Masharipova zulfira raximboyevnaning



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə3/26
tarix13.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#127515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
ASOSIDAGI IONITLARGA AZOT SAQLAGAN BIRIKMALARNING SORBSIYASI

Tadqiqotning obyekt. Tadqiqot ob’ekti sifatida polivinilxlorid, oltingugurt, ammiak, mochevina va tiomochevina.
Tadqiqotning predmeti. Tadqiqot predmeti sifatida polivinilxlorid asosida olingan ionitning, fizik-kimyoviy va sorbsion xossalari o‘rganiladi
Tadqiqotning maqsadi. Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi: Mahalliy xomashyolar asosidagi ionitlarga azot saqlagan birikmalarning sorbsiyasini o‘rganish.
Ushbu magistrlik ishini bajarishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Mahalliy homashyolar asosida ionitlarning olinishi o‘rganish;
- Oltingugurt saqlagan ionitga ammiak, mochevina va tiomochevina sorbsiyasi kinetikasini o‘rganish;
- Oltingugurt saqlagan ionitga ammiak, mochevina va tiomochevina sorbsiyasi izotermasini va termodinamik parametrlarining o’zgarishini o‘rganish;
- Texnologik eritmalardan azot saqlagan birikmalarni ionit ishtirokida tozalash;
Ilmiy yangiligi. Reaksiya borish jarayoniga turli xil omillar ta’sirini o‘rganish orqali munchoqsimon polivinilxlorid asosida ion almashinuvchi kationalmashinish xossasiga ega ionit olinishining maqbul sharoitlari o‘rganildi. Olingan kationitning fizik-kimyoviy xossalari aniqlandi, sun’iy eritmalardan statik hamda dinamik sharoitlarda azot saqlagan birikmalarni ionitga sorbsiya jarayoni kinetikasi hamda termodinamikasi amalga oshirildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tabiiy va chiqindi oqova suvlarni tarkibidagi zaharli ta’sirli toksik ionlarni tozalash, sun’iy eritmalardan azot saqlagan birikmalarni ajratib olish, texnologik eritmalarni konsentrlash kabi muammolarni hal qilish muhim ekologik va iqtisodiy muammolardan biridir.
 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича харакатлар стратегияси/Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони.
Ushbu tadqiqotning asosiy masalalaridan biri mahalliy homashyolardan foydalanib ion almashinuvchi materiallar olishning maqbul sharoitlarini aniqlash. Olingan tarkibida oltingugurt saqlagan ion almashinuvchi ionitning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali sorbsion xossalaridan foydalanib qo‘llash sohalarini aniqlashdan iborat.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə