Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

I.Karimov (ma’ruzadan) 


- bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab, qaytadan 
bozor bahosida sotish va h.k. 
Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligini va ta’sirchanligini ta’minlash 
maqsadida tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik va 
texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, zarur 
bo‘lganda korxonani to‘liq rekonstruksiya qilish orqali faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish, 
strategik hamkorlik va investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab 
chiqish belgilangan. 
Tijorat banklarining likvidligini tartibga solgan holda, 2009 yilda belgilangan 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, shuningdek, milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlash maqsadida Markaziy bank tasarrufida bo‘lgan barcha bozor dastaklarini 
qo‘llash ko‘lamini kengaytirdi. 
Bank tizimi likvidligini tartibga solish dastagi sifatida 2009 yil davomida Markaziy 
bank tomonidan muntazam ravishda keng qo‘llanildi. Shuningdek, Moliya vazirligi 
tomonidan muomalaga chiqarilgan Davlat o‘rta muddatli obligatsiyalari va Markaziy 
bankning obligatsiyalari bilan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda oldi-sotdi 
operatsiyalari amalga oshirilib borildi. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda Markaziy bank boshqaruvi asosida bank 
tizimida bir qancha amaliy ishlar olib borildi.
Banklar kapitallashuv darajasi va likvidligining oshishi pirovardida ular moliyaviy 
barqarorligining ta’minlanishiga, shuningdek, keng ko‘lamli islohotlarni amalga 
oshirishda banklarning investitsiya kreditlari orqali ishtirokini faollashtirishga xizmat 
qiluvchi barqaror resurs bazasining shakllanishiga zamin yaratadi.
O‘zsanoatqurilishbank, Mikrokreditbank, Xalq banki, Agro bank, Asaka banki va 
Qishloq qurilish banki ustav kapitallariga davlat mablag‘lari yo‘naltirildi. Natijada 2009 
yilning o‘zida tijorat banklarining nizom kapitali 43 foizga oshdi va bu o‘z navbatida 
bank kapitallarini xalqaro tartibga solishining Bazel-2 standartlari bo‘yicha begilangan 
me’yordan banklarimizning kapitallarini yetarlilik darajasi 3 martadan ko‘proqni tashkil 
qildi. So‘nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar ko‘paydi va 
bugungi kunda 3 trln. so‘mdan oshib ketdi. 
Investitsiyalashning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash, shuningdek 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tijorat 
banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish maqsad qilib qo‘yilgan edi. Bu 
borada, 2009 yil davomida tijorat banklari tomonidan jami 489,2 mlrd. so‘mlik 13 ta 
qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2008 yilga nisbatan 
212,8 mlrd. so‘m yoki deyarli 77 foizga oshgan. Garchi aksiyalar emissiyasi soni 21 
tadan 13 taga kamaygan bo‘lsada, umumiy emissiyalar hajmining oshishi hisobiga 
o‘rtacha emissiya hajmi 13,2 mlrd. so‘mdan 37,6 mlrd. so‘mga o‘sdi. 
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari uchun 2009 yil o‘ziga xos islohotlar va 
o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Bunda respublika tijorat banklarining barqarorligini 
ta’minlash va moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish borasida mamlakatimiz 
Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan 
Inqirozga qarshi choralar Davlat dasturi muhim ahamiyat kasb etdi. 



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə