Ma’ruza Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktori. Reja


Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə2/7
tarix14.06.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#117111
1   2   3   4   5   6   7
Ma\'ruza 8 yangi

Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
Hozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan sohani topish qiyin.
Kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qo‘llanish dasturlar sohasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
• poligrafiya ishlari uchun mo‘ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari ;
• ikki o‘lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi ;
• taqdimot ishlari uchun mo‘ljallangan dasturlar ;
• ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli animatsiya dasturlari ;
• videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar ;
• ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo‘ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko‘rinishdagi illyustratsiyalar bilan to‘ldirish, sahifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya mahsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Adobe Photoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va shunga o‘xshash paketlar rastrli tasvirlarni tahrirlash va montaj qilish uchun zarur bo‘lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korrektsiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi.
CorelDraw vektorli paketi rasm chizishdan tashqari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni tahrirlash ishlarini bajara oladi.
PowerPoint dasturi MS OFFICE dasturlar to‘plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson va qulay. Dasturda o‘rgatuvchi o‘quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud.
PowerPoint dasturida ichki multimedia vositalari bo‘lmasada, bu vositalarni OLE-2 (Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to‘ldirish mumkin.
Ilmiy vizuallashtirish dasturlari. Ilmiy vizuallashtirish dasturlar nafaqat mahalliy rejalashtirish masalalarini hal qilishga, balki quyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini hal qilishgacha mo‘ljallangan.
ShK da ishlatiladigan ilmiy va muhandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden Software firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini alohida ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə