Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu: Toshbosma manbalar va ularning yaratilish tarixi Bajaruvchi


II. BOB. TOSHBOSMA VA BOSMA ASARLARNI TAVSIFLASH



Yüklə 481,15 Kb.
səhifə4/6
tarix23.09.2023
ölçüsü481,15 Kb.
#123427
1   2   3   4   5   6
Barataliyeva Parvina,O\'zgartirish

II. BOB. TOSHBOSMA VA BOSMA ASARLARNI TAVSIFLASH
2.1 Toshbosma asarlarni varaqaga olish
O‘zbek matnshunosligining toshbosma nashrlar bilan bog‘liq davri haqida shuni aytish mumkinki, shu jarayonlarda ilgaridan shakllanib kelayotgan an’analar, prinsiplar qat’iy ko‘rinish kasb etdi. Sharoit talabidan kelib chiqib kotib, noshir, muharrirlar, o‘z vazifalari bilan birga matn tuzish ishlariga taalluqli bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalarni amaliyotga joriy etishdi. Bu davrning asosiy xususiyatlaridan yana biri toshbosma nusxa matnini tayyorlashda matnga o‘rta asrlardagidek asossiz ravishda qo‘shimcha kiritish yoki tushirib qoldirish kabi kamchiliklarga chek qo‘yildi. Ilgari, ya’ni XIX asrgacha bo‘lgan davrda asarning nusxa ko‘chirilishi yoki tarjima etilishida ayrim hollarda, muallif matniga ijodiy yondashilgan bo‘lsa, endi bunday erkinlik taqiqlandi. Toshbosma nusxa noshirlarining ko‘pchiligi ma’rifatli insonlar bo‘lib, matnshunos sifatida ham mas’uliyat bilan ish yuritganlar. Bu davrga xos yana bir xususiyat shundaki, toshbosma usulida original matnshunoslik ishlari ham nashr etila boshlandi. Masalan, 1908 yili Alisher Navoiy “Xamsa” asarining nasriy bayoni Toshkentda nashr etildi. “Nasri “Xamsa”i benazir” deb nomlangan bu kitobning kotibi Rahmatulloh Abdushukur o‘g‘lidir. E’tiborlisi, Mullo Mir Maxdum ibn Shohyunus kitobga noshirlik qilgan va “Xamsa” dostonlari nasriy variantini uning o‘zi tayyorlagan13 Bu nusxa noshirning Navoiy asarlaridan yaxshi xabardor bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Bu davrga xos ilg‘or tendensiyalardan biri yig‘ma-qiyosiy matnlarga e’tiborning kuchayishidir.Toshbosma nusxa matni mukammalligini o‘z nazoratiga olgan kishilar asar muharrirlari edilar. Chunki har doim ham toshbosma uchun xattot tomonidan nusxa tanlanmagan, balki maxsus kishilar, aytaylik, muharrir qo‘lyozma matnini tanlagan, kotib esa uni ko‘chirgan. Muharrir deb, aslida, tahrir qiluvchi shaxsga aytiladi. Biroq XIX asr oxiri – XX asr boshiga kelib muharrir faqat yozadigan, tahrir qiladigan emas, balki qo‘lyozma manbani nashrga tayyorlashda bevosita uning nusxalarini o‘rganadigan shaxsning lavozimiga nisbatan qo‘llaniladigan istilohga aylandi. Ba’zan nashr muharriri manbaning nusxalarini saralagan, muayyan matnni turli jihatdan tahrir qilib, asosiy matnni tuzgan, uni bosmaga tayyorlagan. Albatta, bunday toshbosma nusxa matnini bizning tushunchamizdagi yig‘ma-qiyosiy matn shakli deb bo‘lmaydi, lekin ularga yig‘ma matn shaklining yaxshi namunasi deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi.
Masalan, Navoiy “Xamsa”si 1297/1879 yili Muhammad Rahimxon II farmoni bilan toshbosma matbaada chop etiladi. Asarni toshbosma uchun So‘fi Xorazmiy degan xattot ko‘chirgan. “Xamsa”ni shoir Komil Xorazmiy nashrga tayyorlaydi va “Hayrat ul-abror” dostoni kitobiga o‘zi uch sahifalik muqaddima ham yozadi.Ma’lumki, Komil Xorazmiy XIX asrning ikkinchi yarmida Xivada davom etgan adabiy harakatda salmoqli o‘rin egallagan shoirlaridan biri va talantli musiqashunos, usta xattot va atoqli naqqosh ham edi. Vaholanki, Komil Xorazmiy nashrning amalga oshishida matn sifatini to‘liq kuzatuvga olgan va ishga mas’uliyat bilan yondashgan. Shuning uchun ham 640 sahifalik bu “Xamsa” asari nashri Navoiy asarlarining Turkistonda bosilgan birinchi mukammal toshbosma nusxasi hisoblanadi. Navoiy asarlaridan “Xazoyin ul-maoniy”ning toshbosma nusxasi ham Komil Xorazmiy tomonidan tayyorlangan. Bu nusxa xususida R. Mahmudova shunday yozadi: “1299/1881-82 yili chop bo‘lgan bu asar to‘rt devondan iborat bo‘lib, uning matnlari Ibrohim Sulton Eroniy tomonidan ko‘chirilgan. Navoiyning nashr etilgan devonlari ichida eng mukammallari ana shu devonlar desak bo‘ladi”.
O‘zbek matnshunosligi rivojining bu bosqichi yana shu bilan ahamiyatliki, bu davrda amalga oshirilgan ishlar keyingi matnshunoslik ishlari uchun tayanch manba bo‘ldi. Jumladan, P.SHamsiev Alisher Navoiy “Xamsa” asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda olti asos qo‘lyozmadan tashqari asarning 1880 yildagi Xiva litografik nusxasiga ham murojaat etganligini yozadi.
Yozma yodgorliklar nashrining har biri o‘z xarakteriga ko‘ra turlicha ilmiy ma’lumotnomalar (ilmiy apparat) berilishiga muhtoj bo‘ladi.Ilmiy nashrlar ilm-fanning ma’lum bir sohasini keyingi rivojlanishi uchun o‘zidan oldingi materiallar bilan ta’minlash uchun yaratiladi. Jumladan, adabiy merosning ilmiy nashri adabiyotshunoslikning nazariy masalalari, til va adabiyotning rivojlanish bosqichlarini uning alohida namoyandalari hayoti va ijodini yoritishda bebaho manba hisoblanadi. Bu ma’lumotnomalar asar yoki kitob haqida imkoni boricha ko‘proq tasavvur olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Asar va uning matnidan oladigan ma’lumotlarimizni to‘ldiradi. Ma’lumotnomalar nashrga muallif, tadqiqotchilar va noshirlar tomonidan kiritiladi. Ular qo‘yidagilardan iborat bo‘lishi mumkin.
* So‘z boshi (nashrga tayyorlovchidan)
* tadqiqot
* kirish
* sahifa osti izohlari.
* ilovalar:
—asarlar ko‘rsatkichi
—ismlar ko‘rsatkichi
—geografik nomlar ko‘rsatkichi
—qiyin so‘zlar lug‘ati...
So‘z boshida asarning adabiyot tarixida tutgan o‘rni, muallifning shaxsiyati, asar nusxalarining saqlanganlik darajasi, matnni qayta tiklash va chop etishda ularning qay biri qay darajada e’tibor topgani xususida ma’lumot beriladi. Tabdil yoki ommabop nashrlarda so‘z boshi berilmasligi ham mumkin. Ammo bu ish ma’qul deb topilmaydi. 14
Tadqiqot—nashrning tadqiqot qismini boshlab beradi. Unda asar yoki matn haqida ilmiy tavsif, uning boshqa shu xildagi yodgorliklar orasida tutgan o‘rni, mushtarak yoki farqli tomonlari, matnning saqlanganlik darajasi—bir so‘z bilan aytganda, matn tanqidi berilgan bo‘ladi. Tadqiqot, ko‘pincha, faksimel, akademik va ilmiy-tanqidiy matn nashrlarining uzviy qismidir.
Sahifa osti izohlari—So‘z boshida kam uchraydi, tadqiqot qismida ko‘proqdir. U albatta, muayyan tartibga bo‘ysungan holda beriladi. Asosiy matn osti izohlarida ularning kimniki ekani aniq ajralib turishi kerak—(«izoh muallifniki» yoki (A.H.). Ilovalar—nashrda matndan keyin berilib, asosan, izoh va ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Izohlanayotgan material imkon bersa, ular alifbo tartibida joylashtiriladi (asarlar, ismlar, geografik nomlar...ko‘rsatkichlari—alifbo tartibida; muallif asarlari ro‘yxati—yozilgan yillari tartibida va h.k.).Ilovalar ham barcha nashrlarda berilavermaydi.
Qiyin so‘zlar lug‘ati—ikki xil usulda beriladi: biri— sahifa ostida, ikkinchisi nashr oxirida. Bu usullarning muvofiqrog‘i nashrning xarakteriga qarab tanlanadi. Sahifada lug‘atlar ko‘payib ketgudek bo‘lsa, nashr oxirida bergan ma’qul. Lug‘at ham barcha nashrlarda uchrayvermaydi.



Yüklə 481,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə