O‘zbekiston Respublikasining CHegara qo‘shinlari tashkil etilgan kun (1992).

25 mart - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasi tashkil etilgan kun (1992).

27 mart - Xalqaro teatr kuni (1961).



APREL

1 aprel - Xalqaro kulgi kuni.

1 aprel - Butunjahon qushlar kuni.

1 aprel - Geologlar kuni (har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

2 aprel - Xalqaro bolalar kitobi kuni.

5 aprel - O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).

7 aprel - Butunjahon salomatlik kuni (1948).

7 aprel - Toshkent Islom universiteti tashkil etilgan kun (1999).

9 aprel - Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun.

9 aprel - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1993).

11 aprel - Fashist konslagerlaridan tutqunlarni ozod qilish xalqaro kuni.

12 aprel - Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962).

14 aprel - O‘zbekiston Respublikasining “Amir Temur ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun (1996).

15 aprel - Ilm-fan kuni (har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

17 aprel - YOng‘in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni.

18 aprel - Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.

22 aprel - Xalqaro olamni asrash kuni (har yili aprel oyining to‘rtinchi yakshanbasida nishonlanadi) (1990).

22 aprel - Xalqaro er sayyorasi kuni (BMTda 1990 yil e’lon qilingan).

22 aprel - O‘zbekiston xalq shoirasi, publitsist, tarjimon Oydin Hojieva (1942) tavalludining 70 yilligi.

23 aprel - Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni (YUNESKOning 28-konferensiyasida 1995 yilda e’lon qilingan).

24 aprel - YOshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957).

25 aprel - “Kamolot” YOshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan kun (2001).

26 aprel - Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996).

26 aprel - Xalqaro intellektual mulk kuni.

28 aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003).

29 aprel - Butunjahon birodarlashgan shaharlar kunining (1957) 55 yilligi.

29 aprel - Xalqaro raqs kuni.

30 aprel – O‘zbekiston Evropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan kun (1992).



MAY

1 may - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, madaniyat va davlat xodimi, jurnalist, suhandon Nasiba Ismoilovna Ibrohimova (1942) tavalludining 70 yilligi.

3 may - Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1934).

5 may - “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “SHuhrat” medallari ta’sis etilgan kun (1994).

7 may - Radio kuni (1895).

9 may - Xotira va Qadrlash kuni - umumxalq bayrami (1999).

9 may - O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori San’at Devonov (1932) tavalludining 80 yilligi.

12 may - Xalqaro hamshiralar kuni.

15 may - Butunjahon oila kuni (1994).

15 may - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, O‘zbekiston FA akademigi Vohid Abdullaevich Abdullaev (1912-1985) tavalludining 100 yilligi.

15 may – O‘zbek kompozitori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Hamid Rahimov (1927-1977) tavalludining 85 yilligi.

17 may - Xalqaro elektraloqa kuni (1969).

17 may - O‘zbekiston xalq shoirasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Halima Xudoyberdieva (1947) tavalludining 65 yilligi.

18 may - Xalqaro muzeylar kuni (1977).

19 may - Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995).

21 may - Xalqaro metrologiya kuni (YUNESKO qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi).

22 may - Xalqaro biologik rang-baranglik kuni.

25 may - O‘zbek kinodramaturgi, jamoat arbobi Sobir Muhamedov (1912-1978) tavalludining 100 yilligi.

27 may - Kimyogarlar kuni (1956) (har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

31 may - Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.



IYUN

1 iyun - Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni.

3 iyun - Melioratorlar kuni (har yili iyun oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunining 40 yilligi (1972).

5 iyun - Toshkent avtomobil yo‘llari institutining “Talaba” jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

10 iyun - Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1999).

10 iyun - Engil sanoat xodimlari kuni (har yili iyun oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

11 iyun - Kompozitor, dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek opera asoschilaridan, professor Muxtor Arafovich Ashrafiy (1912-1975) tavalludining 100 yilligi.

14 iyun - Butunjahon Donorlar kuni.

15 iyun - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, pediatr-ftiziatr Anvar Ahrorovich Saidahmedov (1912-1983) tavalludining 100 yilligi.

17 iyun - Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni.

17 iyun - Butun o‘zbek olimpik yugurish kuni (har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasida o‘tkaziladi).

19 iyun - Butunjahon bolalar futboli kuni.

20 iyun - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kompozitor, sozanda, dirijyor Sayfi Jalil (1932-2003) tavalludining 80 yilligi.

20 iyun - O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1990).

20 iyun - Butunjahon qochoqlar kuni.

23 iyun - Xalqaro Olimpiada kuni.

24 iyun - Savdo, matbuot, kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni (har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

26 iyun - Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni.

26 iyun - “Madad” sug‘urta agentligi 1995 yil 26 iyundagi O‘zR Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan kun.

27 iyun - O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni (1993 yil 24 iyun O‘zbekiston Respublikasi farmoni).

28 iyun - Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori, professor, Beruniy mukofoti laureati Muxtor Oripovich Ahmadjonov (1932-1998) tavalludining 80 yilligi.

30 iyun - Bibliograf, kitobshunos, tarixchi va sharqshunos olim Evgeniy Karlovich Betger (1887-1956) tavalludining 125 yilligi.

30 iyun - Ixtirochilar va ratsianalizatorlar kuni (har yili iyun oyining oxirgi shanbasida nishonlanadi).



IYUL

1 iyul - O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun (1994).

1 iyul - Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).

1 iyul - “O‘zimpeksaloqa” tashqi savdo firmasi tashkil etilgan kun (1993).

2 iyul - O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1992).

5 iyul - Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi qaroriga asosan)

1 iyul - Xalqaro kooperatsiya kuni (1994) (har yili iyul oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

10 iyul - O‘zbekiston Respublikasi xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun (1992).

11 iyul - Butunjahon xalqlari kuni (1989).

13 iyul - O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

14 iyul - Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq artisti, teatr aktyori, teatr arbobi Muhammadali Abduqunduzov (1952) tavalludining 60 yilligi.

15 iyul - Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

17 iyul - O‘zbekiston xalq yozuvchisi, hajvchi yozuvchi Ne’mat Aminov (1937-2005) tavalludining 75 yilligi.

20 iyul - O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston Respublikalarining xalq artisti, xonanda sozanda, bastakor Komiljon Otaniyozov (1917-1975) tavalludining 95 yilligi.

20 iyul - Butunjahon shaxmat kuni.

20-21 iyul - “Imom al-Buxoriy kuni”.

27 iyul - O‘zbekiston xalq artisti Husan SHaripov tavalludining (1937) 75 yilligi.

AVGUST

2 avgust - O‘zbekiston xalq artisti, xushovoz xonanda, teatr aktyori Vaxobjon Fayozov (1912-1964) tavalludining 100 yilligi.

5 avgust - Mahallalar kuni (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

5 avgust - Temir yo‘lchilar kuni (1936) (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

6 avgust - Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish kuni (1946). Xirosima fojeasi kuni.

9 avgust - Xalqaro jahon tub xalqlari kuni.

11 avgust - Fizkulturachilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi).

12 avgust - O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.

12 avgust - Quruvchilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

18 avgust - Monumentalist rassom, O‘zbekiston xalq rassomi CHingiz Gabdurahmonovich Ahmarov (1912-1995) tavalludining 100 yilligi.

18 avgust – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, nevropatolog olim Abdumannon Rahmonovich Rahimjonov (1927-2004) tavalludining 85 yilligi.

19 avgust - O‘zbekiston Respublikasining havo floti kuni (1995) (har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

19 avgust - “O‘zbekiston-Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996) (har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

22 avgust - Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997).

25 avgust - Teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Obid Hasanov (1902-1976) tavalludining 110 yilligi.

26 avgust - SHaxtyorlar kuni (har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

27 avgust - Xalqaro Talabalar Ittifoqi tashkil topgan kun.

27 avgust - Kino kuni (1979).

28 avgust - “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (1998).

30 avgust – “SHon-sharaf” ordeni ta’sis etilgan kun (1995).

30 avgust - “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan kun (2000).

30 avgust – O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi tashkil etilgan kun(1996).

31 avgust - Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni (2001).

SENTYABR

1 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991).

1 sentyabr - O‘zbekiston xalqaro bloklarga qo‘shmaslik harakatiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

2 sentyabr - YAngi 2012-2013 o‘quv yilining boshlanish kuni - Bilimlar kuni.

2 sentyabr - Neft va gaz sanoati ishchilari kuni (har yili sentyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

2 sentyabr – O‘zbek matematik olimi, pedagog, davlat va jamoat arbobi Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy (1897-1970) tavalludining 115 yilligi.

8 sentyabr - Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.

9 sentyabr - Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni.

9 sentyabr - Xalqaro fashizm qurbonlarini xotirlash kuni (har yili sentyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

11 sentyabr – O‘zbekiston xalq shoiri, baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (1872-1955) tavalludining 140 yilligi.

13 sentyabr - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1989).

15 sentyabr - Xalqaro tinchlik kuni.

16 sentyabr - Bahouddin Naqshband kuni (1993).

16 sentyabr - Xalqaro Ozon qatlamini himoya qilish kuni (1995).

17 sentyabr - O‘zbekiston xalq yozuvchisi, noshir, tarjimon, dramaturg Abdulla Qahhor (1907-1968) tavalludining 105 yilligi.

18 sentyabr - O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqi (XGI)ga a’zo bo‘lgan kun (1993).

22 (23) sentyabr - Kuzgi teng-kunlik - “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh).

25 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilgan kun (1991).

27 sentyabr - Butunjahon turizm kuni.

27 sentyabr - Butunjahon dengiz kuni.

27 sentyabr - O‘zbekiston bolalar jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

30 sentyabr - Mashinasozlar kuni (har yili sentyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).



OKTYABR

1 oktyabr - Xalqaro shifokorlar kuni (1984) (har yili oktyabr oyining birinchi dushanbasida nishonlanadi).

1 oktyabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996).

1 oktyabr - Xalqaro qariyalar kunining 20 yilligi (1992).

6 oktyabr - O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi, pedagog Asad Vahobovich Azimov (1927-1995) tavalludining 85 yilligi.

9 oktyabr - Butunjahon pochta kuni (1874).

11 oktyabr - Dramaturg, rejissyor, teatr arbobi Mannon Uyg‘ur (Abdumannon Majidov, 1897-1955) tavalludining 115 yilligi.

13 oktyabr - Xalqaro ofatni kamaytirish kuni.

14 oktyabr - Xalqaro standartlashtirish kuni (1946).

14 oktyabr - Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (har yili oktyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

15 oktyabr - O‘zbekiston xalqaro Moliya koorperatsiyasiga a’zo bo‘lgan kun.

16 oktyabr - Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni.

18 oktyabr - Samarqand kuni (1996).

20 oktyabr - Xiva kuni.

20 oktyabr - O‘zbekiston xalq artisti, aktyor, xonanda (tenor) Mahmudjon G‘afurov (1917-2000) tavalludining 95 yilligi.

21 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun (1989).

21 oktyabr - Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni (har yili oktyabr oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

22 oktyabr - Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).

22 oktyabr - Xalqaro maktab kutubxonalari kuni (har yili oktyabr oyining to‘rtinchi dushanbasida nishonlanadi).

23 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi YUNESKOga a’zo bo‘lgan kun (1993).

23 oktyabr - O‘zbekiston bolalar kutubxonalarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashuvchi xayriya jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).

24 oktyabr - Xalqaro BMT kuni (1947).

25 oktyabr - Bolalar shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, O‘zbekiston xalq shoiri Quddus Muhammadiy (1907-1997) tavalludining 105 yilligi.

25 oktyabr - Rangtasvir ustasi, O‘zbekiston xalq rassomi Lutfulla Abdullaevich Abdullaev (1912-2000) tavalludining 100 yilligi.

25 oktyabr - Rasom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Samig‘ Fayzullaevich Abdullaev (1917-1998) tavalludining 95 yilligi.

25 oktyabr - Xalqaro tinchlik uchun xotin-qizlar kurashishi kuni.

25 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni.

28 oktyabr - Avtomobil transporti xodimlari kuni (har yili oktyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

31 oktyabr - Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy Markazi tuzilgan kun (1996).

NOYABR

1 noyabr - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kun (1991).

5 noyabr - Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko‘rsatuvlari namoyishi boshlangan kun (1956).

6 noyabr - O‘zbekiston xalq artisti, raqqos, aktyor Karim Rahimov (1917-1991) tavalludining 95 yilligi.

6 noyabr - Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi SHarof Rashidovich Rashidov (1917-1983) tavalludining 95 yilligi.

7 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, jurnalist Nazarmat Egamnazarov (1917-2009) tavalludining 95 yilligi.

7 noyabr - Naqqosh, kulol, ganch o‘ymakori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Tursun Ahmedov (1917-1983) tavalludining 95 yilligi.

10 noyabr - Butunjahon YOshlar kuni (1945).

11 noyabr - Tibbiyot xodimlari kuni (har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

12 noyabr - Butunjahon sifat kuni (1989).

13 noyabr - Qatag‘on qurboni, shoir Usmon Nosir tavalludining (1912-1944) 100 yilligi.

16 noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni.

16 noyabr - YUNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945 y.)

17 noyabr - Bibliograf Axmad Ibragimovich Ageev tavalludining (1902-1975) 110 yilligi.

18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun (1991).

19 noyabr - O‘zbekiston Qurolli kuchlari artilerriyasi kuni.

20 noyabr - Bola huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1959).

21 noyabr - Taniqli arxeolog Mixail Evgenevich Masson tavalludining (1897-1986) 115 yilligi.

21 noyabr - Butunjahon televideniya kuni (1996).

21 noyabr - Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913).

21 noyabr - Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan kun (1995).

25 noyabr - Paxta bayrami (har yili noyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).



DEKABR

1 dekabr - Butunjahon orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligiga qarshi kurash kuni.

3 dekabr - Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni (1993).

4 dekabr - O‘zbekiston Faxriylari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab himoyalash “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996).

4 dekabr - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Madhiyasi tasdiqlangan kun (1993).

5 dekabr - Xalqaro ko‘ngillilar kuni.

8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun (1992).

10 dekabr - Inson haq-huquqlari kuni (1948).

10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun (1992).

11 dekabr - YUNISEF-BMT Bolalar fondi tashkil topgan kun (1946).

12 dekabr - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizik olim Vafo Arabovich Mo‘minov (1927-1989) tavalludining 85 yilligi.

13 dekabr - O‘zbekiston FA muxbiri, olim, jarroh vrach Vosit Vohidovich Vohidov (1917-1994) tavalludining 95 yilligi.

14 dekabr - Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenligi e’lon qilingan kun (1990).

14 dekabr - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i tasdiqlangan kun (1992).

16 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi FIFAga a’zo bo‘lgan kun (1992).

21 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH 1991 y. 8 dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1991).

22 dekabr – Energetika xodimlari kuni.

24 dekabr - SHoir, dramaturg va noshir, O‘zbekiston xalq yozuvchisi tarjimon Po‘lat Mo‘min (1922-2004) tavalludining 90 yilligi.

27 dekabr - Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, tarjimon, noshir Ibrohim G‘afurov (1937) tavalludining 75 yilligi.

29 dekabr - O‘zbekiston xalq artisti, teatr aktrisasi Rixsixon Ismoilovna Ibrohimova (1937) tavalludining 75 yilligi.

29 dekabr - Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq Referendumi hamda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan kun (1991).

31 dekabr - O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi, rejissyor, tarjimon, pedagog, ilmiy uslubchi Nazira Nasriddinovna Alieva (1912-1980) tavalludining 100 yilligi.




Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə