Mavzu: Excelda ma’lumotni statistik qayta ishlash va ularning diagrammasini qurish. Ishning maqsadi


Yacheyka menyusidagi «Формат ячеек…» bilan ishlash



Yüklə 114,65 Kb.
səhifə5/7
tarix30.12.2023
ölçüsü114,65 Kb.
#165836
1   2   3   4   5   6   7
MS Excel-laboratoriya

2. Yacheyka menyusidagi «Формат ячеек…» bilan ishlash.
Microsoft Excel elektron jadvalida biron yacheyka tanlangach, sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va «Формат ячеек…» bandi (yoki «Формат» menyusi «Ячейки…» bandi) tanlanadi. Unda quyidagi bo‘limlar hosil bo‘ladi:



«Число» bo‘limi orqali sonlarning yozilishini turli ko‘rinishlarini (umumiy, sonli, pulli, moliyaviy, sanali, vaqtli, foizli, kasrli, matnli va h.k.) tanlash mumkin.



«Выравнивание» bo‘limi orqali biron yacheykadagi ma’lumotni gorizontal (o‘nga, chapga, o‘rtaga) va vertikal (yuqori, pastki, o‘rtaga) bo‘yicha tartiblash, jadval kengligi bo‘yicha so‘zlarni joylashtirish, so‘zlar yo‘nalishini gradiusga qarab o‘zgartirish mumkin.

«Шрифт» bo‘limi orqali yozuvning shakli, o‘lchami, holati, rangi va boshqalarni o‘zgartirish mumkin.
«Граница» bo‘limi orqali yacheykaning chegaralarini o‘rnatish mumkin.
«Вид» bo‘limi orqali yacheykaga rang berish mumkin.
«Защита» bo‘limi orqali yecheykani himoyalash yoki formulalarni yashirin holatga o‘tkazish mumkin.
3. Excelda varaqlar va varaqlar menyusi bilan ishlash.
Microsoft Excel elektron jadvalida bitta faylda bir necha varaqlar (sahifalar) bo‘lishi mumkin. Har bir varaq (sahifa)ning xususiyatlari mavjud. Buning uchun kerakli varaq (sahifa) tanlanib, o‘ng tugma bosiladi va quyidagilarni bajarish mumkin.

«Добавить…» – qo‘shimcha varaq (sahifa) qo‘shish.
«Удалить» – keraksiz varaq (sahifa)ni o‘chirish (olib tashlash).
«Переименовать» – varaq (sahifa)ni nomlash.
«Переместить/скопировать…» – biror varaq (sahifa)dan nusxa olgan holda, kerakli varaqlar oralig‘iga joylashtirish (nusxa olib, joylashtirish uchun “Создавать копию” oynasiga belgi(ptichka) qo‘yish kerak).
«Выделить все листы» – hamma varaq (sahifa)larni belgilash.
«Цвет ярлычка…» – kerakli varaq (sahifa)ning belgisiga rang berish.


4. Microsoft Excel elektron jadvali «Вставка» menyusi:
1. Ячейки . . . - Jadvalga yangi kataklar, kator yoki ustun qo‘shish.
2. Строка - Jadvalga yangi kator qo‘shish.
3. Столбец - Jadvalga yangi ustun qo‘shish.
4. Лист - Jadvalga yangi ishchi saxifasi qo‘shish.
5. Диаграмма - Mavjud saxifada yoki yangi ishchi saxifasida diagramma hosil qilish.
6. Макрос - Bu bo‘limning Модуль komandasi Visual Basic tilidagi dasturdan iborat yangi Модуль saxifasini, Диалоговое окно komandasi ish kitobida dialog oynasini yaratadi.
7. Разрыв страницы - Fayl bosmaga chiqarilishida dastur tomonidan avtomatik tarzda sa-xifalarga ajratiladi. Bu buyruq saxifani ko‘rsatilgan joydan majburiy ravishda bo‘ladi.
8. Функция . . . - Funksiya yaratishda funksiya ustasining dialog oynasini ekranga chiqadi.
9. Имя -Bu bo‘lim komandalari xonalarni nomlash.
10. Примечание . . . - Bu komanda yordamida kataklar uchun izox yaratiladi.
11. Рисунок... - Bu buyruq yordamida ish kitobiga alohida fayllarda saqlanuvchi rasmlar qo‘yiladi.
12. Карта . . . - Ish kitobiga geografik kartani kuyadi.
13. Объект . . . - Bu komanda umumlashgan komanda bulib, u aloxida fayllarda saklanuvchi rasm, karta va boshqa bir kancha murakkab obyektlarni ish kitobiga kuyishga xizmat qiladi.

Yüklə 114,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə