Mavzu: asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ]reja


Korxonalarning mehnat resurslari bilan ta'minlanishi va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullari



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə4/13
tarix13.10.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#127607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvc-fayllar.org

2. Korxonalarning mehnat resurslari bilan ta'minlanishi va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullari.
Ishlab chiqarish dasturini muvaffaqiyatli bajarish avvalambor korxonaning ishchi kuchi bilan ta'minlanganligiga bog`liq. Mahsulot hajmiga ta'sir qiluvchi mehnat omillari tarkibida quyidagi ko`rsatkichlar o`rganiladi:
1.Korxonaning ishchi kuchi bilan qay darajada ta'minlanganligi.
2.Ish vaqtidan samarali foydalanish.
3.Mehnat unumdorligi darajasi.
Korxonada ishlovchi barcha xodimlar ikki turkumga bo`linadi: asosiy faoliyatda ishlovchi va asosiy bo`lmagan faoliyatda xizmat qiluvchi xodimlar.
O`z navbatda asosiy faoliyatda xizmat qiluvchi xodimlar quyidagi toifalarga bo`linadi: ishchilar, xizmatchilar, shu jumladan, rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar. Ushbu qayd etilgan xodimlar mahsulot ishlab chiqarishda birday qatnashmaydilar. Agar rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilar soni bo`yicha faqat mutlaq farq aniqlansa, ishchilar soni bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish o`sish sur'atini hisobga olgan holda nisbiy farq ham aniqlanadi. Ishchilar soni bo`yicha nisbiy farq quyidagicha aniqlanadi: o`tgan yildagi ishchilarning haqiqatdagi soni tovar mahsulotining o`sish sur'atiga ko`paytirilib, so`ngra 100ga bo`linadi. Shu tariqa, hisoblangan ko`rsatkich ishchilarning joriy yildagi haqiqatdagi soni bilan taqqoslanadi. Olingan natija ishchilar soni bo`yicha nisbiy kamlik yoki ortiqchalikni ko`rsatadi. Nisbiy kamlik esa mehnat unumdorligi o`sganligidan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligi vaqt birligi (soat, smena, oy, kvartal, yil) ichida ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarf qilingan vaqt birligi bilan o`lchanadi.
Mahsulot hajmini muttasil ko`paytirish va shu asosda xalqning turmush farovonligini oshirishdagi muhim omil - mehnat unumdorligini beto`xtov oshirishdir.
Mehnat unumdorligini oshirish yo`llari ko`p qirralidir. Bu ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, yangi mashinalarni va texnologiyalarni joriy qilish, ishlayotgan dastgohlarni zamonaviylashtirish, dastgohlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tarzda tashqil etishni yaxshilash, ish vaqtidagi yo`qotishlarni tugatish, ilg`or ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanish, mehnatga haq to`lashni to`g`ri tashqil qilish va h.k.lar.
Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagi uch ko`rsatkichdan foydalanish mumkin:
1.Natural ko`rsatkichlar.
2.Shartli-natural ko`rsatkichlar.
3.Pul (qiymat) ko`rsatkichlari.
Natural ko`rsatkichlar bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan (tonna, metr, dona va h.k.) korxonalarda qo`llaniladi. Masalan, neft qazib chiqarish natural holda massa yoki hajm birliklarida, yalpi don hosili tonna yoki sentnerlarda, yengil avtomobil ishlab chiqarish donalarda o`lchanadi.
Shartli-natural ko`rsatkichlar turli xil mahsulotlarni yagona o`lchamga keltirishga asoslangan. Masalan, 15 ot kuchi birligiga keltirib hisoblangan traktorlar.Qiymat ko`rsatkichlari har xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxona-larda qo`llaniladi. Qiymat ko`rsatkichini qo`llashda 2 shartni hisobga olish kerak: mahsulotga qo`yilgan baho va uning xilma-xilligi o`zgarmasligi.
Mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda vaqt birligi davomida hosil qilingan mahsulot miqdori bilan o`lchanadi. Bunda individual korxona va xalq xo`jaligi ko`lamidagi mehnat unumdorligi farqlanadi.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda band bo`lgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori bilan o`lchanadi. Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligi darajasi tovar mahsuloti-ning hajmini ishlovchilarning soniga nisbati bilan aniqlanadi. Tahlil jarayonini chuqurlashtirish uchun bir ishchiga to`g`ri keladigan o`rtacha yillik, kunlik va soatlik ish unumdorligi ham hisoblanadi. Ushbu ko`rsatkichlar tovar mahsuloti hajmini mutanosib tarzda ishchilarning ro`yxatdagi soniga, hamma ishchilar tomonidan bir yilda ishlangan kishi-kunlariga va kishi-soatlariga nisbati tariqasida aniqlanadi.


Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə