Mavzu: asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ]reja



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə1/13
tarix13.10.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#127607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvc-fayllar.org


Mavzu: asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ]reja

MAVZU: ASM KORXONALARI MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR


]REJA


  1. KIRISH


II. ASOSIY QISM


1. MAHSULOTNI ISHLAB CHIQARISH VA UNI SOTISHNI TAHLIL QILISH USULLARINING ASOSLARI.
2. KORXONALARNING MEHNAT RESURSLARI BILAN TA'MINLANISHI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAHLIL QILISH USULLARI.
3. ASOSIY FONDLARNING TARKIBINI, HOLATINI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAHLIL QILISH USULLARI.
4. SANOAT KORXONALARINING MODDIY RESURSLAR BILAN TA'MINLANISHINI
VA ULARDAN FOYDALANISHNI TAHLIL QILISH USULLARI.
5. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH BO`YICHA ICHKI XO`JALIK REZERVLARINI ANIQLASH USULI.
6.YERDAN FOYDALANISH KO’RSATKICHLARINI TAHLIL QILISHNING USLUBIY JIHATLARI
7.KORXONA IQTISODIY SALOHIYATINI BAHOLASHNING USLUBIY ASOSLARI.


III. XULOSA VA TAKLIFLAR


IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Xalq xo`jaligini barqaror rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini yana ham jadallashtirish, ishlab chiqarishni salohiyatidan oqilona foydalanish, resurslarning hamma turlarini har tomonlama tejash va ishlab chiqarishni boshqarishni bozor iqtisodiyoti qonunlariga mos ravishda olib borish mamlakatimiz iqtisodiy strategiyasining eng muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bu muhim vazifalarni amalga oshirish uchun korxonalarning ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini chuqur tahlil qilish darkor.
Jamiyat ehtiyojini yanada to`laroq qondirish uchun zarur bo`lgan moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish asosan sanoat korxonalari zimmasiga tushadi.
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning og`ishmay o`sishi milliy daromad hajmini oshiradi, ishlab chiqarishning o`sish sur'atlari yuksalishi uchun qo`shimcha manbalarni yaratadi, mehnatkashlarning moddiy farovonlik darajasini yana ham oshiradi. Iqtisodiyotni barqaror o`sishi aholining real daromodlari o`sishiga ham o`z ta'sirini ko`rsatadi
Bozor iqtisodiyoti korxona faoliyatining eng zamonaviy xo`jalik mexanizmini vujudga keltirish vazifasini o`rtaga qo`ydi. Bunday mexanizm korxonani rivojlantirish uchun ta'sirchan ichki omillarni ta'minlashi kerak. Iste'molchi uchun ishlash, resurslarni butun choralar bilan tejash, fan va texnika yutuqlarini keng qo`llashga undashi zarur. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotishda tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish bo`yicha biznes-rejaning asosliligini va to`g`riligini aniqlash;
-korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha o`sish sur'ati, tarkibi, xilma-xilligi, sifati va bir tekisda ishlab chiqarishga baho berish;
-o`tgan yilga nisbatan mahsulot hajmining o`sishi va uning sabablarini aniqlash;
-tuzilgan shartnoma majburiyati asosida mahsulotni yetkazib berish bo`yicha sotish rejasini bajarilishiga baho berish;
-mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishni tez amalga oshirish bo`yicha rezervlarni aniqlash kabilar.
Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotishni ifodalovchi hajm ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: yalpi, tovar, sotilgan, sof va me'yoriy sof mahsulot kabilar. Deyarli barcha iqtisodiy tahlilga bag`ishlangan darsliklarda ushbu hajm ko`rsatchiklarga u yoki bu darajada to`xtalib o`tilgan. Bu borada samarali ijod qilgan I.T.Abdukarimov, E.A.Akromov, Yo. Abdullaev, M.I. Bakanov, S.B. Barngolts, L.I.Kravchenko, G.V. Savitskaya, V.I.Strajev, ye.Ergeshev, A.Ibrohimov, M.Rahimov, A.D. Sheremet, M.Q. Pardaev, B.I.Isroilov, A.X.Shoalimov kabi yirik olimlarni nomlarini alohida ta`kidlash mumkin1.
Ta'kidlash joizki, iqtisodiy tahlil nazariyasiga bag`ishlangan o`quv adabiyotlari ichida faqat A.D. Sheremetning «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» darsligida korxonaning xo`jalik va moliyaviy faoliyatini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlarni tahlil qilish usullarining asoslari berilgan. Shu bois A.D. Sheremetning mazkur fan bo`yicha amaldagi o`quv dasturini qo`llagan xolda bizni talabalar ham «Boshqaruv tahlili», «ASM KORXONALARI FAOLIYATINING TAHLILI » fanlarini o`rganishdan oldin korxonalarning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlar to’g’risida dastlabki tushunchaga ega bo`lishlari kerak, deb o`ylaymiz.


Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə