Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja



Yüklə 366,03 Kb.
səhifə12/14
tarix28.11.2023
ölçüsü366,03 Kb.
#134152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar

Vazirlar Mahkamasi. O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi.
Milliy davlatchilik an’analarini o’zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyatVazirlar Mahkamasi tuzildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O’zbeksiton Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Ministrlar Kengashi raisi kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezidentning taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari,
Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi Faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig’iga binoan xalqaro munosabatlarda O’zbeksiton Respublikasi nomidan ish ko’radi.
O’zbekiston Respublikasi vazirliklari

  1. Adliya vazirligi

  2. Ichki ishlar vazirligi

  3. Madaniyat va sport ishlari vazirligi

  4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

  5. Moliya vazirligi

  6. Mudofaa vazirligi

  7. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

  8. Sog’liqni saqlash vazirligi

  9. Tashqi ishlar vazirligi

  10. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

  11. Favqulodda vaziyatlar vazirligi

  12. Xalq ta’limi vazirligi

  13. Iqtisodiyot vazirligi

  14. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Yüklə 366,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə