Mavzu: Inflatsiyaga qarshi siyosat. Reja: Kirish Inflatsiya haqida nazariy tushuncha



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#145781
  1   2   3   4   5   6   7   8
Inflyasiyaga qarshi siyosat.


Mavzu: Inflatsiyaga qarshi siyosat.
Reja:
Kirish
1. Inflatsiya haqida nazariy tushuncha
2. Inflatsiyaning turlari va uning kelib chiqish sabablari
3. Inflatsiya sabablari
4. Inflatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va Inflatsiyaga qarshi siyosat
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Inflatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial vaiqtisodiyjihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlatInflatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlabchiqadi. Inflatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: Inflatsiyaga qarshi siyosat vapul islohoti hisoblanadi. Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi vaharajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan.
Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasiqonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pulreformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. Chunki inflatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bulmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir.
Inflatsiya so`zining iqtisodiy ma’nosi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish dеgan ma'noni anglatadi. Oxirgi yillarda inflatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo’lib sifati ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi Inflatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi. Inflatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli sohalari o’rtasida vujudga kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamg’arma va istе'mol o’rtasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir. Inflatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Inflatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati va xo’jalik faoliyati bilan bog’lik turlariga bo’linadi. Inflatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom-ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin-valyuta zahiralari bilan bo’ladigan noqonuniy opеratsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin.

Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə