Ma’ruza Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktori. Reja



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə6/7
tarix14.06.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#117111
1   2   3   4   5   6   7
Ma\'ruza 8 yangi

Ekran imkoniyati va rang modellari
Ekran imkoniyati- bu kompyuter tizimi va operatsion tizim xususiyatidir. Ekran imkoniyati piksellarda o‘lchanadi va ekranda joylashadigan tasvir o‘lchamini belgilab beradi. Chop etuvchi qurilma va printerning imkoniyati – bu printerning alohida nuqtalarni ko‘rsatishi bilan belgilanadi. U nuqta – dyuymga birligida o‘lchanadi (1dyuym=25.4 mm). U tasvirni berilgan sifat yoki aksincha berilgan o‘lchamda tasvirlaydi. Tasvir imkoniyati – bu tasvir xususiyati. U ham nuqta – dyuymga nisbatan birligida o‘lchanadi va uning skaner va grafik tahrirlovchisi yordamida o‘lchami beriladi.
Kompyuter grafikasida rang tushunchasi
Kompyuter grafikasida rang juda muhim – kuzatuv taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish vazifasini bajaradi. Biz ko‘rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yorug‘lik ko‘z qorachig‘i orqali ko‘zimizga o‘tadi va ko‘z ichidagi asab xujayralarini qo‘zg‘atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan bog‘langanligi tufayli ko‘z yorug‘ligi miyaga o‘tadi va ongimizda buyumni ko‘rish tuyg‘usi paydo bo‘ladi va bu buyumni ko‘ramiz.
Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo‘lmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yashil va ko‘k ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq rang hosil bo‘ladi.
Rang modellari
Rang modellari - bu ranglarni chiqarish va ko‘rsatish yo‘li. Eng keng qo‘llaniladigan rang modellari: RGB (qizil, yashil, ko‘k) monitorlarda tasvirlarni ko‘rsatishda foydalaniladi, CMYK (havorang, binafsha, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. Bundan tashqari Bitmap (ikkita rang), Grayscale (kulrang holati), Duotone, Indexed Color (indekslangan ranglar), Lab va Multichannel (ko‘p kanalli) modellar mavjud.
RGB rang modelining nomi Red - qizil, Greenyashil va Blue – ko‘k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo‘lib, ushbu ranglarning turli proportsiyalarda aralashtirish natijasida ko‘rinuvchi spektrning turli xil boshqa ranglarini olish imkoniyati mavjud. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yellow) ranglar hosil bo‘ladi.

RGB modeli.


RGB tizimining ommabopligini ta'minlovchi yana bir omil uning yaqqol ko‘rinishidir: asosiy ranglar ko'rish spektrining yaqqol farqlanadigan qismlarida joylashgandir. Bundan tashqari, insonning rangli ko‘rishini tushuntiruvchi farazlardan biri uch tashkil etuvchili nazariya bo‘lib, u odamning ko‘rish tizimida uch tipdagi yorug'likni sezuvchi elementlar borligini ta’kidlaydi. Bir tip elementlar yashil rangga, boshqa tipi — pushti rangga, uchinchi turi esa — ko‘k rangga javob beradi. Bunday gipotezani Lomonosov ham aytgan edi. RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. R=255, G=255, B=255 bo‘lganda oq rang, R=0, G=0, B=0 bo‘lganda esa qora rang hosil qilishimiz mumkin.
CMYK (xavorang, binafsha, sariq, qora)
Tasvir havorang, binafsha (purpur), sariq va qora ranglar hamda ular ko‘rinishlari holatlarida saqlanadi. Asosan tasvirlar printerlarda chiqarishda qo‘llaniladi.
CMYK modeli bo‘yoqlarning nurni yutish qobiliyatiga asoslangan. Oq rangning nur o‘tuvchi bo‘yoqdan o‘tishida spektrning bir qismi yutiladi. Yutilmagan nur qaytadi va odam ko‘ziga tushadi.

CMYK modeli.


Ranglar
Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə