Mavzu: asosiy eкologiк omillar va ularni dendroflora vaкillariga ta’siri mashg‘ulotning maqsadi


Tuproq tanlaydigan megatrof o‘simliklar



Yüklə 57,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü57,03 Kb.
#138930
1   2   3   4   5
Daraxtlarni ekologik asoslari. Asosiy ekologik omillar va daraxt-buta о‘simliklarini ularga munosabati-1

Tuproq tanlaydigan megatrof o‘simliklar
bu guruhga 
mansub o‘simliklar faqat unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sib 
rivojlanadi, unumdorligi kam tuproqlarda yaxshi o‘smaydi va 
rivojlanmaydi. Unumdor erlarda o‘sishga moslashgan megatrof 
o‘simliklarga o‘tkir bargli zarang, yavor zarangi, grab, qoraqayin, 


dala zarangi, oqqarag‘ay, qayrag‘och, amur barxat daraxti, oq va 
sinuvchan tol, grek yong‘og‘i, mevali turlar va boshqalar kiradi.
Tuproq tanlamaydigan oligotrof o‘simliklar 
– bu guruhga 
mansub daraxt-butalar unumsiz erlarda ham bemalol o‘saveradilar. 
Bu guruh vakillari tuprog‘i oz, toshloq, qum-shag‘al yoki tog‘ jinslari 
sochilib yotgan joylarda ham o‘sa oladi. Shubhasiz, bunday 
o‘simliklar unumdor tuproqlarda ham yaxshi o‘sadilar, ularga oddiy 
qarag‘ay, qayin, archa, jiyda, chakanda, zirk, aylant, oq akasiya, 
saflora, yulg‘un va boshqalar misol bo‘la oladi. 
Relef,
o‘simliklar o‘sishiga bevosita ta’sir etmasada, iqlim va 
tuproq kabi ekologik omillarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Dengiz 
sathidan tog‘lar bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilganimiz sayin har 100 
metrda havo harorati 0,6-1,0
0
ga pasayib boradi, shu bilan bir qatorda 
tabiiy yog‘in miqdori, ya’ni namlik ortib boradi. Bunday o‘zgarishlar 
o‘ziga xos tog‘ o‘simliklarini paydo bo‘lishiga olib kelgan, yuqori 
tog‘ zonalarida (3200-3500metrdan balandliklarda) o‘simlik o‘sish 
sharoitlarini og‘irligidan daraxt–butalar er bag‘irlab o‘suvchi 
shakllarni yuzaga keltiradilar va pakana bo‘lib o‘sadilar. O‘simliklar 
va hayvonot olami vakillarining hayotiy jarayonlari bir – biri bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Bu bog‘liqliq quyidagi holatlarda yaqqol 
ko‘rinadi: 
1.
Ayrim o‘simliklar hasharotlar vositasida changlanadilar, bu 
kabi o‘simliklar entomofil o‘simliklar deb ataladi. Mevasi va urug‘i 
turli hayvonlar yordamida tarqaladigan o‘simliklar zooxor 
o‘simliklar deb ataladi. 
2. 
Hayvonlar o‘simlik dunyosi uchun zaruriy hayotiy omillardan 
hisoblanmaydilar, aksincha, ko‘p hollarda ular o‘simliklarga zararli 
ta’sir ham o‘tkazishlari mumkin. Masalan, qushlar, o‘txo‘r 
xayvonlar, kemiruvchilar, o‘rmon hayvonlari daraxt–buta mevalari
urug‘larini iste’mol qilib, ularni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi, yosh 
o‘simliklarni iste’mol qiladilar va o‘rmonni tabiiy tiklanishiga 
to‘sqinlik qiladilar. 
3.
Hayvonot olami vakillari o‘simliklarni o‘sib rivojlanishiga 
bevosita ta’sir etmasada, ular o‘sayotgan muhitni kuchli o‘zgartirishi 
mumkin. Masalan, er osti hayvonot olami vakillari – chuvalchanglar, 
chumolilar, hasharotxo‘r hayvonlar, sichqonsimon kemiruvchilar, 
zararkunandalarning qurtlari er ostida hisobsiz kovaklar va er ostki 


yo‘llari hosil qilib, tuproq strukturasini ancha o‘zgartiradi, daraxt–
buta ildizlarini nafas olish jarayotlarini osonlashtiradilar, lekin bir 
paytda ularni zararlashlari ham mumkin. 
O‘rmonda, qalin o‘sayotgan daraxtzorlarda daraxt–buta turlarini 
bir–biriga ta’siri va o‘zaro munosabatlari xilma–xil ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘ladi. Bu kabi munosabatlarning asosida albatta 
yorug‘lik, namlik, tuproqdagi oziq – moddalar uchun, ya’ni yashash 
uchun kurash yotadi. Inson o‘z faoliyati davomida o‘simlik 
dunyosiga son va sifat jihatidan yaxshilash maqsadida ongli ta’sirini 
o‘tkazadi. Inson ming yillar davomida o‘simlik dunyosidan yangi 
shakllarni tanlab olgan, yangi madaniy navlar yaratgan. Hozirgi biz 
foydalanib kelayotgan barcha mevali daraxt turlari shu tariqa halq 
seleksiyasi natijasida yuzaga kelgandir. O‘rmondagi foydasi kamroq 
daraxt turlari kesib tashlangan, o‘rniga foydali daraxt turlari ekilgan. 
Bu jarayon ayniqsa, hozirgi davrda tropik o‘rmonlarda jadal 
ketmoqda, tropik o‘rmonlar kesib tashlanmoqda, ularning o‘rniga 
kofe, kakao, gvozdika, qora murch, xushbo‘y murch, kardamon, qizil 
daraxt, qora daraxt, geveya, kabi qimmatli daraxt plantasiyalari barpo 
etilmoqda. Inson madaniy o‘simliklarga raqobat qiluvchi begona 
o‘tlarga qarshi doimiy kurashgan, em–xashak ahamiyatiga ega ozuqa 
o‘t navlarini yaratgan, yaylovzorlar maydonini kengaytirgan. Inson 
boshqa ekologik omillarni ham o‘zgartirishga qodirdir. Unumsiz 
erlarni sho‘ri yuviladi, mineral va organik o‘g‘itlar solinib, 
unumdorligi oshiriladi, drenaj tizimi o‘tkazilib, er osti suvlarining 
sathi pasaytiriladi va madaniy o‘simliklar etishtiriladi. 
Erlarda meliorasiya ishlari amalga oshiriladi, botqoqlar 
quritiladi. Buning natijasida nafaqat o‘simlik turlari balki, hududning 
mahalliy flora va faunasi tarkibi ham o‘zgarishiga olib keladi. 
O‘rmonlarda ham sifatli yog‘och beruvchi daraxt turlariga e’tibor 
oshmoqda, ular kam qimmatga ega qayin, qora-qayin, osina, 
qandag‘och kabi daraxt turlarini siqib chiqarmoqda. 
Masalan, Evropa davlatlarida qoraqayin o‘rmonlari o‘rnini 
qoraqarag‘ayning madaniy o‘rmonlari egallamoqda. O‘zbekiston 
sharoitlarida ham terakning tez o‘suvchi turlari va navlari ko‘plab 
ekilmoqda. Qum–saxrolarda ko‘chma qumlarni mustahkamlash 
maqsadida psammofit o‘simliklar (saksovul, qandim, sho‘ra, 
yulg‘un) keng ko‘lamda ekilmoqda. 



Yüklə 57,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə