Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu: Toshbosma manbalar va ularning yaratilish tarixi Bajaruvchi


Toshbosmalarni qo'lyozmalar bilan taqqoslab o'rganish



Yüklə 481,15 Kb.
səhifə5/6
tarix23.09.2023
ölçüsü481,15 Kb.
#123427
1   2   3   4   5   6
Barataliyeva Parvina,O\'zgartirish

2.2 Toshbosmalarni qo'lyozmalar bilan taqqoslab o'rganish
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish, xalqimiz mulki bo‘lgan turli qo‘lyozma manbalarni topish, tadqiq qilish va nashr etish ishlarining keskin jonlanishi, ayniqsa, milliy uyg‘onish, milliy iftixor va g‘urur mafkurasi asosida o‘tmish ijodkorlarimiz asarlarini o‘rganish matnshunoslik sohasining jilliy rivojlanishiga turtki berdi. Yuzlab qo‘lyozma manbalar hozirgi o‘zbek imlosiga transliteratsiya qilinib chop etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, mamlakatimiz kutubxonalari va ma’rifatli fuqarolarimizning qo‘llarida saqlanayotgan bebaho qo‘lyozma manbalar olimlar ko‘magida nashr etilib, xalqimizga taqdim etildi.
Toshbosma va bosma asarlarga dastlabki ishlov berish hamda ularni ashyo daftariga qayd etish. Odatda qo‘lyozmalar fondida bitta emas, bir necha xodimlar qo‘lyozmalarni tavsiflash va ularga dastlabki ishlov berish bilan mashg‘ul bo‘ladilar. O‘zR FA ShIda «Sharq qo‘lyozmalari fondi» bo‘limi qoshida bu sohada maxsus sho‘ba ish olib boradi va bu sho‘bada 6 – 7 kishi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan bir nechasi qo‘lyozmalarga dastlabki ishlov berish, ashyo (inventar) daftriga qayd etish, qo‘lyozmani varaqa (kartochka) uchun tavsiflash, kartochkaga olish hamda varaqalarni fan, til, kitob nomi, muallif ismi, raqamli varaqa uchun nusxalash bilan shug‘ullanadi. Bir qismi esa toshbosma yoki bosma asarlarni xuddi yuqoridagi tartibda tavsiflash bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Tavsifchi toshbosma yoki bosma asarni o‘rganib chiqib, tavsifini daftariga ko‘chiradi. To‘g‘riligiga ishonch hosil qilgach, bosma asarlarning ashyo (inventar) daftariga qayd eta boshlaydi. Buning uchun avvalo bosma asarga ashyo raqami (nomeri)ni beradi, so‘ng qayd etishga kirishadi. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida biz ilgari nomlari butkul noma’lum bo‘lgan yoki mustabid sho‘ro tuzumi mafkurasi o‘rganishni man etgan yuzlab mutafakkirlarimiz, diniy arboblarimiz va adiblarimizning ilmiy-ijodiy merosidan bahramand bo‘la boshladik. Ayniqsa, badiiy asarlar matnini o‘rganish, chop etish ishlarida sezilarli ko‘tarilish bo‘ldi. Ilgari kam o‘rganilgan ko‘plab shoirlarimizning asarlari to‘liq tiklanib, mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishda faqat sharqshunos olimlar emas, balki arab imlosidan xabardor barcha adabiyot ixlosmandlarining hissa qo‘shgani mamlakatimizda qo‘lyozma manbalarni to‘plash, o‘rganish va chop etish ishlarining k eskin ko‘tarilishiga xizmat qildi. 15

XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida Xiva xonligi madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynagan Muhammad Rahimxon II kutubxonalar tashkil etish hamda qo‘lyozma manbalarni asrash va ko‘paytirishga katta ahamiyat qaratgan. Boshqa Xiva hukmdorlaridan farqli o‘laroq Muhammad Rahimxon II o‘z zamonining etuk shoiri bo‘lgan. U tarixiy, adabiy asarlarni sevgan va ularni ko‘plab ko‘chirtirgan hamda saroyga to‘plagan. Muhammad Rahimxonning ikkita kutubxonasi bo‘lib, biri qishki qarorgoh – Ark ichkarisida, yana biri yozgi qarorgoh – shahar tashqarisidagi Tozabog‘ saroyida joylashgan edi. Bu kutubxonalarda ixcham fehrist – kataloglar tuzilgan, kitoblarning muqovalariga ularning nomlari bitilgan yorliqlar yopishtirilgan. Fihrest-katalogda qo‘lyozma va litografik asarlardan jami 914 jild kitob bayoni keltirilgan. Ular 893 asarni tashkil etib, bularning 604 jildi qo‘lyozma bo‘lib, 310 jildi toshbosma nusxalardir. Shu davrda Toshkentda ham birinchi xususiy litografik matbaa – S.I.Laxtin matbaasi ish boshladi. 1877-yili ochilgan bu bosmaxona rus tilidagi kitoblar bilan birga mahalliy tillardagi kitoblarni ham nashr qilishga e’tibor qaratdi. Toshkentdagi yirik matbaalardan yana biri – O.A.Porsev matbaasi edi. U 1888 yili ochilib, kitoblari ancha sifatli, qog‘ozi va muqovalari alohida e’tibor bilan tanlanar edi. V.M.Ilin matbaasi esa 1899 yili tashkil topgan, unda o‘zbek adabiyoti tarixiga oid ko‘pgina kitoblar bosib chiqarilgan.Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Andijon, Marg‘ilon kabi shaharlarda keyinchalik rivoj topgan matbaalar o‘zaro bir-biridan keskin farqlanmaydi.


Toshbosma nashr uchun matn tayyorlashda xattot qo‘lyozmalarni ma’lum darajada o‘rganib, ularning ishonchlilari asosida toshbosma uchun matn tayyorlagan va muayyan matnshunoslik faoliyatini olib borgan.
Toshbosma va bosma asarlarni varaqaga olish ham qo‘lyozmalarni
varaqaga olish kabidir. Faqat bosma asarlarni varaqaga olishda
to‘ldirilishi talab qilingan grafalar kamroq bo‘ladi va varaqaning
o‘ng tomonida «L», ya’ni «litografik asar» degan belgi bo‘ladi.
Chunonchi, bu varaqada quyidagilarni o‘qiymiz:
1. Ashyo raqami
2. Kitob ismi
3. Shahri
4. Yili
5. Noshiri
6. Tili
7. Muallifi
8. Sahifasi
9. Jildi
10. O‘lchovi
O‘zbek matnshunosligining toshbosma nashrlar bilan bog‘liq davri haqida shuni aytish mumkinki, shu jarayonlarda ilgaridan shakllanib kelayotgan an’analar, prinsiplar qat’iy ko‘rinish kasb etdi. Sharoit talabidan kelib chiqib kotib, noshir, muharrirlar, o‘z vazifalari bilan birga matn tuzish ishlariga taalluqli bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalarni amaliyotga joriy etishdi. Bu davrning asosiy xususiyatlaridan yana biri toshbosma nusxa matnini tayyorlashda matnga o‘rta asrlardagidek asossiz ravishda qo‘shimcha kiritish yoki tushirib qoldirish kabi kamchiliklarga chek qo‘yildi. Ilgari, ya’ni XIX asrgacha bo‘lgan davrda asarning nusxa ko‘chirilishi yoki tarjima etilishida ayrim hollarda, muallif matniga ijodiy yondashilgan bo‘lsa, endi bunday erkinlik taqiqlandi. Toshbosma nusxa noshirlarining ko‘pchiligi ma’rifatli insonlar bo‘lib, matnshunos sifatida ham mas’uliyat bilan ish yuritganlar. Bu davrga xos yana bir xususiyat shundaki, toshbosma usulida original matnshunoslik ishlari ham nashr etila boshlandi. Masalan, 1908 yili Alisher Navoiy “Xamsa” asarining nasriy bayoni Toshkentda nashr etildi. “Nasri “Xamsa”i benazir” deb nomlangan bu kitobning kotibi Rahmatulloh Abdushukur o‘g‘lidir. E’tiborlisi, Mullo Mir Maxdum ibn Shohyunus kitobga noshirlik qilgan va “Xamsa” dostonlari nasriy variantini uning o‘zi tayyorlagan. Bu nusxa noshirning Navoiy asarlaridan yaxshi xabardor bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Xulosa
O‘zbek matnshunosligi taraqqiyotida bu davrning o‘ziga xos xususiyatlari shu bilan ajralib turadiki, toshbosma nusxa tayyorlash uchun aynan matnshunosning ishini bevosita o‘z vazifasi bilan aloqador holda kotib, noshir, muharrir kabilar amalga oshirgan. Toshbosma nusxa uchun asarni ko‘chirayotgan xattot yoki kotib o‘z ishiga ilmiy yondashib, qo‘l ostidagi matnga tanqidiy qaragan. Albatta, bunday yondashuvni hozirgi davrdagi tanqidiy munosabat bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Ammo xattot va kotiblar matnni nafaqat ko‘chirish bilan shug‘ullanganlar, balki uni badiiy, falsafiy va tarixiy aspektlari bilan birga kompleks tadqiq etganlar, jiddiy tekshiruvdan o‘tkazib, tegishli tuzatishlar kiritganlar. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixini o‘rgangan A.Murodov Sharqda kotiblik bilan nom chiqargan har bir shaxs oddiy texnik vazifasini bajaruvchi kishi emas, balki o‘z zamonasining madaniy hayotida favqulodda katta rol o‘ynagan ilm-ma’rifat ahli va yirik madaniyat arbobi bo‘lganini alohida ta’kidlaydi.
Yangi O'zbekistonda xalqimizning uzoq hayotiy tajriba, tushuncha va qadriyatlariga asoslangan o'lmas merosimizni o'rganish ma'naviyat va ma'rifatning ajralmas qismi sifatida ustuvor vazifalarga aylandi. Tarixda ikkita Renessansning asosini tashkil etgan ilm-fan va ma'rifat masalasi bugungi hayotimizda ham nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'lib, aynan uning negizida uchinchi Renessansga poydevor qo'yilishi davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yilning dolzarb vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Bu esa, avvalo ilmiy merosimizni chuqur o'rganish, nimalarga asoslangan holda qadam qo'yishimizda tayanch nuqta sifatida ilmiy asoslangan targ'ibotlarni olib borish, qo'lyozma manbalar asosida tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, adabiyotimiz – madaniyatimiz ildizlarini tadqiq etish hisoblanadi.
Yoshlarimiz orasida bu oson bo'lmagan ishga qiziqishi, qobiliyati bor iqtidorlilarning borligi quvonarli hol. Qo'lyozmalarni tarixiy, falsafiy, adabiy, matnshunoslik va manbashunoslik nuqtai nazaridan o'rganib, ochilmagan yangi qirralarni xalqimizga namoyon etish, yangi asarlarni ilmiy iste'fodaga kiritishida ishtiyoq bilan ishlayotganlar safi kengayib bormoqda. Aynan shunday yoshlar ilmiy natijalari, chiqishlari bilan ma'naviyatimiz, ma'rifatimizning targ'ibotchilari bo'ladi.
Toshbosma nashr uchun matn tayyorlashda xattot qo‘lyozmalarni ma’lum darajada o‘rganib, ularning ishonchlilari asosida toshbosma uchun matn tayyorlagan va muayyan matnshunoslik faoliyatini olib borgan.
O‘zbek matnshunosligi rivojining bu bosqichi yana shu bilan ahamiyatliki, bu davrda amalga oshirilgan ishlar keyingi matnshunoslik ishlari uchun tayanch manba bo‘ldi. Jumladan, P.Shamsiev Alisher Navoiy “Xamsa” asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda olti asos qo‘lyozmadan tashqari asarning 1880 yildagi Xiva litografik nusxasiga ham murojaat etganligini yozadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mukinki,bosmashunoslik nafaqat qadim tarix va adabiyotshunolikda balki bugungi kundagi adabiyotshunoslik uchun ham katta ahamiyatga ega

Yüklə 481,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə