|
Mavzu: ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari§ 3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarni soglom turmush tarziga tayyorlash
|
səhifə | 4/5 | tarix | 19.05.2023 | ölçüsü | 171,5 Kb. | | #111317 |
| MTT da ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat talablari asosida maktabga t4 § 3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarni soglom turmush tarziga tayyorlash
3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarni jismoniy tarbiyalashning yosh tavsifi va vazifalari. Bu yosh davrida bola organizmida kata ozgarishlar sodir boladi. 7 yoshga borganda bolaning boyi ortacha 120 sm gacha osadi. Organ va tizimlarda morfologik va funksional ozgarishlar boladi. Umurtqaning egiluvchanligi ortadi, muskullarning kuch darajasi kuchayadi, opkaning xajmi osadi. Nafas olish chuqurroq va uzoqroq boladi. Ovqat xazm qilish apparati barqaror ishlaydi.
Bolalarning shu davrdagi jismoni va ruhiy rivojlanishi xususiyatlari munosabati bilan quyidagi oziga xos vazifalar ortaga qoyiladi:
tolaqonli uygun jismoniy rivojlanishi yurak tomir va nafas olish tizimini mashq qildirish qaddi qomat va oyoqni shakllantirish;
organizimni chiniqtirish;
barcha asosiy harakatlarni, sport mashqlarini bajarish konikmalarini tarbiyalash;
jismoniy qobiliyatlar, sifatlarni rivojlantirish;
ozodalik, tartiblilik odatlarini tarbiyalash.
Turli vositalardan kompleks foydalanganda bu vazifalarning barchasi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarning rejimi. (Kun tartibi) 3 yoshdan 5 yoshgacha bolgan bolalarning uyqusi 12-13 soat (shundan 1,5-2 soati kunduzgi), 5 1shdan 7 yoshgacha bolgan bolalarda 11-12 soat davom etadi.
Oyinlar uchun salkam 4 soat, harakat faoliyati uchun (turli shakllarda) qariyb 5 soat, kunduzgi uyquga 1 soatu 5 minutgacha ajratish zarur.Bolalarning aktiv faoliyati oyin, oquv, mehnat va turmush faoliyati kun mobaynida bir necha bor ozgaradi.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar 8 minutga yaqin aqlli faoliyat bilan faol shugullanishlari mumkin, katta maktabgacha yoshdagi bolalar esa anna shunday faoliyat bilan 12-14 minut shugullana oladilar. SHundan keyin ularning diqqati susayadi. Agar mashgulotlar orasida va mashgulotning ozida harakatli mashqlar (jismoniy tarbiya daqiqalari, jismoniy tarbiya tanaffuslaridan) foydalanilsa, bolalarning imkoniyatlari birmuncha kopayadi.
Bolalar bogchasi kun tartibida xilma-xil oyinlarga alohida orin beriladi. Vaqtdan tolaqonli foydalanish uchun tarbiyachi oyinchoqlar va qollanmalarni oldindan tanlab qoyishi, bolalarni bajarish konikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun kengsh imkoniyatlar beradi. Sayr chogida, tabiat va ijtimoiy hodisalar kuzatiladi, bolalarning mehnat va oyin faoliyati, sport mashqlari uyushtiriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarning ovqatlanishi. Maktabgacha talim muassasalarida butun ovqatlanishni tashkil etish bolalarda taomni eyishga ijobiy munosabatni yaratishga qaratilgan bolishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5-4 soat oraligida bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi korinishga ega bolgan taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun zarur bolgan hamma narsa oldindan tayyorlab qoyiladi, chunki kutish ishtahani pasaytiradi, asab tizimini qozgatadi. Stolni enaganning ozi bezaydi, orta guruhdan boshlab esa bu ishda navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar. Navbatchilikning tartibi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi tomonidan puxta oylanadi va bolalar aniq ketma-ketlikda tushuntiriladi. Normal ovqatlanish jarayoni uchun osoyishta vaziyat kata ahamiyatga ega.
3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarda madaniy-gigienik konikmalarni tarbiyalash. Butun maktabgacha yosh davomida madaniy-gigienik konikmalarni shakllantirish yuzasidan kata ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini rivojlantirishdagi, fikrlashdagi roy bergan kata siljishlar bolalarning oziga-ozi xizmat qilishi, navbatchilik, jamoadagi muloqot davrida zarur bolgan xilma-xil harakatlarni uddalashi uchun imkon beradi.
4 yoshga qadam qoygan bolalar qollarini togri yuvishni (qollarni bir-biriga ishqab sovun surish, sovunni yuvib tashlash va har bir barmoqni artish) ni, tish yuvishni (dastlab oddiy xol chotka bilan, 4 yoshdan boshlab poroshok bilan), ovqatdan keyin ogizni chayqashni, dastromolchadan foydalanishni, stol atrofida ozini madaniy tutish qoidalariga rioya etishni (qoshiqdan, sanchqidan foydalanishni, ovqatni tokmaslikni) bilishi kerak. Bolalar oyinchoqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bolishni, ozodalik va tartib saqlashni organadilar.
5 yoshga qadam qoygan bolalar ancha mustaqil bolib qoladilar, ular endi sovun bilan yuzlarini, boyinlarini, quloqlarini yuva oladilar, ancha puxtalik bilan kiyina oladilar, har bir harakatni bajarish tartibini biladilar, bir-birlarining tashqi korinishlaridagi yoki atrofdagi nuqsonlarni seza boshlaydilar.
6-7 yoshli bolalar oziga ozi xizmat korsatishga doir barcha harakatlarni ancha tezroq va aniqroq bajara oladilar. Ular tez, toza, kiyimlarini, polni hol qilmasdan yuvina olishlari, puxta va tez kiyina olishlari, oz tashqi korinishlarini kuzatib borishlari kerak. Ovqatlanish konikmalariga katta talablar qoyiladi: bolalar sanchqi, pichoqdan togri foydalanadilar, tartibli ovqat eydilar. Oyin burchaklarini yigishtirish, navbatchilik turlari majburiyatlari va konikmalari doirasi kengayadi, navbatchilarning vazifalari murakkablashadi.
Madaniy gigienik konikmalarni muntazam mustahkamlab borish kerak. Tarbiyaviy ishlar tizimining ozgarishi, malakalarni shakllantirish va ulardan foydalanishga etiborning yoqligi ularning tezda yoqolishiga olib kelishi mumkin.
3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalar uchun jismoniy mashqlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda jismoniy mashqlar katta orin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bolgan davrda bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil ravishda asosiy harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xilma-xil harakatli oyinlarni oynashni organgan bolishlari kerak. Bu keng dastur ishning xilma-xil vositalari va shakllaridan foydalangandagina bajarilishi mumkin.
Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni bajaradilar: ertalab gigienik gimnastika shaklida; haftasiga ikki marta jismoniy tarbiya mashgulotlari tarzida bajaradilar, ularga turli xildagi saf tortishlar, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, harakatli oyinlar kiradi. Orta va katta yoshdagi bolalar bilan otirib bajariladigan mashqlardan jismoniy tarbiya daqiqalari, mashgulotlar orasida jismoniy tarbiya tanaffuslari otkaziladi. Sayr chogida sport mashqlari, harakatli oyinlar uyushtiriladi, bolalarning kichik guruhlari bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan keyin saf tortishlar, qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar bajarilib, ular chiniqtirish tadbirlari bilan qoshib otkaziladi. Sayr chogida va xonada bolalarning turli qollanmalar va motorli oyinchoqlar bilan mustaqil oyinlari uyushtiriladi.
Maktabgacha talim bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi oziga xos vositalaridan foydalaniladi: 1) harakatli oyinlar otkazilib, ularga eng kop orin beriladi; 2) asosiy gimnastika (asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saf tortish mashqlari); 3) sport mashqlari (konkida uchish, changida yurish, suzish, velosipeda uchish); 4) bolalar turizmi. Korsatilgan vositalardan uygun birlikda foydalanish har tomonlama jismoniy rivojlanishni taminlaydi.
Test
1.Sensor tarbiya bu …?
A) Yirik va mayda matorikani rivojlantirish.
B) Ta’lim tarbiya prinsplari.
C) Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirish.
2. MTTda pedagogik jarayonni tashkil etish tamoillarini ko’rsating.
A) MTTda ta’lim-tarbiya metodlari.
B) MTT va oila hamkorligi.
C) MTTda guruhlarda olib boriladigan mashg’ulotlar, moddiy-texnik baza, bolalarning ijtimoiylashuvi.
3. Maktabgacha yosh bolalar kompetensiyasi bu ….
A) Ta’lim-tarbiya jarayoni.
B) Bolaning bilim, malaka va ko’nikmasini shakllantirish.
C) Jamoa va shaxs.
4. «Tarbiya bizlar uchun yo hayot — yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir» so’zlari kimga tegishli?
Abdulla Avloniy
Abu Nasr Farobiy
Kaykovus
5. Sensor tarbiya usullarini ko’rsating.
A) Kuzatish, tekshirish.
B) Ta’lim-tarbiya berish.
C) Jamoaviy ishlash jarayonlari.
6. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida” gi qonun qachon qabul qilingan.
A) 2018 yil 1 may B) 2019 22 oktyabr
C) 2019 yil 22 may
7. Buyuk pedagog, mutaffakkir, olimlarni ko’rsating.
A) A.Navoiy, Ya.A.Komenskiy, A.Avloniy
B) M.Qoshg’ariy, Abu Rayhon Beruniy, A.Jomiy
C) Barcha javoblar to’g’ri.
8. Millatni buyuk qiladigan kuch - …….
A) Ta’lim va tarbiyadir. B) Ijtimoiy muhofazadir.
C) Mahalla millat poydevoridir.
9. “MEN” konsepsiyasi mazmunan…..
Atrof, olamni sezgi organlari orqali idrok etishni tarbiyalash.
Kommunikativ, o’yin, ijtimoiy bilish kompetensiyalari.
Bolani o’zi haqidagi anglagan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatining bir qismi.
10. MTTlarda me’yoriy hujjatlar?
A) Prezident farmon va farmoyishlari, Vazirlik hujjatlari va buyruqlari, MTT ish rejasi, MTT hodimlari ish hujjatlari.
B) MTT hodimlari me’yoriy hujjatlari, yo’qlama daftarlar, bola xaritasi, “Ilk qadam” dasturi.
C) Barcha javoblar to’g’ri.
Dostları ilə paylaş: |
|
|