Mavzu: Inflatsiyaga qarshi siyosat. Reja: Kirish Inflatsiya haqida nazariy tushuncha



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə5/8
tarix11.12.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#145781
1   2   3   4   5   6   7   8
Inflyasiyaga qarshi siyosat.

3. Inflatsiya sabablari
Inflatsiya XVIII asrning o’rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko’p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflatsiya (lotincha «inflation» so’zidan olingan va shishish, ko’pchish, ko’tarilish ma’nosini anglatadi) o’z mohiyagiga asosan pulning kadrsizlanishi, 
tovar va xizmatlarga bo’lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonanglatadi. Shuni ta’kddlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi Inflatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham
yuzaga chiqishi mumkin. Hozirgi zamon inflatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlara bo’lgan baholarni muntazam o’sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya xamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilantasniflanadi. Inflatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo’lib, iqtisodiyot tarmoklari, jamg’arma va iste’mol, talab va taklif, daalat daromadlari va xarajatlari, xo’jaliklarning pul massasi va unga bo’lgan talabi o’rtasidagimutanosibli hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o’tgan omillar o’z mohiyatiga asosan Inflatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda ikgisodchi olimlar Inflatsiyaning yuzaga chiqadign omillar asosan ikki guruxga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar.
1. Ichki omillarni mohiyagiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga 
ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning 
taqchilligini mavjudligi. davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit 
dastaklarining aylanishini ko’payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar 
kiradi. Pulsiz omillarga milliy ikgisodiyog tarmoklari o’rtasidagi nomutanosiblik, 
tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx 
shakllantirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin; 
2. Tashqi omillar o’z mohiyatiga asosan biron anik davlat rivojlanishiga ta’sir 
etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks ettiradi. Ushbu omilga 
dunyo mamlakatlarida yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-
ashyo, ensrgtetika, neft, valyuta inkirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omilni tashkari bironbir davlatning boshka davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat
miqyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga 
oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada Inflatsiyani yuzaga
chiqish shakllarini taxlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko’rinib turibdiki, Inflatsiya asosan uch yo’nalishda yuzaga chikadi. Birinchi yo’nalishda maxsulotlar, ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narxlarni asossiz ravishda o’sib ketishi tufayli pul qadrsizlana bopshaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid kilish kobiliyagi tushib ketadi. Ikkinchi yo’nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutaning kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar vaaholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki vaboshqalarni) jamg’ara boshlaydi. Uchinchi yo’nalishda oltinga bo’lgan milliy 
pul birligida ifodalangan narx ko’tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholi o’rtasida,oltinning to’planib kolishi amalgaoshadi. Odatda Inflatsiyani ikki xilgatalab Inflatsiyasi va taklif Inflatsiyasiga ajratiladi. Talab Inflatsiyasi - bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar narxining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab Inflatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «xaddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab Inflatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, Inflatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, narx, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq. Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, narx darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Narx o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas narxda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zikifoya hamda qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q. 
Bundan tashqari, narx ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payibketadi, natijada narx yana osha boshlaydi.
Xalqaro amaliyotda Inflatsiyaning narxlarini o’sishi, yani pullarning miq-dori o’sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi: 
1. Sokin Inflatsiya. Ushbu Inflatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 
mavjud bo’lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladian xizmatlarga bo’lgan narxnavolar yiliga o’rtacha 3% dan 10% gacha oshishi 
mumkii. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saklanib turadi va milliy pulbirligining xarid qilish qobiliyati saklanib turadi. 
2. Shiddatli Inflatsiya. Ushbu Inflatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan 
mamlakatlarda mavjud bo’lib, ushbu xolatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx- iavolar yiliga o’rtacha 10% dan 100% gacha ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida 
muomaladagi pul massasi ko’payadi va milliy pul birliginnng xarid qilish 
kobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o’rtasida milliy pul birligini jamg’arishi 
emas, balki oltin, ko’chmas mulk holatida jamg’arishi jarayoni kuchayadi. 
3. Jilovlanmagan (giperInflatsiya) Inflatsiya. Ushbu Inflatsiya holatida 
mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx-
navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortik darajada oshadi. Ushbuxolatda milliy ikgisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlabchiqarish va bozor boshkaruvsiz faoliyat ko’rsatadiki, narx va ish haki o’rtasidagi 
farq ortadi. Mamlakat aholisi qo’lidagi kogoz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilanta’minlanmagan ortiqcha qogozpullarii to’libtoshishigaolib ksladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, Inflatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo’lib o’zaro mahkam bog’langan bo’ladi va narxining ko’tarilib borishi bilangiia namoyon bo’lib qolmaydi, balki narxni boshqarilishiga ham bogliq bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda Inflatsiya muammosi mavjud bo‘lmagan. Metall pullar o‘rnini qog‘oz va tanga pullar egallagandan so‘ng iqtisodiyotda Inflatsiya bilan bog‘liq ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. Chunki, qog‘oz va tanga pullar o‘zida haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush metallar hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi. 
Inflatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi
shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar hamsabab bo‘ladi. 
Inflatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet 
taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, 
iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat 
pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining 
eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi vasifatining pastligi, byudjet – soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo‘ladi. 
Inflatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib o‘ta 
boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga aylanib boradi. Muomala jarayoni ko‘p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki bosqichlarda uning ishtirokchilariga ma’lum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi, lekin Inflatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflatsiya mexanizmi o‘z – o‘zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qamrab oladi, uning ta’sirida jamg‘armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi.
Inflatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab mamlakatda bozor 
mexanizmlarining to‘liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va 
xarajatlari ustidan monopol tartibini joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat 
byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo‘lgan xarajatlar, ya’ni byudjet taqchilligi muomalaga qo‘shimcha pullar chiqarish yo‘li bilan qoplanadi. Byudjet 
taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy 
qiymatliklari bilan ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda Inflatsiya 
darajasining ortishiga olib keladi.

Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə