Maruza Taqriz Taqrizning xarakteriga koʻra xilma-xilligi


Oʻzbek adabiyotida taqrizchilik



Yüklə 96,92 Kb.
səhifə5/5
tarix22.10.2023
ölçüsü96,92 Kb.
#130693
1   2   3   4   5
LEKSIYA, TAQRIZ VA ANATATSIYA ISHLARINI TAYYORLASH METODIKASI

Oʻzbek adabiyotida taqrizchilik
Oʻzbek adabiyotida T. 20-asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar.


Annotatsiya

Annotatsiya (lotinchaannotatio – „qayd“) — qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy tasavvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir. Annotasiya (sharh) — ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6 ta gapdan iborat) bayonidir. Odatda, bu umumlashtirish, konseptual emas, sanab otish xarakteriga ega. Barcha axborot janrlari ichida annotasiya eng obyektividir. Annotasiyada odatda, ish qanday mavzuga bagishlanganligi tadqiqotning qanday uslublaridan foydalanganligi, buning uchun qanday til materiallari jalb etilganligi va tadqiqotning adresati kim ekanligi korsatiladi. Ayrim hollarda annotatsiya bir necha tilda bayon etilishi ham mumkin.

Adabiyotlar

  1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. A. Madvaliyev tahriri ostida. 4-jild.-T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008.

  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

  3. Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Yüklə 96,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə