|
Mavzu: ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari§ Ilk yoshdagi bolalarni soglom turmush tarziga tayyorlash
|
səhifə | 3/5 | tarix | 19.05.2023 | ölçüsü | 171,5 Kb. | | #111317 |
| MTT da ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni davlat talablari asosida maktabga t§ Ilk yoshdagi bolalarni soglom turmush tarziga tayyorlash
Uch yoshgacha bolgan bolalarni jismoniy tarbiyalashning yosh tavsifi va vazifalari. Ilk yoshdan bola organizmida jiddiy ozgarishlar yuz beradi. Skiletning togay toqimasida suyak toqimasi paydo bola boshlaydi muskul va paylar zaif boladi, lekin ularning qisqarish xususiyatlari yaxshilanadi. Bolaning vazni ortib boradi, uning asab tizimi rivojlanadi, miyaning tez osishi va analizatorlarning rivojlanishi kuzatiladi.
Ilk yoshdagi bolalarning kun tartibi. Ilk yoshdagi tartib bolaning togri rivojlanishi va tarbiyalanishining asosidir. Ilk yoshdagi bolalar uchun uxlash va bedor yurish qonuniyatlariga bogliq ravishda tabaqalashtirilgan yosh rejimlari ishlab chiqilgan. Ilk yoshdagi bolalarning birinchi guruhida uchta kichik yosh guruhi uchun tabaqalashtirilgan tartib tashkil etiladi:
2,5-3 oydan 5-6 oygacha; 5-6 oydan 9-10 oygacha; 9-10 oydan 1 yoshgacha.
1 yoshdan 2 yoshgacha bolgan bolalar guruhida 2 ta rejim mavjud. 1,5 yoshgacha bolgan bolalar 2 marta uxlaydilar 1,5 yoshdan keyin esa bolalar bir marta uxlashga otkaziladi.
3 yoshga qadam qoygan bolalar 1 ta rejimga otadilar.
Ilk yoshdagi bolalarni ovqatlantirish. Ilk yoshdagi bolalar har 3-3,5 soatda gigienik sharoitda, belgilangan vaqtda ovqatlantiriladi. 2 yoshga qadam qoygan bolalarni ovqatlantirishda ular kichik guruhlarga bolinadi. 3 yoshli bolalar esa ovqatlarni mustaqil va tartibli eyishga orgatib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalarda madaniy-gigienik konikmalarni tarbiyalash. Ilk yoshdagi bolalarda kiyinishga, yuvinishga, ovqatlanishga ijobiy munosabatlarni yaratish, oziga-ozi xizmat qilish konikmalarini mustaqil harakatlarni shakllantirishga tayyorgarlik bolib xizmat qiladi.
1,5-2 yoshli bola deyarli hamma kiyimlarini ozi echa oladi, taxlab qoyadi va kiyimlarini ayrimlarini kiya oladi. Bu yoshdagi bolalar ozlari yuvinadilar va artinadilar.
2-3 yoshli bolalar mustaqil ovqat eyishga kiyimlarini kiyib echishga organadilar.
Ilk yoshda jismoniy mashqlar va uqalash. Bola hayotining dastlabki yilida uqalash va gimnastika har kuni yakka tartibda otkaziladi.
2 yoshga qadam qoygan bolalar bilan mashgulotlar otkazayotganda yurishni, arqonga chiqishni, sakrashni, buyumni uloqtirishni, muvozanatni rivojlantirishga alohida etibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|