Mavzu: bioetikaning paydo bo’lishi uchun tarixiy zaruriyatning yuzaga kelishi



Yüklə 37,16 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü37,16 Kb.
#163978
  1   2   3   4
BIOETIKANING PAYDO BO’LISHI


MAVZU:BIOETIKANING PAYDO BO’LISHI


1.BIOETIKANING PAYDO BO’LISHI UCHUN TARIXIY ZARURIYATNING YUZAGA KELISHI
2.GLOBAL BIOETIKANING AХLOQIY MUAMMOLARI


1.BIOETIKANING PAYDO BO’LISHI UCHUN TARIXIY ZARURIYATNING YUZAGA KELISHI
Insoniyat yaralibdiki u tabiatda yashab qolish uchun qaysidir ma‘noda kurashgan va kurashmoqda. Sog‘lom va mukammal yashash har bir davrda insonning hayotiy maqsadi bo‘lgan va bu maqsad yo‘lida u bazida turli qurbonliklarga sababchi bo‘lgan. Buning natijasida axloqiy qadriyat va jamiyat qonuniyatlarida turli muammoli vaziyatlarni keltirib chiqargan. Shuday muammolardan biri bu bioetika masalasi bo‘lib, u tabiat, inson, texnika omili o‘rtasida muammolar va ularni bartaraf etish uchun axloqiy qadriyatlar va insonparvarlik munosabatlarini tartibga solish tarixiy zarurat bo‘ganligi va bu yo‘ldagi dolzarb muammo hamda jarayonlar axloqiy meyyorlar doirasida hal qilinishi lozimligini mavjud sharoitning o‘zi taqozo etgan. Insoniy makon qanchalik taraqqiy etmasin, inson o‘z atrofidagi koinot, tabiat, inson tushunchalariga o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirmas ekan bu birinchi navbatda insonning o‘ziga taxdid solishi muqarrar. Uzoq davrga emas, ayni damda insoniyatni tashvishga hamon solib kelayotgan COVID-19 muammosi insoniyatni yana bir bor o‘ylantirib qo‘ydi. Axloq va axloqiy munosabatlar insoniyatni tabiyatning elitasi sifatida gavdalantirishiga xizmat qiladi. Axloq ijtimoiy ong shakli sifatida jamiyatda insonlarning o‗zaro munosabatlarini tartibga soladi. Tarixan insonlarning birgalikdagi hayoti va faoliyati jarayonida ma‘naviyat deb ataladigan va ularning xulqini tartibga soladigan ma‘lum bir odat, qoida va me‘yorlar majmuasi vujudga kelgan. ―Etika‖ atamasi ilk bor Aristotel tomonidan taklif etilgan bo‗lib, u xulq ma‘naviyati falsafasi va u bilan bog‗liq bo‗lgan me‘yorlarni, ya‘ni axloq nazariyasini anglatadi [1]. Ma‘lum bir turdagi kasbiy faoliyat bilan shug‗ullanish axloq me‘yorlarida o‗ziga xos xususiyatlarini vujudga kelishiga sabab bo‗ladi. Tibbiy xodimlaming etikasi birinchi navbatda insonlar sog‗lig‗i va hayotini saqlash maqsadiga yo‗naltirilgan. Inson koinot yoki tirik mavjudotning zulmkor xo‘jayini emas, balki uning bir bo‘lagi ekanligini, ming yillardan biyon shakillangan qadriyat va insoniy munosabatlarni saqlamog‘i va ijobiy tomonga rivojlantirmog‘i lozim. Ilmiy-texnika taraqqiyotining biotibbiyot sohasidagi yutuqlari nafaqat amaliy jihatdan kengaydi, balki biotibbiyot sohasidagi imkoniyatlar, shuningdek, yaxshilik va yomonlik haqidagi an'anaviy g'oyalar, bemorning yaxshiligi, inson hayotining boshlanishi va oxiri haqidagi g'oyalarga ta'sir ko'rsatdi va shunga mos ravishda bioetikaning rivojlanishiga qo'shimcha turtki berdi.

Yüklə 37,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə