Mavzu: asosiy eкologiк omillar va ularni dendroflora vaкillariga ta’siri mashg‘ulotning maqsadi



Yüklə 57,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü57,03 Kb.
#138930
  1   2   3   4   5
Daraxtlarni ekologik asoslari. Asosiy ekologik omillar va daraxt-buta о‘simliklarini ularga munosabati-1



MAVZU: ASOSIY EКOLOGIК OMILLAR VA ULARNI 
DENDROFLORA VAКILLARIGA TA’SIRI 
 
Mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga asosiy ekologik omillar 
– abiotik, biotik va antropogen omillarni daraxt–butalarni geografik 
tarqalishiga va o‘sish sharoitlariga ta’siri haqida ma’lumotlar berish. 
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: 
O‘simliklarning tashqi 
muhit sharoitlariga bo‘lgan munosabati ularning 
ekologiya
si deb 
ataladi. Ekologik omillar 
abiotik, biotik va antropogen
omillarga 
bo‘linadi. Abiotik omillar o‘z navbatida iqlim, edafik va relef 
omillariga ajratiladi. 
Iqlim omillariga 
havo harorati, yorug‘lik, yillik yog‘inmiqdori, 
havoning nisbiy namligi, havoning tarkibi, shamol tezligi va 
yo‘nalishi, quyosh radiasiyasi intensivligi, atmosfera bosimi kabi 
asosiy iqlim ko‘rsatkichlarini o‘simlik dunyosiga ko‘rsatadigan 
ta’siri kiradi. 
Edafik (tuproq) omillariga 
tuproqning mexanikaviy tarkibi
fizikaviy xossalari, namligi, kimyoviy tarkibi, tuproq harorati kabi 
xususiyatlar bilan ko‘rsatadigan ta’siri kiradi. 
Relef (erning ustki tuzilishi) omillariga 
erning dengiz sathidan 
balandligi, ekspozisiyasi, qiyaliklarning tikligi kabi xususiyatlarni 
o‘simlik dunyosiga ko‘rsatadigan ta’siri kiradi. 
Biotik omillarga
- hayvonlar, o‘simliklar, mikroorga-nizmlarni 
o‘simlik dunyosiga ko‘rsatadigan ta’siri kiradi. 
Antropogen omillarga
– insonning o‘simlik dunyosiga ta’siri, 
ya’ni uni o‘simlik o‘sib turgan muhit sharoitlarini o‘zgartirib hamda 
ularni madaniylashtirib o‘simliklarga ko‘rsatiladigan ta’siri kiradi. 
Harorat o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun eng zarur 
omillardan biri hisoblanadi. Har bir o‘simlik turi uchun minimal, 
optimal va maksimal haroratlar mavjud bo‘lgan holda-gina o‘sim-
liklar o‘sadi, rivojlanadi va ularda normal fiziolo-gik jarayonlar 
amalga oshadi. Shundan ko‘rinib turibdiki, harorat o‘simliklar 
hayotida, ularning geografik tarqalishida, o‘simlik tipining 
shakllanishida muhim ekologik omil hisoblanadi. 
Er yuzida turli geografik zonalarda turlicha iqlim zonalari 
vujudga kelgan, ularda turlicha harorat rejimi mavjud va ular ma’lum 
qonuniyatlarga bog‘liqdir. Shimoliy qutbdan ekvator chizig‘iga 


tomon haroratni ko‘tarilib borishi, ular oralig‘ida turli iqlim zonalari 
hosil bo‘lishigasabab bo‘lgan. Tog‘li joylarda harorat zonalari 
vertikal tus olib, dengiz sathidan ko‘tarilgani sari o‘rtacha harorat 
pasayib boradi, namlik miqdori bo‘lsa ortib boradi. Harorat boshqa 
ekologik omillar, shu jumladan, namlik miqdori va uning mavsumiy 
rejimi bilan birgalikda iqlim zonalaridagi fasliy hodisalarini 
murakkablashtirishi mumkin. Buning natijasida ushbu hududdagi 
o‘simlik dunyosining tabiati va tarkibi ham o‘zgaradi. 
O‘simlik tanasida suv kam bo‘lgan paytlarda yuqori haroratga 
chidamli bo‘ladi, shuningdek cho‘l–dasht o‘simliklari tinim holatiga 
o‘tganda ham yuqori haroratga chidamli bo‘ladilar. Past harorat ham 
o‘simliklarga turlicha ta’sir etadi. Ayrim tropik o‘simliklar +5
0
da 
ham zararlanishi mumkin, O
0
S dan pasayganda butunlay nobud 
bo‘ladi. Ayrim o‘simliklar aksincha, past haroratlarga juda chidamli 
bo‘ladilar, masalan, daur tilog‘ochi (Larix daurica) Sibirning 
shimoliy qismidagi eng sovuq nuqta hisoblanmish sovuq polyusi - 
Verxoyansk shahrida qishgi –75
0
S sovuqlarga chidaydi. Sovuqni 
o‘simlikka ta’siri quyidagicha kechadi: o‘simlik xo‘jayrasi 
tarkibidagi suv muz kristallariga aylanib qoladi, ular xo‘jayra qobig‘i 
va ichki organlariga salbiy ta’sir etadi va oxir–oqibatda xo‘jayra 
nobud bo‘ladi. 
Bahorda bunday zararlangan daraxtlardagi kurtaklar yoziladi, ilk 
bargchalar paydo bo‘ladi, lekin tez orada ular so‘lib, quriydi va 
to‘kilib ketadi. Daraxt–buta o‘simliklarni issiqlikka bo‘lgan 
munosabatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (S.S. 
Pyatniskiy bo‘yicha). 

Yüklə 57,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə