Mavzu: Bunyodkor g’oyalar va ularning jamiyat hayotiga ijobiy ta’siri reja



Yüklə 124,41 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü124,41 Kb.
#180772
1   2   3   4
QURBONOV AXLIYORBEK

____________________________

  1. Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat

etsin. Т.7. - Т.: «O’zbekiston», 1999. 84-102-b.

3. Mustaqillik sharoitida jamiyat g`oyaviy-mafkuraviy
asoslari o`zgarishining mamlakat taraqqiyotini ta`minlashdagi
ahamiyati

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlar har bir insonning milliy o`zligini anglashini, milliy g`ururi o`sishini yangi bosqichga ko`tardi. Milliy g`oya mustaqillik sharoitida mamlakatimiz ma`naviy hayotini yuksaltirishga, jamiyat a`zolarini ma`naviy jihatdan kamolotga yetkazib berishga xizmat qiladigan qudratli kuchga aylandi. Odamlar ongida mustaqillik, ma`naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyg`otish va tiklash jamiyatning barqaror rivojlanishining muhim sharti va kafolatidir. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma`naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma`naviy boyliklar-siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr hayotini aks ettiradi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, ma`naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo`lsa shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.
Mustaqillik sharofati bilan ma`naviy hayotimizda uyg`onish yuz berdi. Ulug` mutafakkirlarimiz, bobokalonlarimizning ruhi shod etildi, nomi, izzat ikromi, hurmati o`z joyiga qo`yildi. Ularning ma`naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Xalqimizning boy tarixiy ma`naviy merosi, milliy davlatchilik an`analari, urf-odat va marosimlarini o`rganishga, qayta tiklashga, ulardan foydalanishga e`tibor kuchaytirildi.
Milliy davlatchiligimizning tarixiy tajribasi o`rganildi. Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Beruniy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarimizning odil davlat qurish va barkamol insonni tarbiyalash haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Chunki, xalqimizning milliy davlatchilik tarixi ming yilar avval shakllangan bo`lib, bugungi kunda biz qurayotgan buyuk davlat asoslari ana shu qadimiy poydevorga tayanadi.
G`oyaga qarshi faqat g`oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma`rifat bilan bahsga kirishishga chorlagan milliy istiqlol g`oyasi jamiyatimiz faoliyatining mezoniga aylanib, mustaqillikdan so`ng jamiyatga, el-yurt ishiga har tomonlama munosib, jismonan yetuk, ongu tafakkuri yuksak, ma`naviy barkamol insonlarni tarbiyalash masalasiga asosiy e`tibor qaratildi. Lekin o`z xalqiga, uning an`analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas. Vatanparvarlik va fuqarolar yakdilligi-yosh va mustaqil O`zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir.
O`zbekistonda mustaqillik yillarida boy tarixiy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo`shgan bobokalonlarimizning ma`naviy merosi xalqimizga qaytarildi. Tavallud topgan kunlari butun mamlakat va xalqaro`miqyosda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida buyuk shaxslarning xotirasiga bag`ishlab barpo etilgan yodgorliklar majmuasi jamiyat ma`naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g`ururni yanada kamol toptirish hamda xalq ongi-tafakkuriga milliy mafkura asoslarini singdirishga, dunyo xalqlariga o`zbek davlatchiligining ildizlari naqadar baquvvat ekanligini namoyish etishga xizmat qilmoqda. Buyuk allomalarimizning o`nlab nodir va noyob asarlari yangitdan kashf etilib, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa xorijiv tilarda nashr etildi. Jumladan. Imom Buxoriy, Ahmad Farg`oniy, Imom Tenniziy, Burhonuddin Marg`inoniy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Ahsher Navoiy, Zahinddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi ulug` zotlarning merosi dunyoga targ`ib etilmoqda.
___________________________
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka
ishonchdir. Т.8.- Т.: «O’zbekiston», 2000. 489-508-b.
Muslaqillik yillarida xalqimiz madaniyati va ma`naviyatini yuksaltirish uchun fidoiylik ko`rsatgan jadid ma`rifatparvarlaridan Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Otajon Hoshimov, Botu, Elbek va boshqalar haqida ko`plab ma`lumotlar, ijodidan namunalar chop etildi.
Mustaqillik tufayli boy tariximiz va madaniy merosimiz, urf-odat va an`analarimiz, dinu diyonatimiz qayta tiklandi. Asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an`analarimiz xalqimizning bemisil boyligi, istiqlolimizning mustahkam poydevori va porloq istiqbolimizning kafolatidir. Bugungi globallashuv davrida inson ongi va tafakkurini egallash yo`lidagi kurash keskinlashayotgan, yoshlarni yot g`oya va mafkura, salbiy illatlar ta`siriga tortishga urinishlar tobora kuchayayotgan bir sharoitda ajdodlarimizning orzu-umidlari, intilishlari va boy tafakkurini o`zida mujassam etgan ma`naviy merosimiz va milliy qadriyatlarimizni ko`z qorachig`idek asrash va uni yosh avlod ongu-shuuriga singdirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillikdan keyingi davrda tarixiy an`analarga sadoqat, ajdodlar merosidan faxrlanish, ijtimoiy hayotning eng muhim yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratish mustaqil siyosat va milliy g`oyamizning eng muhim hayotbaxsh omillariga aylandi. Mustaqillik davrida O`zbekistonda madaniyat, fan va ta`lim sohasida avvalgi davr bilan taqqoslab bo`lmaydigan darajada beqiyos yutuqlarga erishildi. Milliy hunarmandchilikning turli sohalari rivojlantirildi. Musiqa, amaliy va tasviriy san`at kabi yo`nalishlar rivojiga ham e`tibor kuchaytirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida hukumatga qarashli bo`lmagan “Sog`lom avlod uchun” jamg`armasi tashkil qilindi. Mamlakatimizda “Umid niholari”, “Barkamol avlod” va “Uniyersiada” sport o`yinlarini o`z ichiga olgan uch bosqichli vagona uzluksiz tizim shakllantirildi. Mustaqillikdan keyin O`zbekistonda ma`naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan xalqaro kino, teatr va musiqali festivalar o`tkazish yaxshi an`anaga aylanib qoidi. O`zbekistonda an`anaviy ravishda o`tkazrlayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali butun jahon madaniy jamoatchiligi orasida keng shuhrat qozonmoqda. O`zbekistonda milliy merosimizni asrab- avaylash, amaliy san`at va hunarmandchilik yo`nalishidagi qadimiy an`analarni tiklash, bu borada ijodkorlarga har tomonlama ko`maklashish, yosh iste`dodlarning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning ijodini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish masalasiga alohida e`tibor qaratilmoqda. O£zbekistonda mustaqillikdan so`ng ko`plab festivalar, ko`rik-tanlovlar, milliy hunarmandchilik yarmarkalari turli ko`rgazmalar, konsertlar doimiy ravishda o`tkazilmoqda.
O`zbekistonda mustaqillikdan so`ng dinga nisbatan munosabat ijobiy tomonga o`zgarib, dinga ma`naviyat, qadriyat sifatida munosabat shakllantirildi. O`zbekistonda yashab faoliyat ko`rsatayotgan turli konfessiyalar vakillarining ma`naviy dunyosi, e`tiqod erkinligi uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo`l ochildi. O`zbekistonda dinga bo`lgan munosabat “dunyoviylik - dahriylik emas” degan tamoyil asosida belgilandi. O`zbekistonda turli e`tiqodga mansub diniy tashkilotlar o`rtasida o`zaro hurmat va bag`rikenglik muhiti o`rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Dunyoviy davlat tuzumi amal qilayotgan O`zbekistonda barcha dinlarga bir xil va teng munosabatda bo`lish bugun real voqelikka aylandi. O`tgan davr mobaynida bag`rikenglikning muhim omillaridan biri bo`lgan millatlararo va dinlararo totuvlik ta`minlandi. Bugungi kunda O`zbekistonda insonning erkin fikrlash erki, xohlagan diniga e`tiqod qilisli erkiga yoki hech qanday dinga e`tiqod qilmaslik erkiga bo`lgan huquqi tan olingan. Mustaqillik yillarida dinning, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi.
O`zbekistonning ma`naviy hayotidagi o`zgarish va yangilanishlar eng avvalo, milliy g`oya va milliy mafkurada o`z ifodasini topib, milliy g`oya va milliy mafkura konsepsiyasi ishlab chiqilganda quyidagi masalalarga e`tibor qaratildi:
-milliy mafkura, avvalambor, o`zligimizni, muqaddas an`analarimizni anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyat oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni o`zida qamrab olishining shartligi;
________________________
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. Т.8. – Т.: «O’zbekiston», 2000. 462-467-b.
-jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan xilma xil fikrlar va g`oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va uinidlaridan, har qanday insonning e`tiqodi va dunyoqarashidan qat`iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g`oya - mafkura bo`lishi zarurligi;
-milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o`xshagan unsurlardan, boshqa eiat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo`lib, qo`shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda, munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo`lishi darkorligi;
-milliy g`oya birinchi navbatda yosh avlodimizni valanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashi, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarni payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo`lishi zarurligi;
-milliy g`oya Vatanimizning shonli o`tinishi va buyuk kelajagini uzviy bog`lab turishga, o`zimizni ulug` ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishnioqqa yo`l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da`vat qiladigan g`oya bo`lishi muhimligi. Milliy g`oya va mafkura xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilib, xalqni, millatni birlashtirib, bunyodkorlik ishlariga da`vat eladi.
Mamlakatimiz mustaqilligining ma`naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an`ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbiga ona yurtga muhabbat, milliy istiqlol g`oyasiga sadoqat tuyg`ularini chuqur singdirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda:
-o`zbek xalqining boy tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy-ma`lifiy va axloqiy merosini har bir fuqaroning ma`naviy mulkiga aylantirish, milliy o`zlikni anglashni ustuvor yo`nalish sifatida amalga oshirish, milliy g`oya va mafkurani xalqimizning ongi va qalbiga chuqur singdirish, uni ruhiy va ma`naviy kuch-qudrat manbaiga aylantirish;
-Vatan ozodligi yo`lida jasorat ko`rsatgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayotini keng targ`ib etib borish, siyosiy jarayonlarga, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida jamiyatning har bir a`zosi qalbida milliy g`ururni kuchaytirish, hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaslik tuyg`usini kamol toptirish:
-aholining barcha qatlamlarida, xususan, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg`ularini mustahkamlash, ularda dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatda bo`lish hissini uyg`otish;
-jamiyatda o`zaro insoniy munosabatlar, izzat-ehtirom, mehr- muruvvat, millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik g`oyalarini shakllantirish jarayonlarni milliy g`oya va ma`naviyat tamoyillari bilan uyg`un tarzda tizimli va uzluksiz targ`ib etib borishni yo`lga qo`yish;
-turli ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlarida tarqatilayotgan, urf-odatlarimiz, milliy mentalitetimizga zid, odobsizlik va axloqsizlikni targ`ib etuvchi vayronkor g`oyalarning yoshlarnliz ongiga salbiy ta`sir o`tkazishining oldini olish;
-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlarda yuksak ma`naviy va madaniy sifatlarni shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlar, milliy o`zlikni anglash, g`urur va iftixor, sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, boy tarixiy-madaniy merosga asoslangan holda mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, xalqimizning azaliy an`ana va urf-odatlariga asoslangan holda jamiyatda o`z o`rnini topish, kasb-hunar egallashga bo`lgan ishtiyoqini kuchaytirish:
-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmunini keng targ`ib etish orqali ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

_________________________________


Karimov I.A. Egali yurt erkini bermas. Т.9. – Т.: «O’zbekiston», 2001. 70-98-b.

XULOSA
Yaxshilik va yomonlik, yangilik va eskilik o'rtasidagi kurash juda qadimiy tarixga ega bo'lib, hech qachon tugamaydi. Inson bunday kurashda bunyodkor g'oyalarga tayanadi.
Prezidentimiz Islom Karimov bunday ziddiyatning mohiyatini atroflicha tushuntirib bergan:
«Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko'zdan kechiradigan bo'lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g'oya va ta'limotlar bilan yovuz va zararli g'oyalar o'rtasida azaldan kurash mavjud bo'lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko'ramiz.»
Bunyodkor so'zining ma'nosi yaratuvchi deganidir. Shundan kelib chiqqan holda, bunyodkor g'oyaga bunday ta'rif berish mumkin:
Insonning qalbi va ongida yaratuvchilik salohiyatini uyg'otib, o'z xalqi, Vatani va insoniyatga foydali ishlar qilishga safarbar etadigan g'oya bunyodkor g'oyadir.
Har bir xalq hayotida bunyodkor g'oyalar yetakchi o'rinda' turadi. Chunki har bir xalq o'zining nimalarga qodir ekani, yaratuvchilik qudratini faqat bunyodkorlik orqali namoyon etadi. Siz buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur tomonidan Shahrisabzdagi Oqsaroy peshtoqiga bitilgan «Kimki qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin» degan mazmundagi da'vatkor so'zlarini yaxshi bilasiz. Bu so'zlarda xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, kuch-qudrati qanchalik katta ekaniga ishora qilingan.
Zamonaviy jahongir bobomiz o'z davlati va xalqining shuncha qudratli belgilarida shuni tasdiqlamoqdaki, hatto faqat bittasi va eng asosiysiga urg'u bergan. U ham bo'lsa, xalqning bunyodkorligi. Buning zamirida katta ma'no bor. Bu ma'no shudan iboratki, Amir Temur davlati erishgan barcha yutuqlar avvalambor xalqning bunyodkorligiga asoslangan. Bu fazilatimiz esa o'sha paytda barpo etilgan go'zal va betakror obidalarda yaqqol namoyon bo'lgan.
Bunday buyuk- fazilatlar bizning olis tariximiz davomida shakllanishi muttasil boyib borgan bunyodkor g'oyalardan oziqlangan. Bebaho ma'naviy merosimiz bo'lmish “Avesto” kitobidagi «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan qoida xalqimizning qadim zamonlardan boshlab bunyodkorlikni o'zi uchun asosiy maqsad asosiy mafkura deb bilganidan dalolat beradi. Bu qoida zamiri insonning o'ylaydigan fikrida ham, gapiradigan gapida ham, qiladigan ishida ham faqat yaxshilik bo'lsin, shunda uning butun hayoti bunyodkorlikdan iborat bo'ladi, degan ma'no mujassam.
Yoki yana bir buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshbandning «Diling Ollohda, qo'ling mehnatda bo'lsa degan da'vatini eslab ko'raylik. Bu hikmat har bir ishingizni aniq maqsadni ko'zlab, oxirini o'ylab qiling, vaqtni bekor o'tkazmang, degan ibratli fikrni ifoda etadi.
«Ota-bobolarimiz ulug' avliyo Bahouddin Naqshbandga chin dildan ixlos qo'yib, uni «Bahouddinni Balogardon» deb ta'riflar kelishida teran ma'no bor. Uning «Diling Ollohda, qo'ling mehnatda bo'lsin» degan hayotbaxsh hikmati dinimizning oliyjanob ma'nolar mohiyatini yorqin ifodalab, xuddiki shu bugun aytilgandek ja- ranglaydi».
Toki eng mayda hasharotlar ham dun­yoda qandaydir ekologik muvozanatni saqlab turadi. Agarda ular yo'qotilsa, olamdagi umumiy muvozanat buziladi. Ulug' bobomiz ana shu haqiqatni nazarda tutib, insonlarga qarata, sen ham Ollohdan ibrat ol, erta-yu kech mehnatda bo'l, harakatdan to'xtama, demoqda, harakat esa, bunyodkorlikdir. Chin dildan harakat qilmaydigan, o'ylamaydigan, mustaqil fikrlay olmaydigan, kim nima buyursa indamay bajarib ketaveradigan odamning ishini esa bunyodkorlik deb bo'lmaydi. Faqat sidqidildan qilingan mehnatdan haqiqiy mo'jizalar bunyodga keladi.


Yüklə 124,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə