Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

I.Karimov (ma’ruzadan) 


va nihoyat, banklarning kredit operatsiyalaridan oladigan daromadlari oshishiga olib 
keladi. 
2010 йилда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик 
корхоналарига кредит ресурслари ажратиш 
миқдорининг ўсиши, баробар
1,3
1,4
1,25
1,3
1,35
1,4
1,45
Микрокредитлар ҳажми
Кредит ресурслари ажратиш
миқдори
 
2010 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2009 yildagiga nisbatan 1,4 barobar ko‘proq kredit 
resurslarini ajratish ustuvor yo‘nalish qilib belgilandi. Shu bilan birga, 
mikrokreditlarning darajasi esa 1,3 barobarga o‘sishi kutilmoqda. 
So‘nggi yillarda mamlakatimiz tijorat banklari hamda yangi tashkil topayotgan 
kredit institutlari o‘rtasida teng va beg‘araz raqobat vujudga kelmoqda. Bu esa tijorat 
banklari boshqaruv strategiyasining to‘g‘ri tanlanganligi, aktivlarning ishonchli 
joylashtirilganligi, majburiyatlarni bajarish va likvidlilikni ta’minlashda ijobiy 
natijalarga erishish zarurligi hamda shu asosda yuqori daromadga erishish 
mumkinligidan darak bermoqda. 
1.2.Bank kapitalining mohiyati va funksiyalari

Bank faoliyatidagi eng muhim muammolardan bir yetarli darajadagi bank kapitali 
miqdorini ta’minlashdir. «Kapital» termini bankirlar uchun alohida ahamiyatga ega. Bu 
tushuncha birinchi navbatda bank egalari tomonidan kiritilgan va aksiyadorlik 
kapitalida joylashtirilgan mablag‘lar hamda taqsimlanmagan foydaga tegishlidir. 
Banklarga bo‘lgan ishonchni ta’minlab beruvchi tashkil qiluvchilardan biri – bank 
kapitalidir. Shu sababli bank kapitalining miqdori va sifati masalasi banklar uchun katta 
ahamiyat kasb etadi.
Bank kapitalining asosiy funksiyalari
. Bank kapitalining iqtisodiy mohiyatini 
ochish uchun birinchi navbatda uning funksiyalariga murojaat qilish zarurdir. Tijorat 
bankining kapitali har kunlik va uzoq muddatli faoliyatini ta’minlashda bir necha 
muhim funksiyalarni bajaradi. Bank kapitalining asosiy funksiyalari quyidagilardan 
iborat: 
1. Kapital bankni «qora kunlar» dan saqlash uchun xizmat qiladi
, ya’ni to bank 
rahbariyati tomonidan yuzaga kelgan muammolar hal etulgunga qadar, joriy 
harajatlarni qoplaydi. 
2. Kapital, boshqa mablag‘lar jalb qilingunga qadar, bank faoliyatini boshlash 
uchun tashkiliy ishlarni yo‘lga qo‘yishni moliyalashtiradi,
ya’ni bank uchun yer 


olishga, binolarni qurish yoki ijaraga olish, jihozlarni o‘rnatish va xizmatchilarni 
yollash uchun xizmat qiladi. 
3. Kapital mijozlarning bankga bo‘lgan ishonchini oshiradi, qo‘llab – quvvatlaydi 
va kreditorlarni bankning moliyaviy qudratiga ishonishga undaydi
. Bank kapitali 
shunday darajada bo‘lishi kerakki, uning hajmi, hattoki mamlakatda moliyaviy inqiroz 
yuz bergan taqdirda ham, mijozlarning bank xizmatlariga bo‘lgan talabini qondira olishi 
lozim.
4. Kapital bankning tashkiliy jihatdan kengayishini hamda yangi xizmat turlari, 
dasturlar va jihozlarni faoliyatga tadbiq etishni moliyaviy jihatdan ta’minlaydi.
Bank 
rivojlanish davrida yangi xizmatlarni ko‘rsatish va yangi binolarni qurish bilan bog‘liq 
bo‘lgan harajatlarni qoplashi hamda risklardan himoyalanishi uchun qo‘shimcha 
kapitalga ehtiyoj sezadi. Qo‘shimcha kapitalning jalb qilinishi bankga bozordagi ish 
ko‘lamini kengaytirish va mijozlarni xizmatlar bilan ta’minlashi uchun zarur bo‘lgan 
yangi filiallar va minibanklarni tashkil qilish, ularni yangi binolarga joylashtirish 
imkoniyatini yaratadi. Konyukturaviy o‘zgarishlardan ortda qolgan va uni inobatga 
olaolmagan bank raqobat kurashida yutqazadi. 
5. Bank kapitali bankning perspektiv kelajagini bir maromga solib turuvchi 
regulyator hisoblanadi
. Chunki bank faoliyatini tartibga solib turuvchi institutlar ham
moliya bozori ham - bankning kreditlari va boshqa risk darajasi yuqori bo‘lgan 
aktivlarining o‘sish sur’ati darajasi bilan kapital hajmi o‘sish sur’ati bir maromda 
bo‘lishi talab qiladi. Tez sur’atlar bilan o‘sayotgan bank, ya’ni kredit va depozitlarining
summasi jadallik bilan oshib borayotgan bank, tartibga soluvchi organlar va moliya 
bozoridan tashvish signallarini olishni boshlaydi. Ushbu signallar bank o‘z o‘sish sur’ati 
bilan qo‘shimcha kapitalni jalb etish sur’atini moslashtirish kerakligini bildiradi. 
Tegishli nazorat organlari tomonidan kapital holatining tartibga solinishi bank duch 
kelishi mumkin bo‘lgan risklardan himoya qilishning (o‘z navbatida mijozlarning 
bankga bo‘lgan ishonchini va omonatlarni sug‘urtalash davlatni tizimini yirik 
yo‘qotishlardan saqlab qolishning) muhim instrumentlaridan biridir.
Bank faoliyatida kapital shuningdek, risklarning oldini olish va uni boshqarish 
vositasi sifatida qo‘llaniladi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə