Mavzu: Excelda ma’lumotni statistik qayta ishlash va ularning diagrammasini qurish. Ishning maqsadi



Yüklə 114,65 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü114,65 Kb.
#165836
1   2   3   4   5   6   7
MS Excel-laboratoriya


Nazariy ma’lumotlar:


Ma’lumotlarni komputerda jadval ko‘rinishida tasvirlash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, hisobkitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar yaratilgan bo‘lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb yuritiladi. Hozirgi baqtda soliq va bank tizimida, sanoat korxonalarida, buxgalteriya va tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadvallardan keng foydalaniladi. Windows boshqaruvida ishlaydigan va MS Office paketi tarkibiga kiruvchi ana shunday amaliy dasturlardan biri Microsoft Exceldir.
Excelda tayyorlangan har bir hujjat biror nom bilan komputer xotirasida fayl ko‘rinishida saqlanadi va bu faylning kengaytmasi xls kabi bo‘ladi (masalan, vedomost.xls). Excel atamasida bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish maydoni  bu “Ish kitobi” bo‘lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan tashkil topgan.
Xususan, MS Excel 2000 elektron jadvali 65536 ta satr (row) va 256 ta ustundan iborat bo‘lib, bunda satrlar 1 dan 65536 gacha butun sonlar bilan, ustunlar esa lotin alifbosining A dan IV gacha (A, B, C, …, AA, AB, …, IU, IV ) bosh harflari bilan belgilangan Har bir satr va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi  yacheykalar (cell) joylashgan bo‘lib, har bir yacheykaga son, matn yoki formula ko‘rinishidagi ma’lumotlar kiritiladi. Kiritilayotgan ma’lumotlarga qarab, ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Jadvaldagi har bir yacheykaning o‘z nomi bor va u odatda adres deb yuritiladi. Adreslar o‘zaro kesishuvchi ustun belgisi va satr nomeri bilan aniqlanadi masalan, A1, B2, C24, AC18 va hk.
1. Jadvalning ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish.
Ustun kengligi: a) [Формат][Столбец][Ширина]. Hosil bo‘lgan maydonga ustun kengligi uchun 0 dan 255 gacha bo‘lgan sonlarni kiritish mumkin.
b) Masalan, A ustun kengligini kattalashtirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi A va B ustun boshqaruv tugmalari orasiga keltiriladi, ko‘rsatkich shaklga kelgach, sichqoncha chap tugmasini bosib, uni qo‘yib yubormasdan o‘ng yoki chap tomonga siljitish kerak.
c) Kontekst menyu orqali. Masalan, B ustun kengligini o‘zgartirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi B ustun boshqaruv tugmasi ustiga keltirilib, o‘ng tugmasi bosiladi. Hosil bo‘lgan kontekst menyudan Ширина столбца buyrug‘i tanlanadi.
Satr balandligini ham xuddi shu yuqorida ko‘rsatilgan uchta usuldan biri orqali o‘zgartirish mumkin.

Yüklə 114,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə