Maruza Taqriz Taqrizning xarakteriga koʻra xilma-xilligi


Taqrizning xarakteriga koʻra xilma-xilligi



Yüklə 96,92 Kb.
səhifə4/5
tarix22.10.2023
ölçüsü96,92 Kb.
#130693
1   2   3   4   5
LEKSIYA, TAQRIZ VA ANATATSIYA ISHLARINI TAYYORLASH METODIKASI

Taqrizning xarakteriga koʻra xilma-xilligi
Kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola T. larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikr-tuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.


Taqriz tili
T.ning tili va uslubi boshqa janrlardan alohida ajralib turmaydi. Lekin taqriz qilinayotgan asar haqida, uning yutuq va kamchiliklari qay darajada koʻrsatilishidan qatʼi nazar, neytral til vositalaridan tashqari, obrazli, mazmunli, taʼsirchan-ekspressiv buyokdor til vositalaridan ham foydalanilgan holda fikr yuritiladi.
Taqriz rukni
T.larning aksariyat qismida rukn vazifasini „taqriz“ soʻzining oʻzi bajaradi.
Taqrizning leksik va grammatik xususiyatlari
T.da uning biror soha yoki kitob, spektakl, kino, jurnallarga bagʻishlanganligiga qarab til vositalaridan turlicha foydalaniladi. Bu, albatta, muallifning asarga boʻlgan munosabatidan ham kelib chiqadi. T.ning yana bir harakterli xususiyati, unda kirish soʻz va birikmalarining qoʻllanilishidir. Masalan, „Nazarimda, ayrim yosh ijodkorlar mutolaa, adabiy savod masalasida ham gʻaribroqday. Zotan, sirdaryolik yosh ijodkor Dilmurod Doʻst nazarda tutgan — „quyib qoʻygandek oʻziga oʻxshagan“ sheʼr yozish uchun isteʼdodning oʻzi kamlik qiladi („OʻzA sayti“).
Yana bir harakterli holat shuki, T.da taʼkid-munozara tarzida soʻroq gaplardan ham foydalaniladi: „Ikkita qushlar“ degani nima? Sonning oʻzi koʻplikni bildirmaydimi?“ („OʻzA sayti“). T.da ishlatilgan bir necha soʻroq va undov gaplar ham uning taʼsirchan yozilishiga maʼlum darajada hissa qoʻshadi. Ular materialning oʻqilishli qilishga yordam beradi, gazetxonni mulohaza yuritishga undaydi: „…baʼzan ishqiy izhor kimga qaratilgani mavhum, qizgami, yigitgami? Hatto Yaratganga ham murojaat bir xil. Shundan ehtiyot boʻlish kerak emas mi?“ („OʻzA sayti“).
T.larning tili maqola, xabar, reportaj kabilarnikidan deyarli farq qilmaydi. Chunki ularda ham, T.da ham neytral til vositalarining qoʻllanilishi koʻproq koʻzga tashlanadi. Lekin farqli tomoni shundaki, T.da ifodalilikni oshiruvchi til vositalari juda kam qoʻllaniladi. Maqola, reportaj kabilarda ekspressivlikni ifodalash imkoniyatlari birmuncha kengroq, T.da esa iboralar, oʻxshatish, metaforalar, baʼzan soʻroq gaplar, ayrim grammatik shakllar ekspressivlikni ifodalashda maʼlum darajada rol oʻynaydi. Frazeologizmlar, xalq maqollari T.larda deyarli ishlatilmasligini ham qayd etish mumkin. Shu bilan birga, soʻnggi yillar mobaynida T.larning tilida taʼ sirchanlikni oshiruvchi vositalar avvalgiga qaraganda koʻproq uchrayotganini ham inkor etib boʻlmaydi.

Yüklə 96,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə