Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu: Toshbosma manbalar va ularning yaratilish tarixi Bajaruvchi



Yüklə 481,15 Kb.
səhifə1/6
tarix23.09.2023
ölçüsü481,15 Kb.
#123427
  1   2   3   4   5   6
Barataliyeva Parvina,O\'zgartirish


O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI


O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI


MUMTOZ SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI
O’ZBEK TILI VA MUMTOZ SHARQ ADABIYOTI KAFEDRASI

Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan


KURS ISHI

MAVZU: Toshbosma manbalar va ularning yaratilish tarixi


Bajaruvchi:Matinshunoslik va adabiy manbashunoslik yo’nalishi 1-bosqich talabasi Barataliyeva Parvina
Ilmiy rahbar:Abdulazizxon Nigmanov
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………….1-5

I. BOB. TOSHBOSMA MANBALAR YARATILISH TARIXI……………..6-17
1.1 O'zbekistonda bosmaxonalarning yuzaga kelishi…………………………….6

1.2 Toshbosma nashrlar…………………………………………………………..11



II. BOB. TOSHBOSMA VA BOSMA ASARLARNI TAVSIFLASH………18-26
2.1 Toshbosma asarlarni varaqaga olish…………………………………………18

2.2 Toshbosmalarni qo'lyozmalar bilan taqqoslab o'rganish……………………..23


XULOSA…………………………………………………………………………27-28

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI………………………….29
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:Toshbosma manbalar bizning ko’pchiligimizning tariximiz haqida keng va batafsil ma’lumotlar beradigan asosiy manba hisoblanadi.Bugungi kunda tarixchilarimiz,adabiyotshunoslar bilan birgalikda turli xil izlanishlar olib borishlari natijasida qadimiy toshbosma manbalar va ular haqida malumotlar to’plashgan.Buyuk ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasining dunyo tamaddunidagi o‘rni beqiyos.
Ulardan meros qolgan manbalarni o‘rganish, tadqiq hamda targ‘ib qilish bugungi avlod vakillarining muhim vazifasi va burchidir.Ajdodlarimiz ilmiy-ma’rifiy merosini tadqiq qilish, ularni asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib qilish borasida talay ishlar amalga oshirilib, bu ishlar izchil davom ettirilmoqda. Kitoblarni zamonaviy usulda (masalan, kitob javonlari, taxta tokchalar yoki stillajlarda) saqlash yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ulardan foydalanishni yanada qulaylashtirish ehtiyoji paydo bo‘la boshladi.Kitoblar ko‘paygan sari qo‘lyozma yoki toshbosma asarni ashyo daftarlaridan qidirish va uni osongina topa olish muammoga aylandi. Bu hol kitobdorlarning o‘zlarini ham qiyin ahvolga solib qo‘ydi.Natijada qo‘lyozma yoki toshbosma asar haqida ma’lumot beruvchi maxsus varaqalar vujudga keldi. Bu varaqada faqat asarning yoki muallifning nomigina emas, balki shu qo‘lyozma yoki toshbosma asar haqidagi ko‘pgina ma’lumotlar aks ettirila boshlandi. Bu varaqalar maxsus yashiklarga tartibi bilan solinib, maxsus joylashtirgichlarga o‘rnatib qo‘yish rasm bo‘ldi. Bu varaqalar odatda kataloglar, kartochkali kataloglar yoki kartochka tavsiflari deb atalib kelinmoqda. Bu kartochka tavsiflari qo‘lyozmalar xazinasi (fondi)dan foydalanishni osonlashtirsa-da, biroq ulardan shu asar qaysi fanga doir va mavzusi nima haqda ekanligini bilish qiyin edi.Natijada fanga, tilga, muallifga va kitob nomiga tuzilgan kartochka varaqalari paydo bo‘la boshladi va qo‘lyozma hamda bosma kitoblardan foydalanish ishlari tobora qulaylashib bordi.Hozirgi paytda dunyoning barcha kutubxonфlarida va qo‘lyozma fondlarida shu tartib mavjud.Bir so‘z bilan aytganda, jahon ilm-fan taraqqiyoti rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, yurtimizni dunyoga taratgan buyuk allomalarimizning ilmiy merosi, yozma va toshbosma manbalar Vatanimiz tarixining o‘chmas sahifalarini bezab turadigan gavhardir.
Ularni munosib tarzda saqlash, kelajak avlodlarga yetkazish, eng muhimi, ular qatidagi duru gavhar misolidagi boy ilmlarni chuqur tadqiq qilishda ushbu qarorda ko‘zda tutilgan maqsad-vazifalarning ahamiyati beqiyosdir.Ko‘rib turganimizdek, fihristlarda aks etgan merosni keng xalq ommasiga yetkazib berish madaniyatimizning to‘kisligi uchun nihoyatda zarurdir. Bu ishlarni o‘tmish qo‘lyozmalarni ilmiy-tanqidiy o‘rganish va nashr qilish bilan shug‘ullanuvchi matnshunoslik bilimlarisiz, arabiy imlo malakasisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ushbu o‘quv fani talabalarda filologik bilimning tarkibiy qismi bo‘lgan qo‘lyozma manbalar ustida ishlash malakasini hosil qilishlariga yo‘naltirilgan

Yüklə 481,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə