Mavzu: Bunyodkor g’oyalar va ularning jamiyat hayotiga ijobiy ta’siri reja


Milliy g`oyaning bunyodkor g`oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi o`rni va ahamiyati



Yüklə 124,41 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü124,41 Kb.
#180772
1   2   3   4
QURBONOV AXLIYORBEK

Milliy g`oyaning bunyodkor g`oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi o`rni va ahamiyati

Bunyodkor g’oyalar insonni ezgulikka, millat va davlatlarni ozod va mustaqillikka, taraqqiyotga, jamiyatni farovonlikka yetaklaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bashariyatni jaholatdan ma’rifatga, zulmatdan ziyoga olib chiqadigan umuminsoniy g’oyalarni asoslash va amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini kashf etish uchun kishiliy tarixining turli davrlarida beqiyos aql-zakovat, iste’dod va tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko’ramiz. Zardo’sht, Suqrot, Aflotun, Arastu, Konfutsiy, Forobiy, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati bunga yorqin misol bo’la oladi.


Vayronkor g’oyalar inson va jamiyatni tubanlikka boshlaydigan, odamlarni g’arazli niyat va qabihlikka undaydigan, davlat va jamiyatni parokandalik va halokatga yetaklaydigan g’oyalardir. Prezident Islom Karimov afsus bilan ta’kidlab, «inson tabiatidagi insoniylikdan ko’ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni hatti-harakatlarini qo’zg’atib yuborish osonroq», deganida yovuz, buzg’unchi g’oyalarni nazarda tutgan edi.
SHovinizm, nigilizm, kosmopolitizm, bolьshevizm, fashizm, terrorizm, aqidaparastlik singari yovuz g’oyalar insoniyatga tahdid solib kelgan. Vatansizlik g’oyasi - kosmopolitizm, hech qanday qonun-qoidani tan olmay, barcha narsani inkor etishga da’vat etuvchi nigilizm, Frantsiyada imperator Napoleon Bonapart shaxsiga sig’inish natijasida paydo bo’lgan, biror shaxs yoki millatni boshqalardan ustun qo’yadigan shovinizm, zo’ravonlik vasvasasiga berilib, o’z ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirishni maqsad qilib qo’ygan buyuk davlatchilik, tajovuzkorlik, fashizm g’oyalari ham bashariyatning osoyishtaligiga rahna solib turgan yovuz g’oyalardir.
Buzg’unchi g’oyalar ko’pincha insoniyat beparvolikka berilib, bunyodkorlik harakatlari susaygan paytda xuruj qiladi, soxta shiorlarni niqob qilib, odamlarni chalg’itadi va hatto hukmron mavqega ham ega bo’ladi.
Beparvolik natijasi sifatida paydo bo’lgan, odamlarni o’lim bilan qo’rqitish, dahshatli talvasaga solishga urinadigan terrorizm hozirgi kunda xalqaro tus oldi va insoniyatga xavf solayotgan global muammoga aylandi. Terrorizmning jiddiy xavfi to’g’risida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993 yilda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib bong urgan paytda yetarlicha aks-sado bo’lganda edi, balki ko’plab ayanchli terroristik harakatlarning oldi olingan bo’lar edi.
Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud bo’lib, ulrning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga “Al-Qoida", “Musulmon birodarlar” “Hizbut-tahrir”,”al-Jihod al-Islomiy”, ”al-Takfir va-l-Hijra” (Misr),”Abu-Sayyof”(Filippin), ”Ozod Achex”, “Lashkari jihod” (Indoneziya), ”Qurolli islomiy harakat” (Jazoir) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin.
Turli mamlakatlarda yuz berib kelayotgan terrorchilik harakatlari, jumladan, 1999 yil 16 fevralda Toshkentda sodir etilgan voqealar mintaqa aholisi va butun bashariyat uchun chalingan jiddiy xavf xatar qo’ng’irog’i edi.
Yurtboshimiz o’z vaqtida BMT Bosh Assambleyasida jahon hamjamiyati diqqatini bu muammoga qaratib, kech bo’lmasdan xalqaro miqyosda ildiz otib borayotgan bu xavf-xatarni oldini olib, tag-tomiri bilan yuqotish maqsadida xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi kurash markazini tuzishga chorlagan edi, agar yetarlicha e’tibor berilganda edi bu qonli urushlarni oldini olgan bo’lar edi.
2001 yilning 11 sentyabrida AQSHda uch mingdan ortiq begunoh insonlar halok bo’ldi. Terrorizm butun insoniyatga qarshi qaratilgan, chidab bo’lmaydigan xatar manbaiga aylangani yana bir marta amalga o’z isbotini topdi.
_________________________
Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. -T.: “O’zbеkiston”, 1997

Afsuski, mudhish terrorchilik harakatlari O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi. 2004 yilning 29-30 mart va 1 aprel kunlari bunday harakatlar oqibatida 9 nafar ichki ishlar xodimi va 5 nafar fuqaro halok bo’ldi. Respublika Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasida mamlakatimiz rahbari «har tomonlama puxta tayyorlangan bu jinoiy harakatlarning ildizi mamlakatimiz tashqarisida joylashgan xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlariga bevosita borib tutashmoqda. Buni tasdiqlaydigan dalil-isbotlar yetarli»,1 deb ta’kidladi.


Albatta, g’animlarning niyati bitta - O’zbekistondagi osuda va farovon hayotni buzish, xalqimizni tanlagan yo’lidan qaytarish. Lekin ular shum niyatlariga erisha olmaydilar. Xalqimiz bunday sinovlarni boshidan kechirgan va mardona yengib o’tgan. Uning irodasini hech qanday yovuz kuch sindira olmaydi. Ayni chog’da «barchamiz bir tanu bir jon bo’lib, terrorizm va ekstremizm xavfiga qarshi qat’iyat bilan kurash olib borishimiz, «o’z uyingni o’zing asra» degan shiorning ma’nosini keng va chuqur anglab, go’zal va betakror Vatanimizning tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini ko’z qorachig’iday saqlashimiz zarur»2.
XIX asrda vujudga kelgan bolьshevizm g’oyasi sinfiy antoganizmga asoslangan hamda kommunistik mafkuraning ifodasi edi. Sinfiy kurash g’oyasiga asoslangan bu mafkura jamiyatni qarama-qarshi taraflarga bo’lib tashladi, ular o’rtasida fuqarolar urushi va qirg’in-barotga shart-sharoit yaratib berdi. Sinfiy mansubligi nuqtai nazaridan hatto o’g’il otaga, uka akaga, do’st birodariga qarshi qo’l ko’tardi. Natijada mehr-oqibat ko’tarilib, milliy g’urur toptaldi, millionlab kishilar halok bo’ldi, ko’plar bevatan qoldi. Aslida bu yovuz g’oya bizning zaminimizda paydo bo’lgan emas. U Yevropadan bu yoqqa olib kelingan. Xalqimiz bu g’oyaga moyil emas.
Hozirgi dunyodagi mafkuraviy tahdidlardan yana biri aqidaparastlikdir. Aqidaparastlik - muayyan bir g’oya, tamoyil yoki nuqtai nazarga mahkam yopishib olish va boshqasini tan olmaslik. Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasiga ta’sir ko’rsatayotgan bu g’oya uch xil ko’rinishda namoyon bo’lmoqda. Ularning birinchisi siyosiy aqidaparastlik bo’lib, u siyosatda, boshqaruv faoliyatida eskirgan, siyqasi chiqqan usul va uslublarga tayanib ish ko’rish demakdir. Boshqaruvning feodal-avtoritar shakli bunga misol bo’la oladi. Aqidaparastlikning ikkinchi ko’rinishi ilmiy aqidaparastlik bo’lib, u ilm-fan sohasida yoshini yashab bo’lgan fikrlar, nuqtai nazarlar va xulosalarni mutloqlashtirishni bildiradi. Fizikada mexanitsizm, ijtimoiy fanlarda marksizm ilmiy aqidaparastlikka misol bo’la oladi.
Aqidaparastlikning zararli ko’rinishlaridan yana biri diniy aqidaparastlik bo’lib, u dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni ko’r-ko’rona qo’llash va mutloqlashtirishdir. Bunday urinish turli dinlardagi mazhablar va yo’nalishlar orasida keskin nizo va to’qnashuvlar keltirib chiqaradi. Diniy aqidaparastlik ekstremizmning paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Ekstremizm esa terrorchilik harakatlarini ham o’z ichiga oladi. Diniy ekstremizmning pirovard maqsadi - mavjud konstitutsion tuzumni kuch bilan ag’darish va diniy davlatni qaror toptirishdan iborat. Bu yo’lda diniy ekstremistlar har qanday qabihlikdan tap tortmaydilar. Pokistonda 800 ga yaqin diniy madrasalar mavjud bo’lib, ularda diniy ilmlar bo’yicha mutaxassislar emas, balki jangarilar tayyorlanayotganligini shu maqsad yo’lidagi urinish deb baholash mumkin.
Insoniyatga jiddiy tashvish tug’dirayotgan, uning hayotiga xavf solayotgan bunday mafkuraviy tahdidlarning ta’siri nimalarda ko’rinadi?
-inson xohishi va dunyoqarashini zid, salbiy tomonga o’zgartirib yuborishda;
-turmush tarziga salbiy ta’sir ko’rsatishda;
-fikrlar xilma-xilligi va turli-tumanligini tan olmaslikda;
-yagona fikr, nuqtai-nazar, g’oyaning to’g’riligini da’vo qilib, boshqalarini inkor qilishda;
-begona urf-odat, an’analarni targ’ib qilish va ularning kirib kelishiga muhit yaratishda;
-insonni o’zga g’oyalar ta’siriga tushib qolishida;
-jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy asoslarini ham yagona g’oyaga bo’ysindirishda;
_______________________
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch –T.: “Ma'naviyat” 2008

-qaramlik, tobelik muhitini shakllantirishda;


-mamlakatni, xalqni o’z milliy-ma’naviy qadriyatlaridan, o’z taraqqiyot yo’lidan begonalashtirishda;
-xalqlarni, millatlarni birlashtirishga emas, balki bo’lib yuborish, ichki ixtiloflarga, buzg’unchilikka, parokandalikka sabab bo’lishida ko’rinadi.
Inson va jamiyat hayotida g’oyaning o’rni beqiyos. Inson o’zi yaratgan g’oyadan ruhiy madad olib bunyodkorlik, yaratuvchilik sari yuz tutadi, fidoyilik namunalarini ko’rsatib mehnat qiladi.
Insoniyat yuksak g’oyalar sohiblarini yetishtirdi. «Tafakkuri kuchli xalq buyuk xalqdir» deb e’tirof etgan Arastu, «xalqni yakkalam qildim» deya qoniqish hissini tuygan Navoiy, «qo’l bilan tiklab bo’lmas haykal qo’ydim o’zimga» deb mag’rur xitob qilgan Pushkin, hind xalqi ozodligi uchun umrini bag’ishlagan Maxatma Gandi yuksak g’oyalari bilan o’zlari mansub bo’lgan xalqning g’urur-iftixori bo’lib qoldilar. SHiroq va To’maris, Spitamen va Muqanna, Temurmalik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Mirzo Bobur kabi fidoyi ajdodlarimiz, diniy va ilmiy haqiqat yo’lidan borgan ko’plab mutafakkir bobolarimiz ham yuksak insoniy g’oyalar sohiblari bo’lishgan.
Davlatimiz rahbari I.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» degan asarida «O’z g’oyang bo’lmasa, sening yurtingda chet g’oya kelib hukmronlik qiladi» deb bejiz ta’kidlamagan. G’oyaviy ojizlik, mafkuraviy zaiflik butun bir davlatning qudratiga putur yetkazishi, jamiyat taraqqiyotini orqaga burib yuborishi mumkin.
O’z g’oyalarini saqlab qololmay, chet g’oyalarning ta’siriga tushib qolgan, milliy o’zligidan, qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlaridan mahrum bo’lib, pirovardida butun boshli elatlar yo’qolib ketganligi tarixdan ma’lum. Bir paytlar mo’g’ullar bosqinchilik g’oyasi ostida birlashib, butun dunyoni titratgan edi. G’oya ulkan hudud bosib olingandan keyin bu g’oya o’z vazifasini bajarib bo’ldi. Tarqab ketgan mo’g’ullar boshqa g’oyani boyroq qilib ko’tara olmadilar va o’zlari ham tub xalqlarning mafkurasi domiga tushib qoldilar. Amerika hindulari va Avstraliya aborigenlari tarixi ham bunga misol bo’la oladi.
Sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin yurtimizda feodal tarqoqlik kuchayib, beqarorlik avj olgani, mehr-oqibat ko’tarilib, ma’naviy qadriyatlarimizga putur yetgani tarixning achchiq sabog’idir. Ayrim hukmdorlarning xalqni birlashtirib, mustaqillik uchun kurashga safarbar etmaganlari tufayli o’lkamiz qaramlik changaliga tushib qoldi, avval chorizm g’oyasi, so’ngra kommunistik mafkura hukmron bo’ldi. Uning qanday oqibatlarga olib kelgani barchamizga ma’lum.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki paytlaridanoq xalqimizni oydin manzillarga yetkazishda milliy g’oyaning zarurligini uqtirib, uning maqsad va vazifalarini ko’rsatib berdi, mafkura bo’lmasa, odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotish muqarrar ekanligini asoslab berdi.
“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amalga oshirilishi.
Mavzuni yoritishda, avvallo, mamlakatda kuchli davlat barpo etilishi lozimligi haqida tushuncha berish kerak. Bunda bosh strategik maksad – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor Iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish haqida batasfsil ma’lumot beriladi. Ammo bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishning tayyor andozasi yo’k. Bu borada jahondagi eng rivojlangan davlatlar tajribasini ham ko’r-ko’rona qo’llay olmaymiz. SHu sababli xalqimiz rivojlanishning o’zimizga mos – ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg’a borishni taqozo etuvchi yo’lni tanladi.
Bu yo’l jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi.
Siyosiy soxada – jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish:
Birinchidan, mamlakat siyosiy hayotining barcha soxalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy
_____________________
Otamurotov S.O. Milliy rivojlanish falsafasi (siyosiy-falsafiy qirralari ). – Toshkеnt: Akadеmiya, 2005.
va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish. Milliy g’oyaning siyosiy soxadagi xususiyatlari mohiyati shularda namoyon buladi.
O’zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq – davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Xalqning mentaliteti, siyosiy madaniyati, o’z haq-huquqlarini, tub manfaatlarini anglash darajasi, siyosiy va madaniy yetukligi uning davlat qurilishida qanchalik faol ishtirok etishini belgilaydi.
Demak, siyosiy hayotni erkinlashtirishning asosiy shartlaridan biri xalqning siyosiy ongini o’stirish, unga demokratik erkinliklarning ma’no-moxiyatini to’g’ri tushunib olish va uzlashtirishga imkon yaratishdan iborat. Siyosiy madaniyat esa, bir tomondan, fukarolarning, ikkinchi tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qonunlarga bo’ysunishidan boshlanadi. SHundagina demokratiya, fikr va vijdon erkinligi, plyuralizm va inson huquqlarini ta’minlash tamoyili jamiyat xayotining asosiy mezoniga aylanadi.
Lekin demokratiya va siyosiy hayotni erkinlashtirish zaruratini “oxlokratiya” (oxlos – to’da, olomon), ya’ni turli guruhlarning siyosiy o’zboshimchaligidan, hokimiyat idoralariga noo’rin talablar qo’yishdan, tazyiq o’tkazishdan (Kirg’iziston misolida) farqlash kerak.
Ikkinchidan, jamiyatdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish, siyosiy hayotda chinakam ko’ppartiyaviylik tamoyilini qaror toptirish.
Uchinchidan, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishi uchun keng shart-sharoitlar yaratish. Demak, mustaqillik bu hukuq. Huquq esa – mas’uliyat ekanini anglash lozim.
Turtinchidan, mahalliy hokimiyat va o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyat doirasini kengaytirish, davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich ular zimmasiga yuklab borish. SHundagina “kuchli davlatdan – kuchli fuqaroliq jamiyati sari tamoyili amalga osha boradi.
Beshinchidan, davlatning islohotchilik vazifalarini demokratik talablar asosida, xalq va jamiyat manfaatlariga mos holda amalga oshiradigan iste’dodli, izlanuvchan, chuqur bilimli va yuksak malakali, Vatan va xalqiga sadoqatli yosh kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish hamda yangilashga imkon beradigan tizimni takomillashtirish.
Iqtisodiy sohada:
Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib boilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini yanada oshirish. Bu yo’lda amalga oshiriladigan vazifalar:
Birinchidan, iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini qisqartirish.
Ikkinchidan, xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish.
Uchinchidan, iqtisodiyotga xorij sarmoyasini keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni kengaytirish.
To’rtinchidan, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, uning xalqaro mehnat taksimotida teng huquqli va o’zaro manfaatli shartlar asosida ishtirok etishi, iqtisodiyotning jahon iqtisodiy tizimiga keng-ko’lamli integratsiyalashuvini kuchaytirish.
Beshinchidan, Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, boy tabiiy zahiralarimiz, intellektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng foydalanish.
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a`zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida ko`pgina o`zgarishlar yuz bermoqda. Ana shunday sharoitda xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o`zida mujassam etadigan milliy g`oya va mafkurani yaratish muhim vazifaga aylandi.
______________________
Milliy G’oya: nazariy manbalar. –T.: “Akadеmiya”, 2007 y.
Jamiyatning taraqqiy etib borishi jarayonida oldin g`oya paydo bo`ladi, g`oya asosida mafkura, mafkura asosida tizim va siyosat paydo bo`ladi. Milliy g`oya - tanlagan taraqqiyot yo`limizning to`g`ri, adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etish uchun xizmat qiladi. Milliy g`oya O`zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida xalqni uyushtiruvchi, birlashtiruvchi, ma`lum bir maqsadga yo`naltiruvchi, harakat dasturi bo`luvchi bunyodkor g`oya bo`lib, u jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilish jarayonida muhim ahamiyatga egadir. O`zbekistonning milliy isliqlol mafkurasi oldida buyuk maqsad-muddaolar, o`ta dolzarb vazifalar turgan bo`lib, uning asosiy maqsadlaridan biri - O`zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroni, har bir millat va elat kishilarini barkamol inson qilib tarbiyalash, mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirishdir. Insonning faolligi uning ilg`or, bunyodkor, xalqning o`ziga xos va mos bo`lgan milliy g`oyaga amal va e`tiqod qilishiga bevosita bog`liqdir. Milliy istiqlol mafkurasi butun O`zbekiston xalqining milliy ruhini, madaniy merosini, his-tuyg`usini, milliy g`urur va iftixorini, kuch-qudratini, orzu intilishlarni o`zida ifodalaydi.
Milliy g`oya bunyodkor g`oya sifatida jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Agarda ijtimoiy taraqqiyotda milliy g`oya xalqning ishonch va e`tiqodiga aylansa, u jamiyat taraqqiyotiga kuchli ijobiy ta`sir ko`rsatadigan omilga aylanib, o`zining kutilgan natijasini beradi. Shuning uchun ishonch va e`tiqod masalasi milliy g`oyadagi muhim mezon hisoblanadi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning birdan bir yo`li-o`zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g`oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirishdan va odamlar ongi va qalbiga singdirishdan iborat bo`lib, O`zbekistonda milliy g`oya va mafkurani shakllantirish jarayoni bosqichma-bosqich olib borildi.
__________________________
To’raеv Sh. Dеmokratik jarayonlar va milliy g’oya. –T.: “Ma'naviyat”, 2008 y.

Milliy g`oya jamiyatni tashkil qilgan shaxslar, individlar va ijtimoiy guruhlarning siyosiy partiyalarga mansubligidan, qaysi dinlarga e`tiqod qilishidan, millati va irqidan, ijtimoiy maqsadidan qat`iy nazar, ularning manfaatlarini integratsiyalashtiruvchi hamda uniyersallashtiruvchi ijtimoiy faoliyat omili bo`lib hisoblanib, jamiyatdagi tinchlik-barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag`rikenglik milliy g`oya yordamida ta`minlanadi. O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda yashayotgan barcha ijtimoiy-siyosiy qatlamlarni. tabaqalarni, millat va elatlarni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi g`oyasi atrofida birlashtirishga va uyushtirishga katta e`tibor berib kelinmoqda. O`zini O`zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir insonni umumiy Vatan tuyg`usi, xalq farovonligi, erkin va farovon hayot qurish, millatlararo totuvlik bilan uzviy bog`liq bo`lgan milliy g`oya birlashtiradi. Jamiyat hayotida milliy g`oya bajaradigan muhim vazifalardan biri, komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalaslning muhim vositalari bo`lgan ta`lim-tarbiya, fan, madaniyat va ma`rifat, adabiyot va san`at, din, sport sohalariga, fanlarning mazmuniga milliy istiqlol g`oyalarini singdirish muhim ahamiyatga egadir. Milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodni shakllantirish boy tarixiy ma`naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida amalga oshiriladi. Boy tarixiy ma`naviy merosni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni fuqarolar ongi va qalbiga singdirishda milliy o`zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash, O`zbekiston fuqarolarida milliy g`urur va iftixor tuyg`ularining shakllantirilishi muhim ahamiyatga egadir.


Milliy g`oyaning Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta`minlashdan iborat bo`lgan asosiy g`oyalarini hayotga tatbiq qilishda shaxs tarbiyasining quyidagi jihatlariga asosiy e`tibor qaratiladi:
-vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish va uni har bir insonning hayotiy ehtiyojiga aylantirish;
-tinchlik uchun kurashning har bir inson hayotiy maqsadi, manfaati va ehtiyojining markaziy masalasi sifatida e`tirof etilishi;
-el-yurt farovonligi uchun fuqarolarda fidoyilik va burchga sadoqat tuyg`ularni shakllantirish va rivojlantirish;
-millatlararo va dinlararo bag`rikenglik xislatlarining vujudga kelishi va takomillashib borishi:
-xalq va millat manfaatlarining shaxsiy va ijtimoiy guruhiy manfaatlarga qaraganda ustuvor ahamiyat kasb etishi;
-shaxsning milliy ongi, tarixiy ma`naviy merosi, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish asosida milliy o`zlikni anglash jarayonini kuchaytirish va milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini yanada mustahkamlash
“Ozod va obod Vaian, erkin va farovon hayot” g`oyasida mujassam bo`lgan milliy g`oya jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi uchun, u o`zligini anglagan har bir fuqaroning ongidan chuqur joy olishi va yashash tamoyiliga aylanishi zarurdir. Milliy g`oya xalqimizning qadimiy va boy tarixidan, ulug` alloma ajdodlarimizning hikmatlari va hayotiy o`gitlaridan, bunyodkor g`oyalaridan, yashash ibratidan, shu bilan birgalikda jahondagi boshqa xalqlar tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlardan oziqlariib taraqqiy etib bormoqda. Tarixiy xotira millatga kuch-qudrat bag`ishlaydi, hayotning og`ir sinovlarini munosib yengib o`tishga, o`zligini saqlab qolishga yordam beradi. G`oya xalqning o`tinishi, buguni va kelajagini bog`lab turuvchi fikr bo`lib, u avvalo, xalqimizning milliy ma`naviyatiga tayanadi. Milliy g`oya xalqimizning ma`naviy merosidan ozuqa oladi, milliy o`ziga xosligini saqlab turishga, milliy manfaatlarini amalga oshirishga va milliy taraqqiyot yo`larini belgilashga xizmat qiladi. Milliy g`oya va mafkuraning muhim vazifasi O`zbekiston fuqarolarda kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid his-tuyg`usini tarbiyalashdan iboratdir.

_______________________


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Т.: «O’zbekiston», 2003.


  1. Milliy g`oyaning yot va zararli g`oyalardan farqi, uni
    aniqlash mezonlari


Har bir xalq, millat va jamiyat o`z manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta`minlashga yordam beradigan muayyan g`oyaga ehtiyoj sezadi. Milliy g`oya millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini o`zida mujassamlashtiradi. U o`zining asosiy g`oyalari va maqsadlari bilan komil insonlarni tarbiyalashga harakat qiladi. Mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarni o`zida mujassamlashtiradi. Barcha davrlarda har bir davlat, xalq, jamiyatning o`ziga xos g`oyasi va mafkurasi bo`lgan. Mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar yo`lida birlashtirib, jamiyat ahli o`rtasida sog`lom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu orzular, maqsad- muddaolariga erishishda ma`naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarni qay darajada aks ettira oladigan bosh va asosiy g`oyalar, bu g`oyalar ularning turmush tarsi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Milliy g`oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari tizimida insonning jamiyatdagi o`rni bunyodkor kuch sifatida belgilanib, mustaqillikning bosh g`oyasi ham, asosiy g`oya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi asosida yoritilgan. Milliy g`oya doimo jamiyatga tahdid solib kelgan yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashib, odamlarni ezgulik, farovonlik va baxtli hayotga da`vat etib kelgan. Milliy g`oya bunyodkor g`oya sifatida insonni ulug`laydigan, uning kuch g`ayrati va salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o`zida taraqqiyot, ma`rifat, do`stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu his-tuyg`ularni mujassam etadigan, jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotiga xizmat qiladigan g`oyadir. Milliy g`oya kabi bunyodkor g`oyalarga tayangan fuqarolar farovon hayot va erkin jamiyat qurish uchun harakat qiladilar. Milliy g`oya - millat tafakkurining ko`p asrlik mahsuli va davr taqozosi bilan takomillashib boruvchi uzluksiz hodisadir. Milliy g`oya - inson va jamiyat hayotiga ma`no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui, xalq hayotining fikriy ifodasidir. Milliy g`oyaning mazmun-mohiyati va uning yot va zararli g`oyalardan farqli tomonlari mustaqillikdan keyingi davrda nazariy jihatdan asoslab berildi va O`zbekistonda adolatli huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilish jarayonida amaliyotga, jamiyat hayotiga tatbiq qilindi.


Milliy g`oyani ishlab chiqish va jamiyat hayotiga tatbiq qilishda quyidagilarga e`tibor qaratiladi:
1.Tarixiy xotirani uyg`otish, o`tinishdan saboq chiqarish, o`zlikni anglash rnezoni bo`lishi;
2.Xalq maqsadlarini ifoda etib, jarniyat a`zolarini birlashtiruvchi g`oyaviy vazifani bajarish;
3.Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e`tiborning manbai bo`lish;
4.O`zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillariga birday taalluqli ekanlik;
5.Millat aholisi ongi va qalbida “O`zbekiston -yagona Vatan” degan tushunchani shakllantirishga xizmat qilish;
6.Turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga ega ekanligi;
7.Biron-bir dunyoqarashni mutlaqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo`lida siyosiy qurolga aylariniaslik;
8.Har qanday ilg`or g`oyani singdirish va har qanday yovuz g`oyaga qarshi javob bera olish;
9.Subyektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan xoli va jamiyatimizning xolis fikriga tayanuvchi obyektiv mafkura bo`lish;
______________________
Karimov I.A. O’zbekiston ХХI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,

10.So`z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;


11.Davr o`zgarishlariga qarab, o`zi ifodalaydigan g`oya, manfaat, muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy foydalanish.
Milliy g`oya va mafkuraning hayotiyligi, odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarni qav darajada aks ettirishiga, ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, ularga ma`naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkuralar ko`pchilik qabul qilib, shunday holdagina mafkura kuchli ruhiy quvvatga ega bo`ladi.
Bugungi kunda jamiyat hayotida milliy g`oya kurashib kelayotgan bir qancha yot va zararli g`oyalar mavjud bo`lib, bu ular vayronkor g`oyalar bo`lib hisoblanadi. Vayronkor g`oyalar deb inson va jamiyatni tubanhkka boshlaydigan, odamlarni g`arazli niyat va qabih maqsadlarga undaydigan, xalqlar va davlatlarni tanazzul va halokatga mahkum etadigan yovuzlik va jaholatga xizmat qiladigan g`oyalar majmuiga aytiladi. Milliy g`oyaga qarshi bo`lgan, jamiyatni tanazzulga yetaklaydigan yot va zararli, vayronkor g`oyalarga mustabidlik, bosqinchilik, terrorchilik, aqidaparastlik, jaholatparastlik, irqchilik, millatchilik, mahalliychilik, vatansizlik, yovuzlik g`oyalari kiradi. Bu g`oyalar bolshevizm, kommunizm, neokommunizm, fashizm, neofashizm, irqchilik, kosmopolitizm, shovinizm, panslavyanizm, panamerikanizm, panislomizm, paneronizm, panturkizm, nasizm, fundamentalizm, gegemonizm, konformizm kabi shakllarda namoyon bo`ladi. Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o`z ta`sir doirasini kengaytirishga intilayotgan tajoyuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm kabi zararli g`oyalar va mafkuralar globallashuv va geopolitik maqsad va manfaatlar kuchaygan bir sharoitda jahondagi tinchlik va barqarorlikka tahdid solmoqda. Globallashuv jarayonlar va axborot oqimining tezlashuvi ham insoniyatning oldiga bir qator muammolarni qo`ymoqda. Turli mintaqaviy, diniy-etnik, tajoyuzkor millatchilik va shovinizm asosidagi mojarolar, ekologiya falokattari, ma`naviy tanazzul, giyohvandlik, terrorchilik kabi muammolar butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida turli mafkuraviy markazlar tomonidan insonning ongi va qalbini egallash uchun kurash kuchayib bormoqda. Turli mafkura poligonlaridan tarqatiladigan, sirtdan bezarar bo`lib tuyuladigan, turli axborotlar, filmlar, badiiy asarlar, kundalik ehtiyoj molari orqali odamlarga mafkuraviy ta`sir ko`rsatish imkomyatiga ega bo`lgan mafkuraviy tahdidlar, avvalo insonlarning nozik his-tuyg`ulariga ta`sir etib, ularning ongi va qalbini egallashga qaratilgandir. Tahdid – inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo`naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajoyuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli, muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushunchadir. Tahdidlar siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-mafkuraviy tahdidlarga bo`linib, bularning ichida eng xatarlisi ma`naviy- mafkuraviy tahdid sanaladi. Tashqi mafkuraviy tahdid - bu mamlakatimizdagi barqarorlik va xavfsizlik tizimini izdan chiqarish uchun tajoyuzkor g`oya tarafdorlari tomonidan tashqaridan turib mamlakatimizga xuruj qilinishidir. Islom Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch” nomli asarida ma`naviy-mafkuraviy tahdid tushunchalariga to`xtalar ekan: “Ma`naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e`tiqodidan qat`iy nazar, har qaysi odamning tom ma`nodagi erkin inson bo`lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko`zda tutadigan mafkuraviy, g`oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o`ylavman”1, degan edi.
Hozirgi kunda milliy g`oyamizga qarshi chiqib, jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf tug`diradigan mafkuraviy tahdidlarning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iboratdir:
-islom xalifaligini tiklab, uning bayrog`i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar;
__________________________
Barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Т.6. – Т.: «O’zbekiston», 1997. 31-40, 125-135, 149-162-b.
-yosh mustaqil davlatlarni sobiq itlifoqqa birlashtirish g`oyasi;
-tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini soxtalashtirishga urinishlar;
-axloqsizlik g`oyalarini yoyib, xalqni ma`naviy jihatdan buzishga intilishlar;
-turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va dinlararo mojarolarni keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar.
Mafkuraviy tahdid eng avvalo, inson ongiga, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf-xatar soladi. Inson ongi va qalbini yot va zararli, vayronkor va buzg`unchi g`oyalar bilan izdan chiqarishga harakat qilish mafkuraviy tahdidning eng asosiy mazmun mohiyatini tashkil qiladi. Mafkuraviy tahdid muayyan jamiyat a`zolarini yagona maqsad va muddaolardan chalg`itib, milliy g`oyaga va milliy mentalitetga mos kelmaydigan begona g`oyalar, fikrlar va qarashlarni chetdan turib eksporl qilish jarayonida o`zini yanada aniqroq namoyon qiladi.
Hozirgi paytda jamiyat ma`naviy hayotiga kirib keiayotgan yot va zararli g`oyalarning ma`naviy tahdid sifatida namoyon bo`lish xususiyatlar quyidagilarda ko`zga tashlanadi:
-O`zbekistondagi demokratik qadriyatlar va demokratik taraqqiyot imkoniyatlariga nisbatan odamlarda shubha bilan qarash holatini vujudga keltiradi:
-odamlarni ezgu g`oyalardan, milliy g`oyadan chalg`itishga, ularga xayoliy farovon turmush tarzini va`da qilishga harakat qiladi;
-jamiyat a`zolari, birinchi navbatda yoshlar tafakkurida milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg`ularini zaiflashtirishga harakat qiladi;
-xalqimiz urf-odatlari, milliy mentalitetiga begona odatlarni kiritishga intiladi;
-ekstremistik ruhdagi diniy g`oyalarni tiqishtirishga intiladi;
-aholi o`rtasida milliy taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg`otishga harakat qiladi;
-jamoaparvarlik, ijtimoiy hamkorlik ruhini inkor etib, indiyidualizm g`oyalarini sun`iy ravishda tiqishtiradi.
Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar eng avvalo, oddiy insonlar qalbi va ongini zabt etishga, ularni o`z milliy qadriyatlaridan, umumbashariy sivilizatsiya yutuqlaridan mahrum qilishga, oxir oqibatda mamlakatimizni o`ziga qaram qilib olishga qaratilgan zamonaviy tajoyuzkorlikning mafkuraviy bir shaklidir.
Hozirgi davrda vayronkor g`oyalar quyidagi xususiyatlarga egadir: -g`oyaviy yakka hokimlikka intiladi; -fikrlar plyuralizmini rad etadi; -demokratik va milliy qadriyatlarni tan olmaydi; -mutlaq hokimiyatga da`vo qiladi; -jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka moyillikning mavjudligi; -yagona, hukmron mafkuraga urinish; -ijtimoiy ixtiloflarni qo`llash; -aqidaparastlik va siyosiy ekstremizmni yoqlash.
Milliy g`oya uchun yot va zararli bo`lgan, vayronkor g`oyalarning tashkiliy asoslariga quyidagilar taalhiqlidir: -diniy ekstremizm; -xalqaro terrorizm; -narkobiznes; -noqonuniy qurol-yarog` savdosi; -begona, soxta diniy aqidalar; -jangarilikni targ`ib etish; -aqidaparastlik.
Jamiyatning taraqqiy etib borishi jarayonida yot va zararli, vayronkor g`oyalar jamiyat hayotida quyidagi zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin:-insonning fe`li-atvorini salbiy tomonga o`zgartiradi; -tafakkur tarzini o`z negizlaridan begonalashtiradi;-nosog`lom turmush tarzini shakllantiradi; -begona urf-odatlarni targ`ib qilib, ularning kirib kelishi uchun muhit yaratadi;-fikrlar xilma-xilligini chekiaydi; -qaramlik, tobelik, mutelik muhitini yaratadi;-mamlakatni, xalqni o`z milliy qadriyatlaridan, pirovard natijada o`z taraqqiyot yo`lidan begonalashtiradi;-jamiyatda xalqlar va millatlararo totuvlikka, dinlararo bag`rikenglikka rahna solib, u yerda ichki ixtiloflar va parokandalikni keltirib chiqaradi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi davrida ro`y berayotgan mafkuraviy jarayonlar inson ongi, qalbi xilma-xil usularda olib borilayotgan g`oyaviy targ`ibot va tashviqotning asosiy obyekti hamda maqsadiga aylanganini ko`rsatmoqda. Ma`lumki, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan nnlliy ongi va dunyoqarashida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o`zi yashayotgan mahalla jamoasiga, katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bilan qarash, muayyan
________________________
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Т.: «Ma’naviyat»,
voqea va hodisalarga bosiqlik, mulohaza va andisha bilan munosabatda bo`lish, jamoa fikriga nisbatan alohida ehtirom ko`rsatish kabi xislatlar ustuvorlik qiladi. Bunday vaziyatda jahondagi turli xil geopolitik maqsadlarni ko`zlagan mafkuraviy markazlarning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vayronkor va buzg`unchi, yot va zararli g`oyalar hamda mafkuralar xalqimizning boy va ulug`vor qadriyatlariga, milliy madaniyatiga mutlaqo teskari va begona bo`lgan, asosan “indiyidualizm”, “egoizm”, “kosmopolitizm”, “zo`ravonlik”, “diniy mutaassiblik” kabi g`oyalarni turli yo`l va vositalar yordamida jamiyatimizga olib kirishga urinmoqdalar. lkkinchi tomondan, o`zbek xalqining necha ming yillik milliy urf-odatlari va ma`naviy merosi va qadriyatlariga nisbatan ham ma`naviy xurujlar amalga oshirilmoqda. Bu maqsadga erishish uchun global aloqa tizimlari va boshqa vositalar orqali odamlarni ma`naviy qashshoqlikka, tarkidunyochilikka, odamlarga nisbatan oqibatsizlik va shafqatsizlikka olib keluvchi g`oyalar hamda urf-odat normalar zo`r berib targ`ib qilinmoqda. Uchinchidan, hozirgi davrda xalqimizning boy va qadimiy milliy madaniyatiga nisbatan ham ma`naviy xurujlar amalga oshirilmoqda. Internet tarmog`idan, kinofilmlar va san`at turlaridan foydalangan holda insonni o`ziga jalb etuvchi, lekin yengil-yelpi, inson tafakkurini rivojlantirishga emas, aksincha, uning sayozlashuviga xizmat qiluvchi san`at va madaniyat namunalarini jamiyatimizga olib kirishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilmoqda. Bunday san`at va madaniyat namunalarida behayotik va mantiqsizlik g`oyalari targ`iboti yetakchilik qilmoqda. G`arb “ommaviy madaniyati” ta`sirida yuzaga kelayotgan bunday mafkuraviy ta`sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun O`zbekiston fuqarolari, odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e`tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o`z mustaqil fikriga ega bo`lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda. Ularning tafakkurida o`zligini unutmaslik, ota-bobolarining muqaddas qadriyatlarni asrab-avaylash va hurmat dilish fazilatini qaror toptirish mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi muhim vazifa sifatida e`tirof etilmoqda.
Milliy g`oya va mafkuramizga qaratilgan har qanday tahdid va xavf-xatarlarning oldini ohshda milliy-ma`naviy, g`oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta`minlash masalasi alohida o`rin egallaydi. G`oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik deganimizda, milliy g`oya va milliy mafkuraning millatni zaiflashtirishga qaratilgan, tashqaridan kirib keluvchi har qanday yovuz g`oyalar va mafkuralarga nisbatan kuchliligi, milliy ong, dunyoqarashni ular ta`siridan himoya qilishi va milliy manfaatlarni tarannum etishda hamda uning amaliyotda namoyon bo`lishini ta`minlay bilishdagi katta salohiyati nazarda tutiladi. Mafkuraviy xavfsizlikni ta`minlash jamiyat ma`naviy hayotida bo`shliq paydo bo`lishining oldini olish, o`zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g`oyalar tizimini shakllantirish, uni mutlasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immuniletni oshirish orqali amalga oshiriladi. Milliy g`oya xalqni, millatni birlashtiradi. Jamiyat har bir a`zosining ma`naviy kamololga erishishini ta`minlab beradi. Milliy g`oya jamiyat a`zolarlidagi yuksak ma`naviyat belgilari hisoblangan vatanparvarlik, fidoyilik singari fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi. Ularni ozod va obod Vatanni yaratish yo`liga safarbar etadi. Milliy g`oya jamiyat ma`naviy hayotiga tahdid soladigan yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashadi, jamiyatning har bir a`zosida kelajakdagi farovon hayotga bo`lgan ishonchni mustahkamlaydi. Milliy g`oya turli yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashish bilan birgalikda, mamlakatimiz fuqarolarini milliy mafkuramizning bosh g`oyasi bo`lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishga yo`naltiradi. Ularni muslaqillikka sadoqat ruhida tarbiyalaydi.



Yüklə 124,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə