Mavzu: Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsini shakllantirishda o‘yin mashg‘ulotlarini shakllantirish samaradorligi Kirish: I bob Bolani maktabga psixologik tayyorgarligi



Yüklə 60,14 Kb.
səhifə1/3
tarix22.09.2023
ölçüsü60,14 Kb.
#122821
  1   2   3
Mavzu Kichik maktab yoshidagi muloqat xususiyati Kirish Asosiy



Mavzu: Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsini shakllantirishda o‘yin mashg‘ulotlarini shakllantirish samaradorligi

Kirish:
I Bob Bolani maktabga psixologik tayyorgarligi.

    1. Kichik maktab yoshi davri haqida umumiy tushuncha.

1.2. Kichik maktab yoshi davrida o`quvchilarda bilish jarayonlarining rivojlanishi.
II Bob Bolani maktabga jismoniy tayyorgarligi.
2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi.
2.2. Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsini shakllantirishda o‘yin mashg‘ulotlarini shakllantirish samaradorligi
Xulosa:

  • Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqoti. 

Foydalangan adabiyotlar

Kirish:
Hozirgi globallashuv jarayonlari va fan-texnika sohasidagi ilg’or tadqiqotlar ijtimoiy soha vakillarining zimmasiga shaxsning jamiyat talablari bilan uyg’un rivojlanishi va faol bilish motivatsiyasini qaror toptirish bilan bog’liq zaruriy vazifalarni yuklaydi. Bunday hollarda jamiyat ijtimoiy rivojining ilmiy asoslangan istiqbolli rejasini tuzib, uning ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurilishi yangi hayotiy muammolarni samarali va g’ayrioddiy hal etish qobiliyatiga ega bo’lgan ijodkor faol shaxsning shakllanishini talab etmoqda. Shu bilan bog’liq ravishda zamonaviy jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biri o’sib kelayotgan yosh avlodning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishdan iborat. Bu esa o’z navbatida barcha bilish jarayonlarini psixologik qonuniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim sohasini takomillashtirishni talab etadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkuri ta’lim jarayonida juda katta o’zgarishlarga uchraydi. Mashhur psixolog L.S.Vigotskiy to’g’ri ko’rsatib o’tganidek, idrok va xotira maktab ta’limi boshlanishi oldidan anchagina taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan bo’ladi, kichik maktab yoshidagi davrda esa intellekt (aql) jadal taraqqiy etadi. Tafakkurning rivojlanishi idrok va xotirani sifat jihatdan qayta o’zgarishga, ularni ixtiyoriy va boshqariladigan jarayonga aylanishga olib keladi. Vigotskiyning ko’rsatishicha, maktab yoshiga bola idrok va xotira funksiyasiga nisbatan kuchsiz intellekt funksiyasi bilan qadam qo’yadi. Biroq intellekt shunday rivojlanadiki, na xotira va na idrok bunday rivojlanishni o’z boshidan kechirmaydi.
Bu yerda ta’lim mazmuni va motivlarining stimullashtiruvchi roli, o’qituvchining ta’lim-tarbiya jarayoniini tashkil qiluvchilik roli xususan yaqqol ko’zga tashlanadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’quv jarayoni har xil yo’sinda tashkil qilinganda, ta’lim mazmuni o’zgartirilganda, o’qitishning turli metodikasiga qarab kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tafakkuri nihoyatda xilma-xil xarakteristikaga ega bo’lishi mumkin. Bola xususan 7 - 8 yoshlik davrida konkret narsa va hodisalarning ko’rgazmali xususiyatlari va sifatlariga asoslanib, odatda konkret kategoriyalar bilan fikr yuritadi. Ayrim izohlar bilan mashhur shveytsariyalik psixolog J. Piajening 7-10 yoshdagi o’quvchilar asosan konkret operatsiyalar bosqichida turadilar. Ana shu bosqichda bevosita, tajribadan olingan xususiyatlar sistemalashtirilishi mumkin, degan fikrlariga qo’shilish mumkin. Ammo, o’ylaymizki, kichik maktab yoshi davrining oxiriga kelib, to’g’ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida o’quvchilar keyingi bosqichga, ya’ni umumlashtirish va abstraktsiyalashtirish qobiliyati taraqqiyotining ma’lum darajasi bilan bog’liq bo’lgan formal operatsiyalar bosqichiga o’tishga qobildirlar. IV sinflarning yangi programmalari ana shunga mo’ljallangan. IV sinf programmasida o’quvchilarning yangi material bilan tanishib, mustaqil mulohaza yuritishlari va xulosa chiqarishlari, faktlarni solishtirib ko’rishlari, taqqoslashlari va analiz qilishlari, juz’iy hamda umumiyni topishlari, oddiy qonuniyatlarni belgilashlari ko’zda tutilgan.
Shunday qilib, bola maktabda o’qiy boshlar ekan, konkret tafakkurga ega bo’la boradi. Ta’lim ta’siri bilan hodisalarni tashqi tomondan bilishdan asta-sekin ularning mohiyatini bilishga, muhim xususiyat va belgilarni tafakkurda aks ettirishga o’tiladi. Bu esa dastlabki umumlashtirish, birinchi xulosa chiqarish, dastlabki solishtirishlarni o’tkazish va sodda xulosalar chiqarish imkonini beradi. Ana shu asosda bolada sekin-astalik bilan tushunchalar tarkib topa boshlaydi. Bu tushunchalarni biz L.S.Vigotskiydan keyin (bolada maqsadga muvofiq ta’limdan tashqari uning tajribasi asosida yuzaga kelgan hayotiy tushunchalardan farq qilib) ilmiy tushunchalar deb ataymiz. Bolada ilmiy tushunchani tarkib toptirish uchun o’quvchini narsalarning belgilariga differensiyali yondashishga o’rgatish lozim. O’quvchiga narsalarning muhim belgilari borligini, ana shu muhim belgilarimiz narsalarni biron tushunchalar turkumiga kiritib bo’lmasligini ravshan ko’rsatishi kerak. Bu muhim belgilarni hamma vaqt ham osonlik bilan ko’rib va ajratib bo’lmaydi. Shuning bilan birga maktab o’quvchisi shuni ham tushunishi kerakki, mazkur tushuncha uchun muhim bo’lmagan belgilar ham bo’ladi. Bu belgilar narsalarning individual xususiyatlarini xarakterlab beradi, ba’zan juda ko’zga tashlanib turadi va ta’sir etuvchan bo’ladi.
Narsalarning belgilarini differensasiya qilish va muhimlarini ajratishga birdaniga o’rganib bo’lmaydi. Axir kichik maktab yoshidagi o’quvchilar birinchi navbatda narsalarning tashqi belgilarini idrok qiladilar. Xuddi ana shu tashqi belgilar muhim bo’lmasliklari mumkin. Tushunchalarning tarkib topishi jarayonida kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tomonidan tez-tez yo’l qo’yiladigan xatolar, ya’ni belgilarning o’rnini almashtirib yuborish, muhim bo’lmagan belgilar asosida yoki muhim va muhim bo’lmagan belgilarni qator qo’yish asosida noto’g’ri umumlashtirish ham xuddi ana shu sababdan kelib chiqadi. Kichik maktab yoshdagi bolalarning mashg’ulotlar jarayonida axborotlarni qabul qilishi bilish jarayonlarini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotlar jarayonida beriladigan axborotlar ham boshqa axborotlar singari vaziyatga qarab qabul qilinadi, shuning uchun axborotlarni o’zlashtirishdagi individual farqlar, extiyojlar, topshiriqlar va bolalarning maqsadlari mos bo’lmasligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, kichik maktab yoshdagi bolalarning axborotlarni qabul qilishlari bir xil bo’lmasada, ularning bilish faoliyatlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Rus psixologlarining tadqiqotlarida kichik maktab yoshdagi bolalarda qabul qilishning ikki turi; analitik va sintetik turlari ajratilgan. Analitik turda diqqat e’tibor alohida mayda - chuydalarga qaratiladi. Sintetik turda umumiy yaxlit holda qabul qilinadi. Ikkala turni bir-biriga qarama - qarshi qo’yish psixologiyada hozirgacha saqlanib keldi. Ammo turli yo’nalish vakillari buni shunday ta’riflaydilar. Differensial psixologiya uchun perseptiv usullarni farqlash muhimdir, chunki bu barcha bolalarda bir xil emas. Bu turdagi individual xususiyatlar bolada umrbod o’zgarmas bo’lib qolmaydi, ular ontogenez jarayonida rivojlanadi, nafaqat rivojlanish jarayonida balki pedagogik mashqlar, pedagogik ta’sirlar orqali o’zgarib boradi. Kichik maktab yoshdagi bolalarda mashg’ulotlar jarayonida namoyon bo’ladigan tafakkurga xos bo’lgan uslubni o’rganish maqsadida A.A. Alekseeva va L.A. Gromovalar tomonidan ishlab chiqilgan tafakkur uslubini aniqlash so’rovnomasi o’tkazilganda, bolalarning 8,7 % sintezatorlik, 8,7 % idealistlik, 8,7 % pragmatiklik, 56,5 % analitiklik, 17,4 % da realistlik uslubining ustunligi aniqlandi. Bolalarning axborotlarni qabul qilishlari bilan tafakkur uslublari o’rtasidagi korelyatsion koeffitsenti Pirson formulasi orqali o’rganilganda, anlitiklik uslubi bilan bilish jarayonlarini rivojlanish ko’rsatkichlari o’rtasida ijobiy aloqalar borligi aniqlangan. Axborotlarni qayta ishlab chiqish tezligini an’anaviy taxistostopik usul va ko’z harakatini o’lchash zamonaviy muolajasi yordamida aniqlash mumkin. Taxistaskopik tajaribalarda insonlarda bir xil sharoit va bir xil vaqt ichida axborot qabul qilish va qayta ishlash qobiliyati har xilligi kuzatilgan. Axborotni qayta ishlash tezligi va sifatini o’rganishning ikkinchi metodik uslubi bu ob’ektlarni ko’rib chiqish va matnlarni o’qish paytida amalga oshiriladigan ko’z harakatlarni o’lchash va belgilab qo’yishdir. Axborotlarni qabul qilish qayd etish paytida sodir bo’ladi. Shuning uchun fiksatsiyalar davomiyligini o’lchash axborot qabul qilishga qancha vaqt kechishini aniqlashga imkon beradi. Ma’lumki, jismni ko’rgazmali tahlil qilish kuzatuvchining bilimi, tajribasi va kuzatishlariga bog’liq. Rus psixologlari tomonidan kuchli va kuchsiz asab tizimiga ega bo’lgan bolalarni o’yin faoliyatida kuzatilganda nigohni fiksatsiya qilish davomiyligi va qaror qabul qilishdagi vaqtda farq borligini aniqlaganlar. Kuchsiz asab tizimiga ega bo’lgan bolalar kuchlilariga qaraganda nigohlarini tez va uzoq to’xtatib turishgan, qarorni sekinroq qabul qilishgan, raqiblarining figuralariga emas, o’z figuralariga ko’proq e’tibor berishgan. Kuchli asab tizimiga ega bo’lgan bolalar bir fiksatsiyada juda ko’p axborot qabul qilishgan, o’yinning keyingi holatiga ahamiyat berishgan.




    1. Yüklə 60,14 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə