Mavzu. Bilish falsafasi (gnoseologiya). (2-soat). Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi



Yüklə 87,6 Kb.
səhifə5/13
tarix24.12.2023
ölçüsü87,6 Kb.
#158066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5-mavzu

Meditatsiya - o‘z tafakkurini bir ob'ektga qaratish, inson e'tiborini chalg'ituvchi barcha begona omillarni chetga chiqarish yo‘li bilan fikr yuritish, narsa, g‘oya, dunyoni idrok etishdir. Dinda meditatsiya shaxsiy ongning Absolyut bilan birikuvini anglatadi. Xristianlikda meditatsiya inson shaxsi va ilohiy shaxsning muayyan oqibati sifatida talqin qilinadi. Meditatsiya, odatda, tabiiy refleksiya jarayoniga aylanadigan harakatlarning muayyan ketma- ketligi bilan bog‘liq. U ayrim psixotexnik usullardan foydalanishni nazarda tutadi. Bunda dindor mazkur usullar yordamida o‘zini boshqarish, o‘zlikni yoki tabiatni anglashga ko‘maklashuvchi g‘ayritabiiy ruhiy kuchlardan foydalanayotganiga ishonchi komil bo‘ladi. Meditatsiyaning bilish usuli sifatidagi samaradorligini fan tan oladi; davolash uchun mo‘ljallangan psixotexnika va autogen mashq tizimlari diniy-mistik g‘oyalar bilan bog‘liq emas.
Diniy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, u odamlarning o‘zini boshqaruvchi dunyoviy (tabiiy va ijtimoiy) kuchlarga munosabatining bevosita emotsional shakli bilan bog‘liq. Bu kuchlarning xayoliy in’ikosi bo‘lgan diniy tasavvurlar borliq haqidagi ma’lum bilimlarni ifoda etadi. Odamlar asrlar va ming yilliklar mobaynida to‘plagan diniy va boshqa bilimlar xazinasi sifatida, masalan, Injil va Qur’onni qayd etish mumkin. Biroq din (mifologiya kabi) bilimni izchil va nazariy shaklda ifodalamagan. U umumiy, yaxlit, o‘ziga to‘q va isbotlangan ob’ekt sifatida bilim ishlab chiqarish vazifasini hech bajarmagan va bajarmaydi.
Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi.
Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Fan amaliy faoliyat predmetlarining (boshlang‘ich holatdagi ob’ektning) tegishli mahsulotlarga (pirovard holatdagi ob’ektga) aylanish jarayonini oldindan ko‘ra bilishni o‘z oldiga pirovard maqsad qilib qo‘yadi. Bu o‘zgarish har doim ob’ektlarning o‘zgarish va rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi, faoliyat shu qonunlarga muvofiq bo‘lgan taqdirdagina muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. SHu sababli fanning asosiy vazifasi ob’ektlarning o‘zgarish va rivojlanish qonunlarini aniqlashdan iborat.
Tabiatning o‘zgarish jarayonlariga tatbiqan bu vazifani tabiiy fanlar va texnika fanlari bajaradi. Ijtimoiy ob’ektlarning o‘zgarish jarayonlarini ijtimoiy fanlar o‘rganadi. Hamonki faoliyat jarayonida har xil ob’ektlar - tabiat predmetlari, inson (va uning ongi holatlari), jamiyatning kichik tizimlari, madaniyat hodisalari sifatida amal qiluvchi belgilar ko‘rinishidagi ob’ektlar va hokazolar o‘zgarishi mumkin ekan, ularning hammasi ilmiy tadqiqot predmetlari bo‘lishi mumkin.
Fanning faoliyatga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarni o‘rganish va ularni faoliyat va rivojlanishning ob’ektiv qonunlariga bo‘ysunuvchi ob’ektlar sifatida tadqiq qilishga qarab mo‘ljal olishi ilmiy bilimning birinchi eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Fan inson faoliyatida faqat uning moddiy tuzilishini farqlaydi va hamma narsani shu tuzilish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Qadimgi afsonada podsho Midas nimaga qo‘l tekkizmasin, hammasi oltinga aylanganidek, fan ham nimaga murojaat etmasin, hamma narsa uning uchun ob’ektiv qonunlarga ko‘ra yashaydigan, faoliyat ko‘rsatadigan va rivojlanadigan predmetdir.
Fan nafaqat hozirgi amaliyot jarayonida o‘zgartiriladigan, balki kelajakda amalda ommaviy o‘zlashtirish predmetiga aylanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarni o‘rganishga qarab mo‘ljal olishi ilmiy bilimning ikkinchi o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu xususiyat ilmiy va odatdagi, stixiyali-empirik bilimni farqlash va fanning tabiatini tavsiflovchi ayrim tushunchalarni ta’riflash imkonini beradi.

Yüklə 87,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə