Mavzu: Inflatsiyaga qarshi siyosat. Reja: Kirish Inflatsiya haqida nazariy tushuncha



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#145781
1   2   3   4   5   6   7   8
Inflyasiyaga qarshi siyosat.

Ikkinchi sababiasossiz ravishda ish haqi va boshqa to‘lovlarning 
oshirilishi, ushbu to‘lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida qo‘zda tutilmagan bo‘lsa, muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va Inflatsiya darajasi ortib boradi. 
Uchinchi sababi.mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport 
qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning 
chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo‘yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro 
salbiylashib, Inflatsiya darajasi ortib boradi.
Yuqorida ta’kidlangan Inflatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar faqat 
bizning davrimizgagina xos bo‘lgan holat bo‘lmasdan, ushbu holatlar turlicha 
ko‘rinishda uzoq tarixda ham mavjud bo‘lgan.


4. Inflatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va Inflatsiyaga qarshi siyosat
Inflatsiyaga qarshi siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. 
Inflatsiyaga qarshi siyosati Inflatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni 
tugatishga qaratilgan faol va Inflatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin. Inflatsiyaga qarshi siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi: --1.yalpi talabni tartibga solish
2.yalpi taklifni tartibga solish. 
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat 
buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi 
taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va,ishsizlikni kamaytiradi. Ammo bunday Inflatsiyaga qarshi siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
Inflatsiyaga qarshi siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik keynschilarning Inflatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir 
qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilInflatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.
Monetaristlar Inflatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va 
Inflatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarishkeskin pasayishi va,bandlilik qisqarishi mumkin. Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib daromadlarning va narxlarning nominal darajalarini o’zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli, u qisqa 
muddatda samara berishi zarur. 
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan Inflatsiyaga qarshi siyosatining yana bir ko’rinishi - Inflatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( 
graduallash ) usulidir. Bu usulda Inflatsiya sur’atlari pul massasini ko’p 
marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli Inflatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi. Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish sur’ati 20,30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi. 
Inflatsiyaga qarshi siyosatining monetar usullargamuqobil bo’lgan variantlaridan biri narxlar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o’sishi va narxlarning o’sishi ni muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko’zda tutadi.
Daromadlar va narxlarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan narxlar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi. 
Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’ri 
soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning rag’batlantirish funktsiyalarini kuchaytirish, davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham Inflatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi. 
Inflatsiyaga qarshi siyosatining u yoki bu turini tanlash Inflatsiya jarayonlarining xususiyatiga,bog’liq.
Inflatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
- samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini; 
- pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini; 
- “Inflatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.

Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə